09.06.2000 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI FAOLIYATINI ERKINLASHTIRISH VA SAMARALI RIVOJLANISHINI TAʼMINLASH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston ilmiy salohiyatini mustahkamlash, respublikada fundamental tadqiqotlarni yuqori darajada tashkil qilish va samarali boshqarish, fan va texnika sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, Fanlar akademiyasi faoliyatini ilgʻor andozalar asosida va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida roʻy berayotgan islohotlar va erkinlashtirish jarayonlariga keng koʻlamda muvofiqlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari faoliyatini ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 434-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisining mamlakatimizda muxbir aʼzolik institutini tugatish, Akademiyaning mavjud muxbir aʼzolik institutini tugatish, Akademiyaning mavjud muxbir aʼzolari Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligiga saylangani va ularga akademik unvonini berish haqidagi qarori eʼtiborga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda, bir hafta muddatda, ushbu masalaning moliyaviy taʼminotini hal qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda, ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Yangi shtatlar jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, ilmiy va muhandis-texnik xodimlarining tabaqalashtirilgan lavozimlar roʻyxatini va malaka tavsifnomalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va uning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalariga, ularning faoliyatiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, sarf-xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali hamda xodimlar maoshining miqdori va mehnatga haq toʻlash shartlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, bir oy muddatda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, budjet va nobudjet tushumlar hisobiga, ilmiy va muhandis-texnik xodimlar mehnatini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etsin va uning Nizomini tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori jamgʻarma mablagʻlarining, ilmiy va muhandis-texnik xodimlarning ilmiy hissasiga yarasha, bajarilayotgan ishning salmogʻi va sifatiga qarab, oʻz huzurida tashkil etiladigan laboratoriya (boʻlim) mudirlari Kengashi bilan kelishgan holda, maqsadli sarflanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimizda fundamental tadqiqotlarning natijalari va yangi texnologiyalarni amaliyotga oʻz vaqtida tadbiq qilish va ulardan samarali foydalanish uchun, ilmiy-tadqiqot muassasalarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, tajriba-sinov mahsulotlarini ishlab chiqishga mos zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va ularning amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻz huzurida tashkil etilgan Ilmiy kengashlar ekspert xulosalari asosida har yili oʻz tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining reytingini aniqlasin va 2000-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan yillik hisobotiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-tadqiqot muassasalarining reytingini aniqlashda va faoliyatiga baho berishda, boshqa mezonlar qatorida, xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy muassasaga jalb etilgan tashqi va ichki investitsiyalar miqdori va ulardan samarali foydalanish koʻrsatkichlari hisobga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, respublika oliy taʼlim muassasalari (avvalambor, magistratura boʻlimlari) va akademik litseylar oʻrtasidagi hamkorlikni ilm-fanning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro manfaatli shartnomalar asosida tashkil etishni va bunda ilmiy ishlar doimo yuksak darajada olib borilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu hamkorlik shartnomalarida ilmiy-tadqiqot muassasalariga iqtidorli yosh mutaxassislariga yuqori malakali va isteʼdodli olimlarni uzluksiz ravishda jalb qilish shartlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-noyabrdagi F-914-son Farmoyishi asosida tuzilgan Maxsus ishchi guruhga “Umid” jamgʻarmasining yoʻllanmasi boʻyicha chet el taʼlim muassasalarida magistraturani muvaffaqiyatli oʻtab kelgan yosh mutaxassislarni, boshqa vazirliklar va davlat idoralari qatorida, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalariga ham muntazam ravishda taqsimlash va ularning salohiyatidan samarali foydalanishni nazorat qilish vazifasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy majlisida qabul qilingan Ustav talablariga binoan, bir oy muddatda, Fanlar akademiyasi rahbariyatining navbatdagi saylovlariga tayyorgarlik koʻrilsin va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi toʻgʻrisida” 1995-yil 3-apreldagi 109-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 9-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
223-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 11-iyuldagi 232-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 28-son, 338-modda)