29.11.2017 yildagi 44-son
Hujjat 29.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga binoan har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining og‘ishmay bajarilishi fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarining kafolati hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti bilan bog‘liq ishlarini ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyasini hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-oktabrda 2835-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma va ushbu sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar normalari qo‘llanishi lozim.
4. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq pensiyalarni tayinlash va to‘lash, shuningdek, fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilib, ularning qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
6. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-moddasiga muvofiq yuridik faktlarni belgilash haqidagi arizalar, shuningdek pensiya olish bilan bog‘liq huquqni amalga oshirish haqidagi da’vo arizalar fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga, Pensiya jamg‘armasi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)ga nisbatan shikoyatlar esa, ma’muriy sudlarga taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sudlar nazarda tutishi lozimki, Qonunda quyidagi davlat pensiya turlari belgilangan:
8. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 37-moddasiga asosan, yoshga doir umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash uchun faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa, ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda, yoshga doir pensiyadan farqli ravishda mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya tayinlashda ish stajining davomiyligi yuridik ahamiyatga ega emas. Ish stajining davomiyligi 20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga pensiya tayinlashda ham ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Qonunni 1-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan, ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari ushbu Qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emasligi qayd etilganligi sababli, ish stajining davomiyligi emas balki mavjud yoki mavjud emasligi ahamiyat kasb etadi. Bunday shaxslarning ijtimoiy ta’minlanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Etarli miqdorda ish stajiga ega bo‘lmagan (Qonunning 17-moddasi) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi, nogironlik pensiyasi tayinlash uchun yetarli miqdorda ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy kasallik oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga esa, pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiyaga bo‘lgan huquqni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda, sudlar Qonunning 19-moddasida belgilangan, boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasidan kelib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qonunning 7-moddasiga muvofiq yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qayd etilgan “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda, ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Nogiron bo‘lib qolgan shaxslar stajiga ushbu “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar qayd etilgan bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 35-bandiga muvofiq 1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 115 va 139-moddalariga asosan, jamoa xo‘jaligida ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri bayram kunlarini hisobdan chiqargan holda olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib belgilanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. 1992-yil 13-martdagi “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat ishtirokchilarining fuqarolarini pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari kafolatlari to‘g‘risidagi Kelishuv” 6-moddasining 2-bandiga muvofiq mazkur Kelishuv kuchga kirgunga qadar fuqaroning barcha davlat ishtirokchilarining hududidagi ish davri Qonunning 37-moddasi talablarini qo‘llamagan holda ish stajiga qo‘shiladi. Sudlar bu Kelishuv O‘zbekiston Respublikasi uchun 1996-yil 18-iyuldan kuchga kirganligini nazarda tutishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 13-moddasiga asosan, ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish hamda davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari hisoblanadi. Soliq agentlariga sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek, ularning hisoblab chiqarish to‘g‘riligi uchun javobgarlik ham yuklatilgan.
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonun hujjatlariga muvofiq, sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati yuklatilmagan ish beruvchilarda ishlagan ish davrining ish stajiga qo‘shilmaganligi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 311-moddasining sakkizinchi qismi talablaridan kelib chiqishi talab etiladi, unga ko‘ra, qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar sug‘urta badallarini jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sug‘urta badallarini to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda to‘laydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Qonunning 9 — 14-moddalari qoidalariga muvofiq xodimlarning alohida toifalariga yoshga doir pensiya yoshi kam bo‘lgan, tegishli hollarda esa ish staji kam bo‘lgan holda ham Qonunning 7-moddasida belgilangan tartibga muvofiq tayinlanadi.
Sudlar Pensiya jamg‘armasining imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etishi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda, yoshidan qat’i nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning Ro‘yxatlariga asoslanishi lozim bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 211-moddasiga muvofiq ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik aynan ish beruvchiga yuklatilgan.
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 59-moddasidan kelib chiqqan holda ishning xarakterini belgilovchi xususiyatlarini (muayyan sharoitdagi ishlar) tasdiqlovchi va muddatidan ilgari yoshga doir pensiya tayinlanishiga ta’sir qiladigan dalillarga guvohlar ko‘rsatmalari kiritilmaydi. Bu holatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 56-moddasida ko‘rsatilgan dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin (masalan, buyruqlar, hisob-kitoblar, naryadlar, mansab vazifalari va hokazo).
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 28 va 29-moddalariga asosan, mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar yuzasidan sudda ekspert sifatida ish yuritishga haqlidir. Shuning uchun zarurat tug‘ilgan paytda, bunday shaxslar sudda ishtirok etishi yoki ulardan ko‘rilayotgan ish bo‘yicha xulosa olish masalasini hal qilish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan Talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda yoshidan qat’i nazar, pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning Ro‘yxatlari;
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlar asosida pensiya olish huquqini beruvchi ishlab chiqarish, korxona, ishlar, kasblar, mansablar va ko‘rsatkichlarning 1, 2, 3-sonli Ro‘yxatlaridan chiqarilgan kasblar Pensiya jamg‘armasi bo‘limining yoshga doir imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashni rad etish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 4-moddasining uchinchi qismi talablariga rioya etish zarur. Ushbu Qonun normasiga ko‘ra, fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va majburiyatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasi va Qonunning 42-moddasiga binoan, mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. Ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida to‘liq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar, tumanlar (shaharlar)ning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan ish stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida ko‘rsatib o‘tilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari ish stajiga, shuningdek, hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga kiritiladi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 283-moddasining 6-bandiga asosan, sud shaxsning huquqni vujudga keltiruvchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga a’zolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati aktlarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalardan tashqari) ko‘rsatilgan ismi, otasining ismi va familiyasi uning pasportidagi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasidagi ismi, otasining ismi va familiyasi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoki tegishli emasligi faktini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunning 48-moddasiga muvofiq pensiya tayinlashni rad etish haqidagi qarorga nisbatan sudga shikoyat berilishi mumkin.
27. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1030-moddasiga muvofiq fuqaro tomonidan vijdonsizlik qilinmaganligi va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganligi aniqlansa, unga berilgan pensiyalar, nafaqalar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuni nazarda tutish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 153-moddasiga ko‘ra, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qarori chiqarilguniga qadar bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi.
31. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 19-moddasiga amal qilgan holda sudlar bunday ishlarni ko‘rishda fuqarolarning pensiya va nafaqa olish huquqlarining buzilishi, pensiya va nafaqa tayinlash uchun zarur bo‘lgan noto‘g‘ri arxiv va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish faktlari aniqlangan har bir holatga xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.