23.11.2017 yildagi 940-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosini taʼminlash, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shahar hokimliklari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha doimiy hamkorlik oʻrnatsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va uning natijalariga koʻra aniqlangan muammolarni hal qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tizimli ravishda olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir taʼsirchan ishlarni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 23-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
940-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 940-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirokini taʼminlash.

Muntazam ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, vazirliklar va idoralar

2.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ularni tayyorlashda ishtirok etish.

Muntazam ravishda

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, kommunal sohadagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish.

Muntazam ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

4.

Ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish.

Muntazam ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

5.

Tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish.

Muntazam ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

6.

Dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻrishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish.

Muntazam ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

7.

Hududlarda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida profilaktika qilish hamda ularning barvaqt oldini olish boʻyicha taʼsirchan ishlarni tashkil etishda tuman (shahar)lardagi sektor rahbarlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligini tashkil etish.

Muntazam ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

8.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazlari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan manfaatdor tashkilotlar bilan chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2017-yil
dekabr

Respublika mahallalar kengashi,
Iqtisodiyot vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,
Adliya vazirligi,
tegishli vazirlik va idoralar

9.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida fuqarolar yigʻini raisi, keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlar, hududdagi muassasalar rahbarlari hamda profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)da hisobot berish tizimi monitoringini olib borish.

Har chorakda

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

10.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tashkil qilingan Fuqarolar yigʻinining:

tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari;

ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;

ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;

voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari;

maʼrifat va maʼnaviyat masalalari;

jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish;

yarashtirish;

xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyalar raislarining fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi)da hisobot berish tizimi monitoringini olib borish.

Har chorakda

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalarini tuman (shahar), viloyat hamda respublika kengashlari yigʻilishlarida muntazam ravishda muhokama qilish tizimini joriy etish.

Har oyda

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

12.

Fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish, respublikada yagona elektron hududiy baza tarmogʻini yaratish, unda hududidagi aholi va oilalar soni, ularning moddiy holati va boshqa zarur maʼlumotlarni jamlash hamda idoralararo elektron axborot almashuvi tizimini toʻliq joriy etish maqsadida fuqarolar yigʻinlarini internet tarmoqlari bilan jihozlash boʻyicha 2018-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish.

2017-yil dekabr

Respublika mahallalar kengashi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Moliya vazirligi

13.

Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish hamda aniqlangan muammolarning mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini izchil amalga oshirish.

Muntazam ravishda

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

14.

Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilib borishni samarali tashkil etish.

Har chorakda

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/940/0321-son, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son; 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)