05.12.2017 yildagi 965-son
Hujjat 31.12.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarorini ijro etish yuzasidan va ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirishda tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini yaratish bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari qarorlarining bajarilmaganligi uchun shaxsan javob beradi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Kelgusi yil uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy soni to‘g‘risida tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar toifalari uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risidagi takliflar shakllantiriladi va har yili 1-sentabrdan kechikmay tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinishi uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimlariga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlari asosida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi har yili joriy yilning 5-oktabridan kech bo‘lmagan muddatda ushbu hududda joylashgan tashkilotlar bo‘yicha zaxiraga qo‘yilishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga qo‘yiladigan talablarni shaxslar toifalarini ishga joylashtirish uchun ularning imkoniyatlarini, rag‘batlantirish choralarini, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hokimlarining ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlari bajarilmaganda tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qo‘llaniladigan sanksiyalarni hisobga olgan holda yetkazadi.
12. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning toifalari, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ishga joylashtirilgan ish o‘rinlari bo‘lajak davrga zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini aniqlashda hisobga olinadi.
Bunda ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifalari bo‘yicha zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari soni ushbu ish o‘rinlariga qabul qilingan kundan boshlab 3 yil mobaynida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan tashkilotlar kalendar yil boshlanishidan kamida olti oy oldin tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markaziga aniq tashkilotlar bo‘yicha muhtojlar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqiga, shuningdek, zarurat bo‘lganda, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazidan har bir tashkilot bo‘yicha tashkil etilgan ish o‘rinlarining soni va xususiyati, zaxiraga qo‘yilgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish huquqiga egadir.
Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifalari bo‘yicha zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rni bo‘shab qolgan taqdirda tashkilot besh kun muddatda faqat ularni zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rnini hisobga olish davrida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazini xabardor qiladi.
19. Tashkilot ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifalarini muhtojlar uchun tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan belgilangan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari sonidan kelib chiqib ishga joylashtirishi shart.
Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi bo‘yicha ushbu shaxslar ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan toifaga tegishli bo‘lganda zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rniga ishga joylashtirish tashkilot tomonidan rad etilishi tashkilot mansabdor shaxslarining qonun hujjatlarida belgilangan javobgarligiga olib keladi.
Tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markaziga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha muhtojlarni ishga joylashtirish to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu ish o‘rinlariga ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifasi ishga joylashtirilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Tashkilotning nomi:

_______________________________

_______________________________

Yuridik manzili:

_______________________________

_______________________________

20__ yilda ijtimoiy muh�fazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari to‘g‘risida

MA’LUMOT

1. Tuman (shahar) hokimining 20___ yil “ ___ ”_________dagi qaroriga muvofiq tashkilotlar tomonidan zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining umumiy soni ________ ish o‘rnini, shu jumladan nogironlarni ishga joylashtirish uchun _____ ish o‘rnini tashkil etadi.

2. Zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari soni:

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifasi

1-iyuldagi holatiga ko‘ra ishlamoqda (kishi)

Kelgusi yilga zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari soni

Faoliyat boshlangandan zaxiraga qo‘yilg�n ish o‘rinlari

Soni

%

Jami:

shu jumladan:

o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari

safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar

nogironlar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar

odam savdosi qurbonlari


Tashkilot rahbari __________________ (imzo)

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i (inspektor) __________________ (imzo)

M.O‘.

20__ yil “___” ____________

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida
_____________ tuman (shahar) hokimining
QARORI

20___ yil “___” _________ №______

1. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi asosida ish ko‘rib, _______________________________ tuman (shahar) hokimligi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilaydi, ______________________________________ uchun xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha sonining _____ foizi miqdorida,

(tashkilotning nomi)

bu ____ kishini tashkil etadi, shu jumladan:
o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar uchun ___ foiz (__kishi);
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari ___ foiz (__kishi);
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar ___ foiz (__kishi);
nogironlar uchun ___ foiz (__kishi);
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun ___ foiz (__kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar, ___ foiz (__kishi);
odam savdosi qurbonlari uchun ___ foiz (___kishi).
2. Shaxslarning ko‘rsatib o‘tilgan toifalari uchun ish o‘rinlari sanitariya-gigiyena me’yorlariga va xodim o‘z mehnat majburiyatlarini to‘siqsiz bajarishini ta’minlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq bo‘lishi kerak:
3. Ular bo‘yicha ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yiladigan kasblar va lavozimlar ro‘yxati: __________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________

(kasblar va lavozimlar nomi sanaladi)

4. Tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasinlar.
5. Muhtojlar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimlarining ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
6. Bandlikka ko‘maklashish markazi besh kun muddatda ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar rahbarlarining e’tiboriga yetkazsin va ushbu qaror bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.

Tuman (shahar)
hokimi

__________________ (imzo)

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotning nomi:
________________________________ ________________________________
Yuridik manzili:
________________________________ ________________________________

20___ yil “___” _________ oyi uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida
MA’LUMOT

1. _________________ tumanlar (shaharlar) hokimlarining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan hisobot yilida zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari, shu jumladan, nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlari soni.
2. Zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirilganlar soni:

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar soni

Hisobot davri oxiridagi holati bo‘yicha ishlamoqda (kishi)

ulardan ishga joylashtirilganlar

hisobot
oyida

yil boshidan boshlab

Jami:
shu jumladan:

o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari

safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar

nogironlar va pensiyaoldi yoshidagi shaxslar

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar

odam savdosi qurbonlari

3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni, hisobot davri oxiriga _____ ish o‘rinlari.

Tashkilotning rahbari

______________________ (imzo)

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i (inspektor)

______________________ (imzo)

M.O‘.

20___ yil “____” _________________.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)