30.11.2017 yildagi PQ-3416-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5264-son Farmonini ijro etish yuzasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 82 nafardan iborat markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining tarkibi 5-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan Vazirlik xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori malakali chet el mutaxassislarini ishga qabul qilish, shuningdek, ularga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari boʻyicha — bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik huquq va majburiyatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma huquq va majburiyatlar boʻyicha tugatilayotgan Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, shuningdek, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Vazirlik buyurtmalari boʻyicha yuklatilgan vazifalar doirasida jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga kirish vizalarini rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmalari boʻyicha yuklatilgan vazifalar doirasida jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni vaqtincha propiska qilish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish hamda ularning uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlikning buyurtmalari boʻyicha yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun respublikaga chet el mutaxassislarini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Vazirlikni zarur aloqa vositalari, jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarma quyidagilardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari barcha turdagi soliq va toʻlovlar, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi Vazirlik faoliyati ommaviy axborot vositalarida tizimli ravishda keng yoritilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 30-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3416-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi PQ-3674-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2018-y., 07/18/3674/1088-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy apparatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 82 birlik.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirish, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari boʻyicha — bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlikning rasmiy nomlanishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat tilida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, qisqartmasi — Innovatsiya vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) rus tilida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq nomi — Ministerstvo innovatsionnogo razvitiya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Mininnovatsii;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ingliz tilida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq nomi — Ministry of innovational development of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — Innovation ministry.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markaziy apparat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-texnik axborot markazi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgʻor texnologiyalar markazi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi PQ-3674-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2018-y., 07/18/3674/1088-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnik kengashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet ellik maslahatchilar guruhi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nashriyot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhr, mustaqil balans, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari, bank hisob raqamlari, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Vazirlik va uning markaziy apparati vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini taʼminlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilgʻor texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tez oʻzgaruvchan jahon konyunkturasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini taʼminlash boʻyicha strategik va oldindan rejalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni taʼminlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini taʼminlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilgʻor texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish, davlat va jamiyat boshqaruvini rivojlantirishga koʻmaklashish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarining hududlardagi dolzarb muammolarni hal etish boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan oʻzaro hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoat nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning ishlab chiqilishini tashkil etadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini targʻib qilish va amaliy foydalanish mexanizmlarini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnikaviy loyihalar, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ekspertizasini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarida innovatsion faoliyatni uning samaradorlik indikatorlari asosida oʻrganish va holatini baholashni amalga oshiradi, mazkur sohani takomillashtirish boʻyicha takliflarni yigʻadi va umumlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash va oʻrganish natijalari asosida ilgʻor texnologiyalarni birinchi darajada joriy etishni talab qiladigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion jarayonni amalga oshirishning eng maqbul variantini tizimlashtiradi, aniq vaziyatlar uchun optimal boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tez oʻzgaruvchan jahon konyunkturasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini taʼminlash boʻyicha strategik va oldindan rejalashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlarining, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda barqaror faoliyat koʻrsatishi, iqtisodiyotda investitsiya faoliyatini hisobga olgan holda chuqur tarkibiy oʻzgartirish, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqishga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyot tarmoqlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini kengaytirish hamda safarbar qilish, shuningdek, milliy brendlarni targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, shu jumladan biznesni yuritishga qulay shart-sharoitlarni yaratish va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish orqali rivojlantirishga oid uzoq muddatli dasturlarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qila oladigan ilmiy, loyiha va ilmiy-texnologik tashkilotlari tizimini rivojlantirish, shuningdek, istiqbolda ilmiy-texnik salohiyatni shakllantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar innovatsion faoliyati koʻlamini kengaytirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, qoloq tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasida tabaqalashuvni qisqartirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan oʻzaro hamkorlikda moliya, pul-kredit siyosatini takomillashtirish, milliy valyutani mustahkamlash, valyutani tartibga solishning ilgʻor bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, sanoat zonalari, logistika xablarini yaratish va amaldagilarining samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shuningdek, respublikaning innovatsion salohiyatini oshirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotni ragʻbatlantirish va xususiy investitsiyalarni birinchi navbatda infratuzilma obyektlari hamda resurs sarfi yuqori boʻlgan tarmoqlarga jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni ifloslantirish darajasini kamaytiradigan ekologik toza texnologiyalarni qoʻllagan holda ishlab chiqarish qobiliyatini oshirishni nazarda tutuvchi “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
makroiqtisodiy, soliq-budjet, pul-kredit parametrlari, shuningdek, integratsiya jarayonlarining taʼsirini baholash bilan oʻzaro bogʻliqlikda iqtisodiyot tarmoqlarini oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish ssenariylarini shakllantirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga va uning tuzilmasini tubdan oʻzgartirishga, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga uning sifatini va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni taʼminlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi farovonligini oshirish, kam taʼminlangan oilalar sonini va daromadlarning tabaqalashuvini qisqartirish maqsadida fuqarolarning real daromadlarini tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bandligini, shu jumladan investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar mablagʻlarini jalb qilish hisobiga oshirishning ilgʻor metodlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda uzluksiz taʼlim, ayniqsa muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash sohasidagi tizimni tubdan takomillashtirish, taʼlim xizmatlarining hammabopligi va sifatini hamda texnik yoʻnalishdagi mutaxassislikning nufuzini oshirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga ilmiy, ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarning natijalarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xavfsiz shahar”, “Aqlli shahar” konsepsiyalarini joriy etishni, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratadigan madaniy, sport va boshqa obyektlarni tashkil qilishni ham nazarda tutuvchi ilgʻor standartlarni hisobga olgan holda faqat bosh rejalar, rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq izchil shaharsozlikni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy transport infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatning transport tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, mamlakatning xalqaro transport magistrallariga koʻp variantli chiqishini taʼminlaydigan yangi transport yoʻllarini yaratish, mavjudlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida turli sohalarga innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish va foydalanishga qaratilgan konsalting xizmatlari sohasini yaratish va rivojlantirish imkonini yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori texnologiyali tarmoqlarning mahalliy xom ashyo resurslari negizida xom ashyodan tayyor mahsulot darajasigacha qayta ishlashni chuqurlashtirishga moʻljallangan faol agrosanoat siyosatining zarur mexanizmlarini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarilishini kengaytirish, shuningdek, uning aholi uchun maksimal hammabopligi va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash boʻyicha dasturlarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xoʻjaligi” konsepsiyasiga asoslangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agrar sektorda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, ustuvor qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini jiddiy oshirish va qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy koʻrsatkichlarini yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkonini beruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining savdo bozorlari va ularni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni kengaytirish, ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan oʻqitishning zamonaviy va interfaol metodlarini joriy etish orqali targʻib qiladi, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion oʻquv dasturlarini ishlab chiqishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“inson kapitali”ning sifat darajasini oshirish, respublikaning intellektual mahsulotlar va xizmatlarning jahon bozorida ishtirokini kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash tizimini jahon standartlarini hisobga olgan holda, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va masofadan profilaktika qilish, shuningdek, aholining uzoq umr koʻrishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish hamda kasallik va oʻlim koʻrsatkichlarini pasaytirishni taʼminlaydigan ilgʻor texnologiyalar, “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” konsepsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta ishlash, biologik landshaft xilma-xilligini saqlashning strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga innovatsiyalarni, shu jumladan ekologik toza texnologiyalardan foydalanish va ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni takomillashtirish orqali joriy etish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inson hayotida ekologik qulay sharoitlar va respublika hududini atrof- muhitning transchegaraviy ifloslanishidan himoya qilish tizimini yaratish masalalarini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslar, suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona foydalanishning zamonaviy shakllaridan samarali foydalanish va qayta ishlashning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitning ifloslanishi, atmosfera havosiga zararli moddalarni chiqarish, suv obyektlariga oqova suvlarni chiqarish darajasini kamaytirishga qaratilgan innovatsion texnologik yechimlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil energiya manbalari, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish, ekologik toza avtotransport yoqilgʻisi, chang va gaz tozalovchi texnologiyalarni ishlab chiqish boʻyicha innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning amaliy tatbiq etilishini qoʻllab-quvvatlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy va sanoat chiqindilarini, shu jumladan energiya va biooʻgʻitlar ishlab chiqarish uchun qayta ishlashning yuqori texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartiradi, ishlab chiqarishga energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini tasdiqlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlarini hisobga olgan holda fan va texnologiya rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish mexanizmlarining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion tadqiqotlar, gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ragʻbatlantirish, shuningdek, istiqbolli fundamental va amaliy tadqiqotlar va novatorlik gʻoyalarni, shu jumladan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali ishlab chiqishning samarali tizimini yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnik salohiyatni oqilona joylashtirish va samarali foydalanish, iqtisodiyotni rivojlantirishga fan va texnologiyalarning hissasini oshirishga yoʻnaltirilgan fanni yanada rivojlantirish sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonni innovatsion texnologiyalarni yaratish va innovatsion kompaniyalarni jalb qilish markaziga aylantirish imkonini beruvchi shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini ragʻbatlantirish, koʻrgazma tadbirlarini tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro manfaatli yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun davlat tomonidan imtiyoz va preferensiyalar ajratish orqali mazkur ishlarni qoʻllab-quvvatlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish boʻyicha taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yoʻnaltirilgan tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, ularning moddiy-texnika va ilmiy salohiyatini mustahkamlashga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion texnologiyalar, biznes-inkubatorlar, startap-akseleratorlarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish boʻyicha zamonaviy ilmiy-texnologik komplekslarni yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini jalb qilish orqali yaratadi, shuningdek, IT-infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning har yilgi respublika yarmarkalarini tashkil qiladi va oʻtkazadi, shuningdek ular doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini monitoring qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik rivojlanishning uzoq muddatli ehtiyojlari va tendensiyalarini hisobga olgan holda zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, shu jumladan yangi avlod transport vositalari, robot texnikalari va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar turlarini mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish borasida tashabbus qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan yaratilgan intellektual mulk obyektlarini keyinchalik xalqaro litsenziyalash maqsadida baholashga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirish, yaratilayotgan innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash va investitsiya qilishni taʼminlash hamda ularni yangi mahsulot va xizmatlarga aylantirish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni taʼminlash hamda uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan texnologiyalarni yaratish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni joriy etish va ulardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash, oʻsib kelayotgan novatorlar avlodi uchun sharoitlar yaratish, taʼlim muassasalarida innovatsion dasturlarni joriy etish borasida imkoniyatlarni yaratish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori texnologiyali innovatsion parklarni tashkil etish va ularda keng koʻlamli innovatsion loyihalarni amalga oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb etish, ilmiy hajmdor ishlab chiqarishlarni tashkil etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va ularning jahon axborot tarmogʻiga integratsiya qilish, respublikaning innovatsion rivojlangan davlat sifatida nufuzini mustahkamlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koinot va sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarini oʻrganish bilan bogʻliq tadqiqotlar sohasida respublika salohiyatini oshirishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarining bajarilishi, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishni tizimli monitoring qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan patent va boshqa hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va jadallashtirish imkonini beruvchi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el investitsiyalari, grantlar, xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari, ilmiy jamgʻarmalar vakillari bilan muzokaralar olib borilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlik sohasida chet ellik sheriklar bilan shartnomalar tuzishni muvofiqlashtiradi va taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun chet el investitsiyalari va grantlarini jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari, ilmiy jamgʻarmalar vakillari bilan muzokaralar olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy innovatsion mahsulotlarni jahon bozorlarida ilgari surish imkonini beruvchi ilmiy ishlanmalarni xalqaro litsenziyalash tamoyillari va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi, shuningdek, xalqaro litsenziyadan royaltini olish mexanizmlari va hajmlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy innovatsion ishlanmalarga intellektual mulk huquqini tasdiqlovchi xalqaro patentlar, mualliflik guvohnomalari yoki boshqa hujjatlarni olish imkonini yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadqiqotlarni jahon darajasida oʻtkazish, texnologiyalarni transfer qilish sohasida qonun hujjatlarini birxillashtirish va uygʻunlashtirish, shuningdek, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun yuqori malakali olimlar va mutaxassislarni jalb qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifasi tarkibiy tuzilmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlik markaziy apparati yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy-nazorat va axborot-tahliliy taʼminlashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibiy tuzilmalarning uygʻun faoliyatini, shuningdek, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarish doirasida idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibiy tuzilmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati ustidan, shu jumladan ular tomonidan qonun hujjatlari, idoraviy hamda idoralararo normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan rahbarlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi, shuningdek, nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
topshiriqlar, qonun hujjatlarini ijro etishda, shuningdek, shaxsiy tashabbusi bilan Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan tezkor, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik va boshqa masalalarni hal etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi ishlar holatini oʻrganish, innovatsion faoliyatni takomillashtirish boʻyicha takliflarni toʻplash hamda umumlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion faoliyatni uning samaradorlik indikatorlari asosida baholash, ilgʻor texnologiyalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi tegishli tarmoq va sohalar rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha davlat boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ulardan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-iqtisodiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish borasida ilmiy-texnik xizmatlar koʻrsatishga davlat topshiriqlarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va texnologiyalar natijalarini tijoratlashtirish, shuningdek, texnologiyalarni transfer qilishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur axborotlarni bepul asosda davlat statistika organlaridan olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik, uning tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar bajarilishi va belgilangan indikatorlarga erishishni hisobga olgan holda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va tashkilotlariga kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnika va innovatsion loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiradigan muammolarni hal qilish uchun yetakchi olimlar hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat idoralararo ilmiy-texnik, innovatsion kengashlar, shuningdek, fan va texnologiyalar rivojlanishining muhim yoʻnalishlari boʻyicha ekspert guruhlarini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy hamda oʻquv markazlari, maslahat va axborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarni belgilangan tartibda tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari hamda loyihalari buyurtmalarining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni hisobga olgan holda tarmoq hamda hududlarni rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda tasdiqlashga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion rivojlanish sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar oʻtkazish boʻyicha ushbu ishlarni bajarishga davlat buyurtmasiga muvofiq loyihalarni tanlash uchun tanlovlar eʼlon qilish hamda tanlov komissiyalari tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy va innovatsion tadqiqotlarga davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot hamda axborot-tahlil muassasalari xodimlarini, taʼlim muassasalari, shu jumladan xorijiy taʼlim muassasalari olimlari va oʻqituvchilarini milliy ekspertlar sifatida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar respublika yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazish, shuningdek, ular doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishini monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning tegishli tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar, ilmiy laboratoriyalar hamda institutlar bilan hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik, uning tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi hamda ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy, ilmiy-texnik tadqiqotlarga yoʻnaltiriladigan budjet moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda belgilangan tartibda yigʻilishlar chaqirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning lozim darajada hamda samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatining amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli sohada faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar va belgilangan indikatorlarga erishishning soʻzsiz taʼminlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy etilayotgan innovatsiyalar, gʻoyalar va texnologiyalarning, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident devoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hamda vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining amalga oshirilishi sifati, yakuniy natijalari hamda oqibatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli sohani rivojlantirish hamda hududlarning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda himoya qilinishi uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining (keyingi oʻrinlarda vazir deb yuritiladi) asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda chora-tadbirlarning ijro etilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xizmatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, ayrim yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlarini ijro etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy masʼuliyat darajasini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarini tashkil qilish va ijro etish monitoringi taʼsirchan tizimini tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek, idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlarining topshiriqlarni oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etishi ustidan shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda chora-tadbirlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular qonun hujjatlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikning qonun loyihalarini sifatli tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosarlari va idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va uning idoraviy mansubligidagi boʻlinmalari xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻli bilan ular sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Vazirlik va uning idoraviy mansubligidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda, shu jumladan “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Vazirlik xodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

15. Quyidagilar vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan Vazirlikning idoraviy mansub boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda chora-tadbirlarning ijro etilishi jarayonini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish, boʻlinmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlash, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek, ular rahbarlarining topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha vazirga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, layoqatliligi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda tadbirlar sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik vazir tomonidan koʻrib chiqish va imzolash (viza qoʻyish), ular qonunchilik talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik faoliyat sohasiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻli bilan ular sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirga davlat xizmatlari koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida qonunchilik talablariga muvofiq faol ishtirok etishni, jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlari oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalari boshliqlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmalarning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, mazkur boʻlinmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini tizimli tahlil qilish hamda boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, boʻlinmalar xodimlari tomonidan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik hayʼati qarorlari, vazir va uning oʻrinbosarlari buyruq hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmalarning har choraklik ish rejalarini ishlab chiqishni taʼminlash, ularni tasdiqlashga kiritish, unda koʻrsatilgan vazifa va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda vazir oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajriba, yuksak darajada ishlash xususiyatlari va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va chora-tadbirlarni sifatli ishlab chiqishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun oʻrganish va viza qoʻyish, ularning qonun hujjatlari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Vazirlik rahbariyatining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinma xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlarining samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanishni taʼminlashga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonun hujjatlariga muvofiq ularning ishida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vazir mazkur Nizomga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarilishining toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi, shuningdek, oʻz funksional vazifalarining bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik huquqlarining samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vazir oʻrinbosarlari mazkur Nizomga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan Vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlarda Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning lozim darajada bajarilishi, shuningdek, oʻz funksional vazifalarining bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutasaddilik qiladigan Vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlari orqali Vazirlik huquqlarining samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Markaziy apparat boʻlinmalarining rahbarlari tegishli boʻlinmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning soʻzsiz va lozim darajada bajarilishi, shuningdek, oʻz funksional vazifalarining bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Vazirlik rahbariyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Vazir oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzosi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan toʻrt nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Vazirlik markaziy apparat xodimlari, idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Idoraviy mansub tashkilotlar haqidagi nizomlar vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining unga idoraviy mansub boʻlinmalar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash markaziy apparat boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Vazirlikning markaziy apparat boʻlinmalari idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzining faoliyat yoʻnalishi boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy mansub tashkilotlarga topshiriqlarni yetkazadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlinmalarning bevosita faoliyatiga oid masalalar boʻyicha Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlariga soʻrovnomalar yuboradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monitoring, oʻrganishlar, zaruriyat tugʻilganda, oʻz vakolati doirasida tekshirishlar oʻtkazadi, Vazirlikning idoraviy mansub boʻlinmalari faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va natijalari haqidagi hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa maʼlumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlaridan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va tadbirlarni sifatli ishlab chiqishda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Vazirlikning idoraviy mansub boʻlinmalari Vazirlikning markaziy apparati boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik topshiriqlarining ijrosi toʻgʻrisida axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biriktirilgan sohadagi qonunchilik ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularning faoliyatini monitoring, oʻrganish va tekshirish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va qonunbuzilishlarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining ish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni, shuningdek, mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar tomonidan oʻzining faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Vazirlikning markaziy apparati boʻlinmalari va uning idoraviy mansub boʻlinmalarining oʻzaro hamkorlik jarayonida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vazirning topshirigʻi boʻyicha uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar mazkur muhokamadan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmagan taqdirda, ular boʻyicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Vazirlikning hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ ekspert organlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi vazir taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizom bilan belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik faoliyatining sohalari boʻyicha dasturlarning bajarilishi natijadorligini muntazam ravishda, lekin har chorakda kamida bir marta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik faoliyatiga oid masalalarni joyida muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Hayʼat qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Vazirlikda tarkibi va nizomlari vazir tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy-texnik kengash, konsultativ va ekspert guruhlari tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Vazirlikning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Vazirlikning samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubiyoti qonun hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ilmiy-texnik axborot markazi, shuningdek, Vazirlik nashriyotini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash ularning xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlarini inobatga olgan holda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Vazirlik xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari mehnatga haq toʻlash fondi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Vazirlikning hisobdorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlikning faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Vazirlik rahbarlari faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qiladi, Vazirlik faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
4-ILOVA

Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni — 5 ta birlik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
5-ILOVA

Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

1.

Abduraxmonov I.Yu.

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, Kuzatuv kengashi raisi

2.

Azizov U.U.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari

3.

Kuchkarov J.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

4.

Mirzayev Z.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

5.

Lavozimga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

6.

Xodjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

7.

Madjidov I.U.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

8.

Inoyatov U.I.

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

9.

Shin A.V.

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

10.

Shadmanov A.K.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

11.

Shermatov Sh.X.

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

12.

Zakirov B.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura
va qurilish qoʻmitasi raisi

13.

Kuchkarov B.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

14.

Karimov A.M.

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi

15.

Yuldashev B.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

16.

lavozimga koʻra

Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PF-5457-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan milliy va xorijiy valyutadagi depozit hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga patent bojlari, yigʻimlar va soliq toifasiga kirmaydigan boshqa toʻlovlardan kelib tushgan valyuta mablagʻlarining 90 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslarning homiylik mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining valyuta mablagʻlari Agentlik tomonidan Jamgʻarmaning hisob raqamlariga har oyda valyutaning har bir turi boʻyicha alohida hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga kelib tushadigan boshqa mablagʻlar tegishli hisob raqamlarga valyutaning har bir turi boʻyicha alohida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarmaga mablagʻlar kelib tushishining toʻliqligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) va Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini taʼminlashga, innovatsion mahsulotlarni chiqarishni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan ilgʻor ilmiy tadqiqot va izlanish ishlarini olib borish uchun tanlov asosida mutlaqo yangi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni transfer qilish maqsadida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqini (patentlarni) baholash, shuningdek, xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va koʻllab-quvvatlash xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlash hamda zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanishini taʼminlash, shuningdek, xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash boʻyicha xarajatlarni qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini oʻzlashtirishi uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologiyalarni transfer qilish sohasida tadqiqotlar oʻtkazish, qonunchilikni birxillashtirish va uygʻunlashtirish, shuningdek, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) asosida jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnik taʼminlash;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik Ilmiy-texnik axborot markazi, nashriyoti, shuningdek, Vazirlik qarori bilan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy hamda oʻquv markazlari, maslahat va axborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarning xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlarini hisobga olgan holda ularni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarni, shu jumladan innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning har yillik yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarma tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilmagan tadbirlarni moliyalashtirish Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamgʻarmaning daromad va xarajatlar smetasi Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarmadan pul mablagʻlarini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi, shuningdek, Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qoʻshimcha jihozlash, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi buyumlar bilan taʼminlash boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov asosida saralash, shuningdek, yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini oʻzlashtirishga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov asosida saralash yakunlari. Bunda Jamgʻarma Kuzatuv kengashi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining asoslantirilgan takliflari boʻyicha tanlov oʻtkazmasdan turib qaror chiqarish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlari (patentlari)ga huquqlarni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash uchun ularning roʻyxatini, shuningdek, erkin foydalanishni taʼminlash xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadigan yetakchi xorijiy elektron ilmiy maʼlumotlar bazalari roʻyxatini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda Jamgʻarma xarajatlar smetasini tasdiqlash boʻyicha Kuzatuv kengashining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qoʻshimcha jihozlash, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi buyumlar bilan taʼminlash boʻyicha xaridlarni tashkil etish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi, Vazirlik va buyurtmanoma bergan ilmiy-tadqiqot muassasasi (oliy taʼlim muassasasi) oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik xorijiy yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni belgilangan tartibda tanlash asosida ular bilan tovar yetkazib berishga (shu jumladan zarurat boʻlganda, tovarni ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasiga yetkazib berish, ishga tushirish-sozlash va boshqa oʻziga xos ishlarni amalga oshirishga) tegishli kontraktlarni tuzadi, shuningdek, xorijiy valyutada moliyalashtirishni ochish uchun Jamgʻarmaga buyurtmanoma beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikdan tovarni qabul qilib olish buyurtmanomani bergan tegishli ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasi tomonidan bepul asosda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tovar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasiga Vazirlik tomonidan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bepul asosda olingan ilmiy asbob-uskuna, sarflash materiallari va butlovchi buyumlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼuliyat tegishli ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagi xarajatlarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanishini taʼminlash boʻyicha xarajatlarni toʻlash Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi va maʼlumotlar bazasining egasi boʻlgan muassasa oʻrtasida tegishli maʼlumotlar bazasiga obuna boʻlish haqida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari boʻyicha xarajatlarni toʻlash Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi, Vazirlik, xodimi yosh olim hisoblanadigan ilmiy-tadqiqot muassasasi (oliy taʼlim muassasasi) hamda yetakchi xorijiy ilmiy tashkilot oʻrtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadigan ilmiy stajirovka shartlari, talablari va muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasi va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) oʻrtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Jamgʻarmani boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kuzatuv kengashining aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi zaruratga qarab har chorakda kamida bir marta majlis oʻtkazadi. Zarur hollarda, Jamgʻarma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarori ishtirok etuvchi aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozi parametrlarini, shuningdek, Jamgʻarmaga tushgan va sarflangan mablagʻlar boʻyicha hisobotni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qoʻshimcha jihozlash boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish tartibini, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlashni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini oʻzlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlikning takliflari asosida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga (patentlarga) boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ularning roʻyxatini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy elektron ilmiy maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun talab etiladigan xarajatlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplashni nazarda tutgan holda Vazirlik takliflari asosida maʼlumotlar bazasi roʻyxatini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasining shtat jadvalini va uni taʼminlash uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilishda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarini jalb qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma daromadlarini toʻliq shakllantirish hamda mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan Jamgʻarma faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga, shu jumladan mablagʻlarning toʻplanishi va sarflanishiga rahbarlik Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlar ajratishga kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha maʼlumotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda moliyalashtirishni toʻxtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular boʻyicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisining roziligi bilan boʻsh mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy valyutada depozitlarga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi ruxsati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, qishloq va suv xoʻjaligi, taʼlim, ilm-fan, sogʻliqni saqlashni rivojlantirish sohalaridagi investitsiya loyihalari boʻyicha moliyalashtiruvchi taraf, shuningdek, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi tushumlar yuzasidan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmadan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qoʻshimcha mablagʻlarni ajratish boʻyicha kelib tushgan buyurtmalarni toʻplash, ularni umumlashtirish va Jamgʻarma Kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq har yili Jamgʻarma faoliyatining auditorlik tekshiruvini oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida hisobot eʼlon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qarorlarini oʻz vaqtida ijro etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qarorlarini Vazirlikka yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlarning foydalanilishini monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarining kelib tushishi va undan foydalanilishi boʻyicha hisobotlarni Kuzatuv kengashiga taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ijro etuvchi direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga, shuningdek, har yili Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga hisobotlar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ijro etuvchi direksiyaning taʼminoti Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish (ustama, qoʻshimcha haq, oylik mukofotlar) Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalar bajarilishi, shu jumladan uning mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik bilan kelishgan holda Jamgʻarma xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamgʻarma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shtatlar jadvalini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma taʼminotining xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma nomidan daʼvolar taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarining jamlanishi va sarflanishi masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizom va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Jamgʻarma mablagʻlarining kelib tushishi va undan foydalanilishining buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, hisobotlarni tuzish Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq har yili Jamgʻarma faoliyatining auditorlik tekshiruvini oʻtkazadi va ommaviy axborot vositalarida hisobot eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Jamgʻarma mablagʻlaridan Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq maqsadli foydalanilishi uchun masʼuliyat Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Jamgʻarmani tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 07/17/3416/0338-son; 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 20.04.2018-y., 07/18/3674/1088-son; 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 31.08.2019-y., 07/19/4433/3673-son; 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)