Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023 28.12.2017 yildagi PQ-3448-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-460-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahririni joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qo‘llanilayotgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi (2017-yilgi versiyasi) bilan yanada unifikatsiyalash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan jahon savdosida muomalada bo‘lgan tovarlarning xalqaro tasnifini uyg‘unlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi, ular 2017-yilda kuchga kirdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan yangi tizimi negizida ishlab chiqilgan 2017-yilgi versiyadagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Toxiriy) 2018-yilning 1-yanvariga qadar 2017-yilgi versiyadagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi chop etilishini va u manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish to‘g‘risida” 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-sonli qarori 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 28-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3448-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 07/18/3448/0486-son)