Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOBILDA XORIJIY YUK TASHUVCHILARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRISHLARI, BOʻLISHLARI, YUK OLIB OʻTISHLARI VA UNDAN CHIQIB KETISHLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1995-YIL 11-YANVARDAGI 11-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
Toshkent halqa avtomobil yoʻli va Toshkent viloyatining magistral avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalari rekonstruksiya qilinishi moʻljallanayotganligi munosabati bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish, chiqish va u orqali yuk olib oʻtishda xorijiy avtotashuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijiy tranzit avtotashuvchilarning yoʻnalishlari oʻtadigan Toshkent halqa avtomobil yoʻlining shimoliy va “Toshkent—Samarqand” magistraliga tutashib ketuvchi qismlarida, shuningdek “Toshkent—Chinoz” yoʻlining ayrim uchastkalarida Toshkent shahrini rekonstruksiya qilishning Bosh rejasiga muvofiq yoʻllar rekonstruksiya qilinayotganligi va koʻpriklar qurilayotganligi, ularni 2003-yil 1-sentabrgacha tugallash moʻljallanayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Shu munosabat bilan:
xorijiy avtotashuvchilarning manfaatlariga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining xorijiy tranzit avtotashuvchilar uchun yangi yoʻnalishlar belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin;
Qozogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 1999-yil 28-mayda tuzilgan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiya bayonnomasiga muvofiq Qozogʻiston Respublikasi hududidan keluvchi tranzit avtotashuvchilarning kirish va chiqish punkti etib “Yallama” Davlat chegarasi orqali oʻtish punkti (Toshkent viloyati) belgilansin;
Qozogʻiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga “Yallama” oʻtish punkti orqali borayotgan tranzit xorijiy avtotashuvchilar uchun 4R24, 4R25 va 4R26 yoʻllar boʻyicha yoʻnalish belgilansin;
barcha tranzit xorijiy avtotashuvchilarning, shu jumladan MDH mamlakatlari avtotashuvchilarining Toshkent shahri hududiga kirishi vaqtincha toʻxtatilsin.
2. Xorijiy avtotashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakat qilishiga moʻljallangan avtomobil yoʻllari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni Toshkent (U. Mirzaqulov) va Sirdaryo (R.Haydarov) viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda:
xalqaro tranzit yoʻnalishlar roʻyxatiga kiritilgan 4R24, 4R25 va 4R26 avtomobil yoʻllarida zarur taʼmirlash ishlarini amalga oshirsinlar;
Davlat bojxona qoʻmitasining koʻmagida M-34 “Toshkent—Dushanbe” yoʻlining 72-kilometrida va 4R20 “Toshkent—Boʻka—Bekobod” yoʻlining 51-kilometrida katta yuk avtomobillari uchun texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari boʻlgan avtomobil toʻxtash joylari qurilishini amalga oshirsinlar.
4. Davlat bojxona qoʻmitasi (B. Parpiyev) “Yallama” bojxona postini rekonstruksiya qilish, katta yuk avtomobillari oʻtishi uchun xalqaro talablarga javob beruvchi shart-sharoitlar yaratish boʻyicha zarur ishlarni amalga oshirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Davlat bojxona qoʻmitasi (B. Parpiyev) xorijiy avtotashuvchilarning respublika hududi orqali oʻtishning belgilangan yoʻnalishlariga qatʼiy rioya qilishlarini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Z. Mirxoʻjayev), boshqa vakolatli tijorat banklari Davlat chegarasi orqali oʻtiladigan barcha punktlarda valyuta almashtirish, toʻlovlar va yigʻimlarni qabul qilish punktlari faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
7. Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) xorijiy davlatlarning manfaatdor elchixonalari, konsulxonalari va vakolatxonalariga mazkur qarorda nazarda tutilgan xorijiy avtotashuvchilarning tranzit harakati tartibi takomillashtirilishiga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar orqali maʼlum qilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga 1-ilova, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-son qarori 1-bandining “v” kichik bandi, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-sentabrdagi 455-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 10-dekabr,
433-son
Xorijiy avtotashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab harakat qilishiga moʻljallangan avtomobil yoʻllari
ROʻYXATI
1-yoʻnalish — 682 km
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — Olot (Buxoro viloyati) — Turkmaniston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli bojxona posti, A-381 — A-380 — M-37 — avtomobil yoʻllari boʻylab — Olot bojxona posti — Turkmaniston chegarasi.
2-yoʻnalish — 1035 km
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Afgʻoniston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli bojxona posti — A-381 — A-380 — M-37 — avtomobil yoʻllari boʻylab — Xayraton bojxona posti — Afgʻoniston chegarasi.
3-yoʻnalish — 1086 km
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — Gulbahor (Surxondaryo viloyati) bojxona postlari — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli bojxona posti — A-381 — A-380 — M-37 — 4R99 avtomobil yoʻllari boʻylab — Gulbahor bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
4-yoʻnalish — 1152 km
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — Sariosiyo (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli bojxona posti, A-381 — A-380 — M-39 — M-41 avtomobil yoʻllari boʻylab — Sariosiyo bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
5-yoʻnalish — 905 km
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — Jartepa (Samarqand viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli bojxona posti — A-381 — A-380 — M-37 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M–39 — A-377 avtomobil yoʻllari boʻylab — Jartepa bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
6-yoʻnalish — 1168 km
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — Oybek (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli bojxona posti — A-381 — A-380 — M-37 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M–39 avtomobil yoʻlining 872- kilometrigacha va 4R26 ga burilish — soʻngra 4R24 — 4R25 — 4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
7-yoʻnalish — 1375 km
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — Oybek (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi — Andarxon (Fargʻona viloyati) — Doʻstlik (Andijon viloyati) — Qirgʻiziston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli bojxona posti — A-381 — A-380 — M-37 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M–39 avtomobil yoʻlining 872- kilometrigacha va 4R26 ga burilish — soʻngra 4R24 — 4R25 — 4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi — Andarxon bojxona posti — A-376 — A-373 yoʻllari boʻylab — Doʻstlik bojxona posti — Qirgʻiziston chegarasi.
8-yoʻnalish — 1081 km
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) — Yallama (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Xoʻjayli bojxona posti — A-381 — A-380 — M-37 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M–39 avtomobil yoʻlining 865-kilometrigacha — 4R186 avtomobil yoʻliga chiqish — Yallama bojxona posti — Qozogʻiston chegarasi.
9-yoʻnalish — 545 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Afgʻoniston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Olot bojxona posti — M-37 — A-380 — M-39 avtomobil yoʻllari boʻylab — Xayraton bojxona posti — Afgʻoniston chegarasi.
10-yoʻnalish — 595 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Gulbahor (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Olot bojxona posti — M-37 — M-39 — 4R99 avtomobil yoʻllari boʻylab — Gulbahor bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
11-yoʻnalish — 619 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Sariosiyo (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Olot bojxona posti — M-37 — M-39 — M-41 avtomobil yoʻllari boʻylab — Sariosiyo bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
12-yoʻnalish — 414 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Jartepa (Samarqand viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Olot bojxona posti — M-37 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 — A-377 avtomobil yoʻllari boʻylab — Jartepa bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
13-yoʻnalish — 682 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Olot bojxona posti — M-37 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 872-kilometr — 4R26 yoʻliga chiqish — 4R24-4R25-4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
14-yoʻnalish — 973 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Andarxon (Fargʻona viloyati) — Doʻstlik (Andijon viloyati) — Qirgʻiziston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Olot bojxona posti — M-37 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 872-kilometr — 4R26 yoʻliga chiqish — 4R24-4R25-4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi — Andarxon bojxona posti — A-376- A-373 avtomobil yoʻllari boʻyicha — Doʻstlik bojxona posti — Qirgʻiziston chegarasi.
15-yoʻnalish — 603 km
Turkmaniston chegarasi — Olot (Buxoro viloyati) — Yallama (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi — Olot bojxona posti — M-37 avtomobil yoʻli boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 865-kilometrgacha — 4R186 yoʻliga chiqish — Yallama bojxona posti — Qozogʻiston chegarasi.
16-yoʻnalish — 52 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Gulbahor (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton bojxona posti — M-39 — 4R99 avtomobil yoʻllari boʻylab — Gulbahor bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
17-yoʻnalish — 180 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Sariosiyo (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton bojxona posti — M-39 — M-41 avtomobil yoʻllari boʻylab — Sariosiyo bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
18-yoʻnalish — 452 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Jartepa (Samarqand viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton bojxona posti — M-39 avtomobil yoʻli boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — A-377 avtomobil yoʻli boʻylab — Jartepa bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
19-yoʻnalish — 751 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton bojxona posti — M-39 avtomobil yoʻli boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 872-kilometrgacha — 4R26 yoʻliga chiqish –4R24-4R25-4R20 avtomobil yoʻli — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
20-yoʻnalish — 958 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Andarxon (Fargʻona viloyati) — Doʻstlik (Andijon viloyati) — Qirgʻiziston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton bojxona posti — M-39 avtomobil yoʻli boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 872-kilometrgacha — 4R26 yoʻliga chiqish — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi — Andarxon bojxona posti — A-376-A-373 yoʻllari boʻylab — Doʻstlik bojxona posti — Qirgʻiziston chegarasi.
21-yoʻnalish — 664 km
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton (Surxondaryo viloyati) — Yallama (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi — Xayraton bojxona posti — M-39-A-380-A-378 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 865-kilometrgacha — 4R186 yoʻliga chiqish — Yallama bojxona posti — Qozogʻiston chegarasi.
22-yoʻnalish — 220 km
Tojikiston chegarasi — Gulbahor (Surxondaryo viloyati) — Sariosiyo (Surxondaryo viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Gulbahor bojxona posti — 4R99-M-39-M-41 avtomobil yoʻllari boʻylab — Sariosiyo bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
23-yoʻnalish — 500 km
Tojikiston chegarasi — Gulbahor (Surxondaryo viloyati) — Jartepa (Samarqand viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Gulbahor bojxona posti — 4R99-M-39-A-380-A-378 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 — A — 377 avtomobil yoʻllari boʻylab — Jartepa bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
24-yoʻnalish — 801 km
Tojikiston chegarasi — Gulbahor (Surxondaryo viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Gulbahor bojxona posti — 4R45-M-39-A-380-A-378 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 872-kilometrgacha — 4R26 yoʻliga chiqish — soʻngra 4R22-4R25-4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
25-yoʻnalish — 1008 km
Tojikiston chegarasi — Gulbahor (Surxondaryo viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Andarxon (Fargʻona viloyati) — Doʻstlik (Andijon viloyati) — Qirgʻiziston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Gulbahor bojxona posti — 4R99 — M-39 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 872-kilometrgacha — 4R26 yoʻliga chiqish — soʻngra 4R24 — 4R25- 4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi — Andarxon bojxona posti — A-376- A-373 avtomobil yoʻllari boʻylab — Doʻstlik bojxona posti — Qirgʻiziston chegarasi.
26-yoʻnalish — 714 km
Tojikiston chegarasi — Gulbahor (Surxondaryo viloyati) — Yallama (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Gulbahor bojxona posti — 4R99-M-39 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 865-kilometrgacha — 4R186 yoʻliga chiqish — Yallama bojxona posti — Qozogʻiston chegarasi.
27-yoʻnalish — 552 km
Tojikiston chegarasi — Sariosiyo (Surxondaryo viloyati) — Jartepa (Samarqand viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Sariosiyo bojxona posti — M-41 — M-39 — A-380 –A –378 — avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — A-377 yoʻli boʻylab — Jartepa bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
28-yoʻnalish — 825 km
Tojikiston chegarasi — Sariosiyo (Surxondaryo viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Sariosiyo bojxona posti — M-41 — A-380 — A-378 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 872-kilometrgacha 4R26 yoʻliga chiqish — soʻngra 4R24-4R25 — 4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
29-yoʻnalish — 1032 km
Tojikiston chegarasi — Sariosiyo (Surxondaryo viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Andarxon (Fargʻona viloyati) — Doʻstlik (Andijon viloyati) — Qirgʻiziston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Sariosiyo bojxona posti — M-41 –M-39 — A-380 — A-378 — avtomobil yoʻllari boʻylab –4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 872- kilometrgacha — 4R26 yoʻliga chiqish — soʻngra 4R24 –4R25 — 4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi — Andarxon bojxona posti — A-376 — A-373 yoʻllari boʻylab — Doʻstlik bojxona posti — Qirgʻiziston chegarasi.
30-yoʻnalish — 738 km
Tojikiston chegarasi — Sariosiyo (Surxondaryo viloyati) — Yallama (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Sariosiyo bojxona posti — M-41 –M-39 — A-380 — A-378 avtomobil yoʻllari boʻylab — 4R45 avtomobil yoʻli boʻylab Samarqand shahrini aylanib oʻtish — soʻngra M-39 avtomobil yoʻli boʻylab 865-kilometrgacha — 4R186 yoʻliga chiqish — Yallama bojxona posti — Qozogʻiston chegarasi.
31-yoʻnalish — 347 km
Tojikiston chegarasi — Jartepa (Samarqand viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Jartepa bojxona posti — A-377 — M-39 avtomobil yoʻllari boʻylab 872-kilometrgacha — 4R26 yoʻliga chiqish — soʻngra 4R24 –4R25 — 4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi.
32-yoʻnalish — 554 km
Tojikiston chegarasi — Jartepa (Samarqand viloyati) — Oybek (Toshkent viloyati) — Andarxon (Fargʻona viloyati) — Doʻstlik (Andijon viloyati) — Qirgʻiziston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Jartepa bojxona posti — A-377 — M-39 avtomobil yoʻllari boʻylab 872-kilometrgacha — 4R26 yoʻliga chiqish — soʻngra 4R24-4R25- 4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab — Oybek bojxona posti — Tojikiston chegarasi — Andarxon bojxona posti — A-376- A-373 yoʻllari boʻylab — Doʻstlik bojxona posti — Qirgʻiziston chegarasi.
33-yoʻnalish — 260 km
Tojikiston chegarasi — Jartepa (Samarqand viloyati) — Yallama (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Jartepa bojxona posti — A-377- M-39 avtomobil yoʻllari boʻylab 865-kilometrgacha — 4R186 yoʻliga chiqish — Yallama bojxona posti — Qozogʻiston chegarasi.
34-yoʻnalish — 207 km
Tojikiston chegarasi — Oybek (Toshkent viloyati) — Andarxon (Fargʻona viloyati) — Doʻstlik (Andijon viloyati) — Qirgʻiziston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Andarxon bojxona posti — A-376 — A-373 avtomobil yoʻllari boʻylab — Doʻstlik bojxona posti — Qirgʻiziston chegarasi.
35-yoʻnalish — 103 km
Tojikiston chegarasi — Oybek (Toshkent viloyati) — Yallama (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi — Oybek bojxona posti — 4R20 — 4R25 — 4R24 — 4R26-M-39 avtomobil yoʻllari boʻylab — M-39 ning 865-kilometrida 4R186 yoʻliga chiqish — Yallama bojxona posti — Qozogʻiston chegarasi.
36-yoʻnalish — 310 km
Qirgʻiziston chegarasi — Doʻstlik (Andijon viloyati) — Yallama (Toshkent viloyati) — Qozogʻiston chegarasi.
Qirgʻiziston chegarasi — Doʻstlik bojxona posti — A-373- A-376 avtomobil yoʻllari boʻylab — Andarxon bojxona posti — Tojikiston chegarasi — Oybek bojxona posti — soʻngra 4R20-4R25- 4R24 — 4R26 — M-39 avtomobil yoʻllari boʻylab — soʻngra M-39 ning 865-kilometrida 4R186 yoʻliga chiqish — Yallama bojxona posti — Qozogʻiston chegarasi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 23-son, 189-modda; 2011-y., 50-son, 513-modda)