Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida “Mustaqillikning 25 yilligi” konini oldindan qidirish va ishlab chiqish bilan “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish va gaz-kimyo kompleksi qurish to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Geologiya-qidiruv ishlariga, uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirishni ta’minlaydigan ilg‘or va zamonaviy texnologik yechimlardan foydalangan holda uglevodorod xomashyosini qazib olish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
“Gas Project Development Central Asia AG” (Shveysariya), “Altmax Nolding Ltd” va “O‘zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” konini razvedka qilish va ishlatish bo‘yicha “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni (keyingi o‘rinlarda Bitim deb ataladi) amalga oshirish uchun yuridik shaxs tashkil etmagan holda investorlar konsorsiumi (keyingi o‘rinlarda investor deb ataladi) tashkil etilganligi;
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus davlat komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va investor o‘rtasidagi Bitim matni ma’qullandi;
O‘zbekiston Respublikasi va investor o‘rtasidagi Bitim 2017-yil 5-aprelda Moskva shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan bo‘lib, investor tomonidan quyidagi majburiyatlar qabul qilingan:
neft-gaz operatsiyalarini qonun hujjatlariga va Bitim shartlariga, shuningdek xalqaro neft-gaz sanoatida umumqabul qilingan prinsiplarga va eng yuqori iqtisodiy samaradorlik prinsipiga muvofiq amalga oshirish;
neft-gaz operatsiyalarini o‘z hisobidan va o‘z tavakkalchiligi bilan amalga oshirish hamda Bitim qoidalariga rioya qilish sharti bilan geologiya-qidiruv ishlari dasturini, konlarni ishlatish dasturlarini va yillik ishchi dasturlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hajmlarda moliyalashtirishni (shu jumladan, loyihaviy moliyalashtirishni), shuningdek, ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
operator va marketing kompaniyasining xatti-harakatlari uchun o‘z xatti-harakatlari kabi mulkiy javobgar bo‘lish.
2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan normalar bilan bir qatorda quyidagi asosiy shartlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi bilan investor o‘rtasidagi Bitim ma’qullansin:
“Altmax Nolding Ltd” kompaniyasi tomonidan Bitim doirasida ishlarni bajarishni tashkil etish uchun operatorni, shuningdek, Bitim shartlariga muvofiq qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni sotish maqsadida marketing kompaniyasini tashkil etish;
investorning O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokini geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziya olingan sanadan boshlab “Mustaqillikning 25 yilligi” konida baholash qudug‘ini burg‘ulash ishlarini boshlash huquqi;
baholash qudug‘ini burg‘ilash va “Mustaqillikning 25 yilligi” konining uglevodorod zaxiralarini aniqlashtirish natijalari asosida Bitimni amalga oshirish bo‘yicha loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini (loyihaning DTIA) investor tomonidan ishlab chiqish, keyinchalik loyihaning DTIAni belgilangan tartibda kelishish va tasdiqlash;
Bitimning tijorat shartlarini, shu jumladan mahsulot taqsimoti shkalasini, kompensatsiya mahsulotining cheklangan darajasi miqdorini, soliq solish rejimini, moliyalashtirish xarajatlari stavkasini va loyihaning DTIAsini tasdiqlash natijalari bo‘yicha boshqa asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni kelishish;
Bitimni amalga oshirish doirasida investorga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalarni operator va marketing kompaniyasiga tatbiq etish;
Bitimga muvofiq operator va marketing kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlariga o‘tkaziladigan valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod qilish;
operator va marketing kompaniyasining xatti-harakatlari uchun investorning mulkiy javobgarligi.
3. “O‘zbekneftgaz” AJ Bitimni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi etib belgilansin va unga quyidagilar yuklansin:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Bitimni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va ishlarni bajarish jadvallari bajarilishi, shuningdek, mahsulotni sotishdan tushgan tushumning Bitimda nazarda tutilgan tartibda o‘z vaqtida taqsimlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
ikki oy muddatda “O‘zbekneftgaz” MXK huzurida Bitimni amalga oshirish guruhi (keyingi o‘rinlarda — GRS) ni tashkil etish, uni Bitim doirasida ishlarni tashkil etish bo‘yicha ishchi organ etib belgilash.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
soliq solish rejimi, shu jumladan bojxona to‘lovlarini to‘lash Bitimda nazarda tutilgan shartlarda, shu jumladan Bitimning tijorat shartlarida amalga oshiriladi va Bitimning butun amal qilish muddati davomida o‘z kuchini saqlab qoladi;
operator tomonidan majburiy tartibda Bitimda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan turlar bo‘yicha sug‘urta amalga oshiriladi;
investor Bitimning tijorat shartlarini kelishishda aniqlanadigan stavka bo‘yicha foyda solig‘ini to‘laydi, bunda investorning sof foydasi soliqlardan ozod qilinadi;
operatorning O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan pudratchi tashkilotlari Bitimni amalga oshirish maqsadida ular tomonidan import qilingan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatiga kamaytirilgan holda ularning hisob raqamlariga tushadigan valyuta tushumini majburiy sotadi;
“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar Bitimning amal qilish muddati davomida mol-mulk qismi bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Bitimning O‘zbekiston tomonidan boshqaruv qo‘mitasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
operator Bitimni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan pudrat tashkilotlari tomonidan yetkazib beriladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish huquqiga ega.
41. Bitimni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida, istisno tariqasida, “Surhan Gas Chemical Operating Company” MCHJ XKga:
2020-yil 1-yanvarga qadar — loyiha va pudrat tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida ishlarni tender o‘tkazmasdan bajarish bo‘yicha shartnomalar tuzish uchun;
2022-yil 1-yanvarga qadar — loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun;
loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar ishlarni jadal moliyalashtirishni amalga oshirish.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Bitim imzolanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga Bitim shartlarini yomonlashtiruvchi o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda (ishlarni xavfsiz olib borish, mehnatni, yer qa’rini, atrof-muhitni va fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha standartlar (normalar, qoidalar) ga o‘zgartirishlar bundan mustasno) Bitimda nazarda tutilgan shartlarning amal qilishi saqlanib qoladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Altmax Nolding Ltd” kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokini geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun belgilangan tartibda litsenziya bersin, unda “Altmax Nolding Ltd” kompaniyasi “Gas Project Development Central Asia AG,” “Altmax Nolding Ltd” va “O‘zneftgazqazibchiqarish” AK kompaniyalari tarkibidagi investorlar konsorsiumi nomidan ish ko‘rishi ko‘rsatib o‘tilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashkil etilayotgan operatorga Bitimni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasining rezident banklari bilan vakillik munosabatlariga ega bo‘lgan banklarda faqat neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish maqsadlari uchun foydalaniladigan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini ochishga ruxsat bersin.
12. “O‘zbekneftgaz” MXK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-may,
PQ-2948-son