Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBIL SANOATINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi kengashining uyushmani ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi)ga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzavtosanoat” uyushmasi huquqlari va majburiyatlari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Quyidagilar “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, tarmoqda yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini oʻtkazish;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda, ularning jahon bozorlariga kirib borishida koʻmaklashish;
tarmoq korxonalarini zamonaviylashtirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish, yetakchi xorijiy firmalar bilan birgalikda avtomobil transportining zamonaviy turlarini, ular uchun butlovchi buyumlar va detallarni ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
avtomobil tarmogʻi korxonalari va tashkilotlariga axborot xizmatlari koʻrsatish;
tarmoq uchun malakali ishchi kadrlar va mutaxassislar tayyorlashni, menejmentning zamonaviy metodlarini egallagan, bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir boʻlgan boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar roʻyxati va uning xodimlarining cheklangan umumiy soni 56 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 38 kishi boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga, zarurat boʻlganda, kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari kompaniya boshqaruvi yuqori organi tomonidan saylanadi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra tegishli ravishda rais — vazirga, rais oʻrinbosarlari – vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi kengashi tuzilsin uning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi 424-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 290-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Kengashga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilgungacha boʻlgan davrda kompaniyaning yuqori boshqaruv organi va kuzatuvchi kengashi funksiyasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi kengashi uch oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan “Oʻzavtosanoat” uyushmasining mol-mulkini baholashni tashkil etsin hamda uning mol-mulki va aktivlari, shu jumladan Kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi Uyushmaga tegishli aksiyalar paketlari, shuningdek avtomobil sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida Uyushmaga ajratilgan pul mablagʻlari hisobiga “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasini shakllantirsin;
kompaniyaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari emissiyasi prospektini emissiya prospektini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirmasdan roʻyxatdan oʻtkazsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasini shakllantirish vaqtida davlat kompaniyasi hisoblanadi hamda aksiyalari ulushining 51 foizini davlatda qoldirgan va 49 foiz miqdoridagi qolgan qismini xorijiy investorlarga sotgan holda belgilangan tartibda xususiylashtiriladi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtosanoat” Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 17-martdagi 143-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-avgust,
405-son
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar roʻyxati
I. Aksiyadorlik jamiyatlari
1.“OʻzDEUavto” QK YAJ
2. “OʻzDongVon” QK YAJ
3. “OʻzSeMyung” QK YAJ
4. “OʻzTongXong” QK YAJ
5. “OʻzDongJu” QK YAJ
6. “OʻzKoram” QK YAJ
7. “OʻzDongYang” QK YAJ
8. “SamKochAvto” QK YAJ
9. “OʻzEksayd” QK YAJ
10. “OʻzKodji” QK YAJ
11. “Avtooyna” OAJ
12. “Oʻzavtosanoatservis” OAJ
13. “Avtosankomplekt” OAJ
14. “Zenit” OAJ
15. “Shovot-podshipnik” OAJ
16. “Oʻzavtotexxizmat” OAJ
17. “Ist-Baterflyay” QK MChJ
II. Unitar korxonalar
18. “Avtosanoattrans” UK
19. “Avtosanimpeks” UK
20. “Avto Olam” UK jurnali tahririyati
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi 424-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 290-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 392-modda; 2006-y., 30-son, 290-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)