Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017 05.08.2000 yildagi 307-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017
Hujjat 05.08.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IChKI BOZORNI DORI-DARMON VOSITALARI VA TIBBIYoT BUYuMLARI BILAN TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan toʻldirish, narxlarning asossiz ravishda oʻsib ketishi hollariga barham berish va aholini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyalariga ega boʻlgan korxonalar tomonidan import boʻyicha keltiriladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari, tovar yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilarning sonidan qatʼiy nazar, sotib olish qiymatining 20 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ulgurji-chakana savdo ustamasi qoʻllangan holda sotiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulgurji va chakana dorixona muassasalarining Pensiya jamgʻarmasi va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalari amaldagi stavkalar boʻyicha yalpi daromaddan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2000-yil 1-avgustdan boshlab import boʻyicha olib kelinayotgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklariga Markaziy bankning litsenziyalariga ega boʻlgan, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini import qiluvchi ulgurji va chakana dorixona muassasalariga xizmat koʻrsatishda xorijiy valyutani sotishda vositachilik haqi stavkasini sotilgan valyutaning 0,5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda qoʻllash tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishda ulgurji va chakana tashkilotlar tomonidan savdo ustamalarining qoʻllanilishi tartibiga bir hafta muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori-darmon vositalari ishlab chiqaruvchi yetakchi chet el kompaniyalarining tovar kreditlarini jalb qilish masalasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va hal etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi Markaziy bankning litsenziyalariga ega boʻlgan, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini import qiluvchi korxonalar tomonidan valyutani faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan tibbiyot preparatlari roʻyxati boʻyicha konvertatsiya qilish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatovlar zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 5-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
307-son