16.01.2018 yildagi PF-5303-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish va soddalashtirish, talab yuqori boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishda toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, nosogʻlom raqobat, oziq-ovqat mahsulotlari importining ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan monopollashtirilishi, sunʼiy taqchillikni yuzaga keltirish va baʼzi tovarlar uchun narx-navoning asossiz oshirilishi, oqibatda, bu asosda qoʻshimcha foyda olish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi jiddiy tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozorda ayrim import qiluvchilarning ustun mavqega ega boʻlishiga ular uchun individual imtiyoz va preferensiyalarning taqdim qilinganligi, ularning faoliyati uchun eksklyuziv sharoitlar yaratilganligi koʻmaklashgan, bu esa boshqa tadbirkorlik subyektlarining bozorga kirish imkoniyatini cheklashga olib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur sohada yuzaga kelgan vaziyat ishchanlik faolligini va Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytiradi, xalqaro maydonda mamlakatning obroʻsiga jiddiy ziyon yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur sohadagi mavjud tizimli muammolarga barham berish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2018-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish boʻyicha ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikaga oziq-ovqat tovarlarini olib kirish boʻyicha ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi qarorlarning qabul qilinishi taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ushbu band talablari buzilgan hollarda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi, Respublika universal agrosanoat birjasi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yilga oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchilarni izlab topish va jalb qilish, ular uchun bozorga kirishda teng sharoitlar yaratish, ularga shartnomalar tuzish, kiritilgan mahsulotlarni tashish va saqlashda koʻmaklashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, shuningdek, aholining sifatli, arzon oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talabini toʻliq qanoatlantirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida ixtisoslashtirilgan omborxona imoratlari, omborlar, muzlatish kameralari, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha zamonaviy yuqori texnologik, energiya samarador uskunalarni tashkil etishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-fevraldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol tovarlarini respublika tovar-xomashyo birjalarida sotish (sotib olish)ga taqiq bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shakar ishlab chiqaruvchilar 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga import xomashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar qismiga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol tovarlarini tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotish (sotib olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya mavjudligi talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda, shundan pul mablagʻlari eng kam ish haqining 1200 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirilgan ustav fondi mavjudligi haqidagi talab bekor qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari turlarini Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan import qilish istisno hollarda va faqat tovar-xomashyo birjalari, jumladan xorijiy birjalarning ochiq elektron savdolari tizimi orqali amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi, Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi batafsil axborot har oy Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eʼlon qilib boriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja brokerlari tijorat banklariga mijoz — norezident nomidan tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ga talabnoma berish, norezident — yuridik shaxslar esa Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish tartibini chayqovchilik va boshqa suiisteʼmolchilik hollariga imkon bermaydigan choralarni nazarda tutgan holda belgilash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, agrar kompleksni rivojlantirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish, oziq-ovqat bozori barqarorligiga tahdidlarni oʻz vaqtida bartaraf etish, oziq-ovqat tovarlari importini qulay bojxona-tarif tartibga solish boʻyicha choralarni belgilovchi “Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar muddatda tovar-xomashyo birjalari tomonidan foydalanilayotgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni axborotdan erkin foydalanish va uning ochiqligi, jumladan maʼlumotlarni chet tillarda (rus, ingliz tillari) joylashtirish, amalga oshirilayotgan operatsiyalarning shaffofligini, shuningdek, oʻtkaziladigan elektron savdolarga aralashish va ularning natijalarini buzib koʻrsatish imkoniyatini istisno etishni nazarda tutgan holda tubdan takomillashtirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oziq-ovqat tovarlariga bojxona toʻlovlari stavkalari, bojxona tartib-taomillari va respublika bojxona chegarasi orqali tovarlarni tashish tizimining tanqidiy oʻrganilishini hamda bojxona toʻlovlari stavkalarini optimallashtirish, ortiqcha toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, jumladan tartib-taomillarni “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirishga oʻtish orqali tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini maksimal soddalashtirish va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlarini qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda chakana savdo va xizmatlar koʻrsatishni tartibga soluvchi qonunchilikni ortiqcha toʻsiq va gʻovlar, davlat tomonidan tartibga solishning asossiz choralarini bartaraf etish nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilsin, shuningdek, natijalari boʻyicha mazkur sohani tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat tovarlari narxini pasaytirish va barqarorlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi sansalorlik va byurokratiyani bartaraf etish, shuningdek, respublikada ishchanlik muhitini yaxshilash boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritish maqsadida tadbirkorlik subyektlari, jumladan ahamiyatga molik oziq-ovqat tovarlarini eksport va import qiluvchilar, chet ellik investorlar va xorijiy hamkorlar bilan doimiy asosda muntazam ochiq va toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlarni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa idoralarning axborot maʼlumotlar bazalaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy tuzilmalari rahbarlari bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishda sunʼiy toʻsiqlar yaratish, sansalorlik va suiisteʼmolchilik holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun shaxsiy javobgarligi haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolarning ayrim turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi “Respublikaga isteʼmol tovarlari noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 257-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 16-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5303-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolarning ayrim turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tovarning nomlanishi

TIF TN boʻyicha kodi

1.

Tirik yirik qoramol

0102

2.

Tirik qoʻy va echkilar

0104

3.

Yirik qoramol goʻshti, barra yoki sovutilgan

0201

4.

Barra, sovutilgan (muzlatilganidan tashqari) qoʻy yoki echki goʻshti

0204

5.

Soya loviyasi, maydalangan yoki maydalanmagan

1201

6.

Kungaboqar urugʻi, maydalangan yoki maydalanmagan

1206 00

7.

Kunjut urugʻi

1207 40

8.

Shakarqamish yoki lavlagi shakari va kimyoviy toza saxaroza, qattiq holatda

1701

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 06/18/5303/0579-son, 20.02.2018-y., 06/18/5354/0791-son, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son, 12.12.2018-y., 06/18/5596/2298-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)