Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 28.12.2017 yildagi O‘RQ-451-son
Дата вступления в силу
29.12.2017
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Kelajak bunyodkori” medalini taʼsis etish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan 1-modda. “Kelajak bunyodkori” medali taʼsis etilsin. 2-modda. “Kelajak bunyodkori” medali toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi). 3-modda. “Kelajak bunyodkori” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda; 2003-yil, № 9-10, 140, 149-moddalar; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda; 2008-yil, № 4, 193-modda; 2012-yil, №9/1, 241-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 12-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Kelajak bunyodkori” medali”; beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin. 5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2017-yil 28-dekabr, OʻRQ-451-son Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-451-sonli Qonuni bilan TASDIQLANGAN “Kelajak bunyodkori” medali toʻgʻrisidagi NIZOM 1. “Kelajak bunyodkori” medali bilan vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, Vatanimizning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qoʻshayotgan, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan, shuningdek oʻqishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi. “Kelajak bunyodkori” medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. 2. “Kelajak bunyodkori” medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. 3. “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 4. “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi va qonunchilikda belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi. (4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 5. “Kelajak bunyodkori” medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. 6. “Kelajak bunyodkori” medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul mukofoti mukofotlangan shaxsning oilasiga topshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-451-sonli Qonuni bilan TASDIQLANGAN “Kelajak bunyodkori” medalining TAVSIFI “Kelajak bunyodkori” medali dastlab 0,5 mikron qalinlikdagi nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Medalning qalinligi — 2,2 millimetr. Medalning old tomonida, markazda, oq fonda zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti timsoli boʻlgan “tinchlik atomining” ramziy tasviri, koʻk rangdagi Yer shari, uning meridianlari va parallellari, Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi, shuningdek tayanch ramzi boʻlgan ikki kaft tasviri joylashgan. Medalning yuqori qismida aylana boʻylab yashil rangli lentaga “KELAJAK BUNYODKORI” degan soʻzlar yozilgan. Yozuv zarhal rangda boʻlib, harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi. Medalning pastki qismida aylana boʻylab ikkita zaytun novdasi joylashgan, ularning tutashgan markazida yarimoy va yulduzni oʻz ichiga olgan, chetlari zarhal hoshiya bilan oʻralgan koʻk rangli musamman tasvirlangan. Musammanning chap va oʻng tomonlarida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi lentalar tasviri aks ettirilgan. Medalning orqa tomonida diametri 21 millimetr boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan boʻlib, uning pastki qismida medal raqami 3,5 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan. Medalning old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. Medal shoyi lenta bilan qoplangan besh qirrali qadagʻichga ilmoqcha va halqacha yordamida tutashtirilgan. Shoyi lentaning oʻrtasidan eni 7 millimetrli oq rangli yoʻl, uning ikki chetidan esa toʻq koʻk rangli ensiz chiziqlar bilan hoshiyalangan, eni 2 millimetrli ikkita sariq rangli yoʻl oʻtgan. Shoyi lentaning chekka qismlari boʻylab eni 4 millimetr boʻlgan koʻk rangli yoʻl oʻtgan. Qadagʻichning boʻyi — 48 millimetr, eni — 46 millimetr. Qadagʻichning orqa tomoniga medalni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan. (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 03/17/451/0473-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son ) |
Закон Республики Узбекистан Об учреждении медали «Келажак бунёдкори» Принят Законодательной палатой 15 ноября 2017 года Одобрен Сенатом 20 декабря 2017 года Статья 1. Учредить медаль «Келажак бунёдкори». Статья 2. Утвердить Положение о медали «Келажак бунёдкори» (прилагается). Статья 3. Утвердить описание медали «Келажак бунёдкори» (прилагается). Статья 4. Внести в статью 12 Закона Республики Узбекистан от 22 декабря 1995 года № 176-I «О государственных наградах» (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 1995 г., № 12, ст. 266; 1996 г., № 5-6, ст. 63, № 9, ст. 120; 1998 г., № 9, ст. 163; 2000 г., № 7-8, ст. 202; 2003 г., № 9-10, ст.ст. 140, 149; 2005 г., № 1, ст. 18; Ведомости палат Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2007 г., № 6, ст. 250; 2008 г., № 4, ст. 193; 2012 г., № 9/1, ст. 241; 2017 г., № 9, ст. 510) следующие дополнение и изменение: дополнить абзацем пятым следующего содержания: «медаль «Келажак бунёдкори»; абзац пятый считать абзацем шестым. Статья 5. Настоящий Закон вступает в силу со дня его официального опубликования. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 28 декабря 2017 г., № ЗРУ-451 УТВЕРЖДЕНО Законом Республики Узбекистан от 28 декабря 2017 года № ЗРУ-451 ПОЛОЖЕНИЕ о медали «Келажак бунёдкори» 1. Медалью «Келажак бунёдкори» награждаются граждане Республики Узбекистан, достигшие 14 лет и не старше 30 лет, преданно служащие интересам народа, проявляя патриотизм, самоотверженность и трудолюбие, вносящие достойный вклад в повышение международного авторитета и приумножение славы нашей Родины, являющиеся для сверстников примером активности и инициативности в общественно- политической жизни страны, а также достигшие больших успехов в учебе и трудовой деятельности. Медалью «Келажак бунёдкори» могут награждаться и лица, не являющиеся гражданами Республики Узбекистан. 2. Медалью «Келажак бунёдкори» награждает Президент Республики Узбекистан. Указ о награждении публикуется в печати и других средствах массовой информации. 3. Представление к награждению, награждение, а также вручение медали «Келажак бунёдкори» производятся в порядке, предусмотренном Законом Республики Узбекистан «О государственных наградах». 4. Лица, награжденные медалью «Келажак бунёдкори», получают единовременное денежное вознаграждение в размере десятикратной базовой расчетной величины и пользуются льготами, устанавливаемыми законодательством. (пункт 4 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2019 года № ЗРУ-586 — Национальная база данных законодательства, 04.12.2019 г., № 03/19/586/4106) 5. Медаль «Келажак бунёдкори» носится на левой стороне груди. 6. При посмертном награждении медалью «Келажак бунёдкори» медаль, документ о награждении и единовременное денежное вознаграждение вручаются семье награжденного. УТВЕРЖДЕНО Законом Республики Узбекистан от 28 декабря 2017 года № ЗРУ-451 ОПИСАНИЕ медали «Келажак бунёдкори» Медаль «Келажак бунёдкори» изготавливается из медного сплава, предварительно покрытого никелем толщиной 0,5 микрона, а затем золотом толщиной 0,25 микрона, и имеет форму круга диаметром 34 миллиметра. Толщина медали — 2,2 миллиметра. На лицевой стороне медали, в центре, на белом фоне расположено символическое изображение «мирного атома», олицетворяющего современный научно-технический прогресс, земной шар синего цвета с меридианами и параллелями, карта Республики Узбекистан, а также две ладони, как символ опоры. Вдоль верхней части окружности медали по ленте зеленого цвета проходит надпись «KELAJAK BUNYODKORI». Надпись позолоченная, высота букв 2 миллиметра. Вдоль нижней части окружности медали расположены две оливковые ветви, в центре их соединения изображен синий мусамман с полумесяцем и звездой, обрамленный золотистой каймой. Слева и справа от мусаммана расположены ленты цветов Государственного флага Республики Узбекистан. На оборотной стороне медали изображен Государственный герб Республики Узбекистан диаметром 21 миллиметр, под которым нанесен номер медали вогнутым шрифтом размером 3,5 миллиметра. Края лицевой и оборотной сторон медали окаймлены бортиком. Медаль при помощи ушка и кольца соединяется с пятиугольной колодкой, обтянутой шелковой лентой. Посередине шелковой ленты проходит белая продольная полоса шириной 7 миллиметров, по краям которой желтые полосы шириной 2 миллиметра, окаймленные узкими темно-синими полосками. По краям шелковой ленты проходит полоса синего цвета шириной 4 миллиметра. Высота колодки — 48 миллиметров, ширина — 46 миллиметров. На оборотной стороне колодки имеется приспособление в виде булавки для крепления медали к одежде. (Национальная база данных законодательства, 29.12.2017 г., № 03/17/451/0473; 04.12.2019 г., № 03/19/586/4106) |