LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Jahon moliya tizimida yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek mamlakatda milliy iqtisodiyotni keng ko‘lamli isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosatini shakllantirish, amalga oshirishda hamda bank tizimini yanada rivojlantirishda yangicha yondashuv va prinsiplar qo‘llanilishini taqozo qilmoqda.
Xolis tan olish kerakki, bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda to‘laqonli foydalanilmayapti, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlarning rivojlanmaganligi qo‘yilgan maqsadlarga erishishni qiyinlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) tomonidan tijorat banklarining boshqaruv va risk-menejmenti sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, banklar faoliyatiga ma’muriy aralashuv amaliyotining davom etayotganligi, ayniqsa, banklar tomonidan o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan korxonalar tashkil etilishi, shuningdek ularning faoliyat yo‘nalishiga muvofiq bo‘lmagan vazifalarning yuklatilishi bank nazoratini ta’sirchan amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilarni ta’minlash Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb hisoblansin:
2. Amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib kuyidagilar belgilansin:
birinchidan, asossiz inflatsion kutilmalarni oldini olish maqsadida inflatsion targetlashning prinsip va mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish bilan pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillashtirish, ushbu usulga o‘rta muddatli istiqbolda to‘liq o‘tish va pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish;
ikkinchidan, inflatsiya omillarini chuqur o‘rganish va to‘lov balansini hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini to‘liq shakllantirish asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish;
uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar ko‘rish imkonini beruvchi tijorat banklar tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish;
to‘rtinchidan, o‘rta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank tizimini rivojlantirish, tijorat banklar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro to‘liq sheriklik munosabatlarini shakllantirish, aholining bank tizimiga ishonchli institutsional sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish;
beshinchidan, to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish;
oltinchidan, nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish, shuningdek ularning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yettinchidan, bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish.
asosiy vazifalari tegishlicha bank tizimining barqarorligini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish va Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘lib hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi va Kredit qo‘mitasi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida asosiy vazifasi bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish bo‘lib hisoblangan Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilsin.
Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasini tugatish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “O‘zbekiston Respublikasi moliya sektorini rivojlantirish bo‘yicha agentligi” davlat unitar korxonasini tugatish;
Markaziy bank raisi o‘rinbosariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Respublika inkassatsiya xizmati faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni yuklash amaliyotini bekor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
5. Markaziy bank faoliyatining tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlarini va boshqaruv tizimi optimallashganini hisobga olgan holda:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tashkiliy tuzilmasi hamda uning markaziy apparatining tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
6. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:
Markaziy bank boshqaruvi zarur hollarda Markaziy bankning shtatlar jadvaliga, tashkiliy tuzilmasiga, uning markaziy apparati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmalari tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega ekanligi;
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdorligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mutasaddilik qiladigan davlat organlari ro‘yxatidan chiqarilsin.
7. Markaziy bank 2018-2019-yillarda xodimlarning oqilona tanlovini, joy-joyiga kuyish va rotatsiyasini, kadrlar zaxirasini sifatli shakllantirishni, shuningdek xodimlarning mehnati samaradorligi va motivatsiyasini oshirishni ta’minlovchi zamonaviy kadrlar xizmatini bosqichma-bosqich joriy qilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq:
2017 — 2021-yillarda ilg‘or bank amaliyoti asosida bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi;
2017 — 2021-yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish hamda inflatsiyaviy targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari kompleksi tasdiqlanganligi;
b) Markaziy bank, tijorat banklari, masalaga aloqador vazirlik va idoralar zimmasiga mazkur chora-tadbirlar komplekslarida ko‘zda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida likvidlik berish va qaytarishning zamonaviy turlari, mexanizmlari va usullarini joriy qilgan holda pul-kredit siyosati instrumentlarining ta’sirchanligini oshirish choralari ko‘rilishini;
jamoatchilik va biznes muhitining pul-kredit siyosatidan xabardorligi va tushunish darajasini oshirishga yo‘naltirilgan aniq axborot-kommunikatsion siyosat olib borilishini;
O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansining Xalqaro valyuta fondi metodologiyasiga muvofiq hisobi va tahlili tizimli asosda yuritilishini;
bank tizimidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilishini;
banklar tomonidan iqtisodiy normativlar bajarilishi ustidan, shu jumladan kapital yetarliligi, bank nazoratining xalqaro tamoyillari talablari doirasida belgilangan likvidlilik bo‘yicha ta’sirchan nazorat amalga oshirilishini;
normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘siqlarni bartaraf etish va sharoit yaratish, shu jumladan chakana xizmatlarga ixtisoslashgan “raqamli” banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish, innovatsion bank texnologiyalaridan faol foydalangan holda masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida tanqidiy qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
bankrot deb e’lon qilingan yoki kredit bo‘yicha uzilmagan qarzdorligi mavjud korxonalarni tijorat banklari mulkiga o‘tkazish tartibi bekor qilinadi;
boshqaruv kompaniyalari, investitsion kompaniya va fondlar, shuningdek bank faoliyatiga xos bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondlarida banklarning ishtiroki taqiqlanadi.
11. Markaziy bank 2018-yilning 1-sentabriga qadar ilg‘or xorijiy tajriba va umume’tirof etilgan normalar va standartlarni chuqur o‘rganish, ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlarining tegishli ekspert xulosalari asosida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi xamda “Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari loyihalarini yangi tahrirda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki ustav kapitalidagi Markaziy bank ulushini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish;
Markaziy bank xodimlarini tijorat banklari, xo‘jalik boshqaruv organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritilishini taqiqlashni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish;
Markaziy bankning faoliyat yuritishini ta’minlovchi o‘z idoraviy bo‘ysunuvidagi korxona va tashkilotlarning tegishli tuzilmaviy bo‘linmalarini Markaziy bank, shuningdek uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmalari hududi va binolarida bepul joylashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qo‘mitasi va Kredit qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomlar hamda ularning tarkibini;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xizmati to‘g‘risidagi nizomni;
Markaziy bankning faoliyat yuritishini ta’minlovchi o‘z idoraviy bo‘ysunuvidagi korxona va tashkilotlar faoliyati va boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
LexUZ sharhi
LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 28-oktabrdagi PF-1875-son “Kapital qurilishni tashkil etishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonining 2-bandidan “(Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-noyabrdagi PQ-3388-son “2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 5-ilovasining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-noyabrdagi PF-985-son “Ichki bozorni dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan to‘ldirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 27-iyundagi PF-1193-son “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandi, shuningdek unga ilova.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11-iyuldagi PF-1492-son “Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tarkibi to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 18-fevraldagi PF-1710-son “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonining 4-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 1-avgustdagi PF-1827-son “Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Farmoni.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 29-sentabrdagi PF-2720-son “Ayrim komissiyalarning tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga 9-ilova.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi PF-2772-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga ilovaning 2-bandini “b” kichik bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 2-oktabrdagi PF-3143-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 15-noyabrdagi PF-3162-son “Respublika bank kengashini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-oktabrdagi PF-3323-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmonining 1-bandi to‘rtinchi xatboshi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga ilovaning 1 va 2-bandlari.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga 2-ilovaning 31 va 33-bandlari.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi PQ-57-son “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 13-iyundagi PQ-97-son “2005-yilda Toshkent shahrida qurilish va rekonstruksiya qilish obyektlarini qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-son “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qaroriga ilovaning 7-bandi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ-822-son “Naqd pul mablag‘larini jalb qilish va unga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3309-son “Avtomobil yo‘llari ko‘priklarini, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi.