29.11.2017 yildagi PF-5264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili boʻlib bormoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, quyidagi tizimli muammolarning mavjudligi, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik koʻzlangan islohotlarning samarali amalga oshirilishiga hamda mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendensiyalarini lozim darajada kompleks tahlil qilish va oʻrganish mavjud emas, buning oqibatida mazkur dasturlar aksariyat holatlarda muammolarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan hamda uzoq muddatli rivojlanish masalalarini hal etmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishning hozirgi ahvoli innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni toʻliq roʻyobga chiqarish va amaliy joriy etish uchun lozim darajadagi sharoitlarni taʼminlamayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni strategik prognoz qilish, qoʻllab-quvvatlash va joriy etishni taʼminlovchi yagona organning mavjud emasligi, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalarining tarqoq holda faoliyat koʻrsatishi fan, taʼlim va ishlab chiqarishning toʻliq integratsiyalashishiga imkon bermayapti, bu esa oʻtkazilayotgan izlanishlarning samaradorligini pasaytirmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash boʻyicha faoliyatni tashkil etishdagi kamchiliklar texnologik qoloqlikka va innovatsion tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning cheklanganligiga olib kelmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni joriy etishda alohida holatlardagi tor idoraviy manfaatlarning ustunlik qilishi budjet mablagʻlaridan nooqilona foydalanishning sabablaridan biridir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikni tatbiq etishga, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishga yetarli eʼtibor qaratilmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchidan, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida yuqori tajriba va salohiyatga ega boʻlgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik, shuningdek, ulardan butun mamlakat fani, sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda foydalanish past darajada saqlanib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur holatlar innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish sohasida davlat boshqaruvining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishni talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion faoliyatni uning samaradorligi indikatorlari asosida baholaydi, ilgʻor texnologiyalarni birinchi darajada joriy etish talab qilinadigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ishlarning holatini oʻrganadi, innovatsiya faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 2018-yil 1-yanvardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi hamda uning Ijro etuvchi direksiyasi tugatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, ushbu bandda koʻrsatilgan tugatilayotgan idora va muassasalarning boʻshayotgan shtat birliklari Vazirlikka oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tugatilayotgan idora va muassasalarning xodimlarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Fanlar akademiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tanqidiy oʻrganishni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati, uning natijalarini amaliyotga joriy etish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha texnoparklarni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalarining vazifa va funksiyalarini ular faoliyatida bir-birini takrorlashning oldini olish maqsadida tashkiliy-shtat tuzilmalari va vakolatlarini optimallashtirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish boʻyicha tanqidiy oʻrganishni va takliflar kiritishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Farmonning 6-bandida koʻrsatilgan idoralar va muassasalar tugatilishi bilan bogʻliq tadbirlarni tashkillashtirish, shuningdek, Vazirlikni joylashtirish, shu jumladan tugatilayotgan idoralar va muassasalarning binolari va moddiy-texnika bazasini oʻtkazish orqali uning moddiy-texnika bazasini tashkil etish, ishni samarali tashkil qilish uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikasi, aloqa vositalari bilan jihozlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini Jamgʻarma hisobiga oʻtkazishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikni yuqori malakali kadrlar bilan, shu jumladan tugatilayotgan idoralar va muassasalarning xodimlari hisobidan toʻldirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qoʻllab-quvvatlash shakllarini, shuningdek, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni ham belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi va “Fan toʻgʻrisida”gi qonunlari loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy laboratoriyalarni jihozlash, olim va mutaxassislarning xorijda amaliyot oʻtashini tashkil etish uchun kredit va grantlarni jalb qilish boʻyicha xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan tizimli ishlarni olib borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 29-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5264-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5264/0339-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)