1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ekspertizadan oʻtkazish hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 22-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
937-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida (keyingi oʻrinda OAK deb ataladi) ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. OAK ekspert kengashlarining shakllantirilishi va faoliyati tartibi qonunchilik tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. OAK ekspert kengashlari raislari, ilmiy kotiblari va ekspertlarining ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish uchun mehnatiga haq toʻlash OAK tomonidan, har yili “Fan” sohasi boʻyicha joriy xarajatlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. OAK ekspert kengashlari raislari, ilmiy kotiblari va ekspertlarining ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish uchun mehnatiga haq toʻlash qonunchilikka muvofiq, ular tomonidan OAK bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. OAK ekspert kengashlari raislari, ilmiy kotiblari va ekspertlarining ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish uchun mehnatiga haq toʻlash tartibi va miqdorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. OAK ekspert kengashlari aʼzolarining ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish uchun mehnatiga haq toʻlash soatbay shartlarda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspert kengashi raisi va ilmiy kotibiga — ekspert kengashining har bir oʻtkazilgan majlisi uchun, amalda uni oʻtkazish uchun sarflangan vaqtdan kelib chiqqan holda, biroq har bir majlis uchun 5 soatdan koʻp emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspertlarga — fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiyani ekspertizadan oʻtkazish uchun 8 soat hamda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiyani ekspertizadan oʻtkazish uchun 5 soat hisobidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. OAK ekspert kengashlari majlislarini oʻtkazish jadvali OAK bosh ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ilmiy daraja olish yuzasidan bir dissertatsiya ekspertizasi ekspert kengashi raisi tayinlaydigan bir ekspert tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy daraja olish yuzasidan dissertatsiyani ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha bahsli vaziyatlar vujudga kelganda, ekspert kengashi raisi tomonidan OAK raisi bilan kelishilgan holda mazkur dissertatsiyani boshqa ekspert tomonidan takroran ekspertizadan oʻtkazish tayinlanib, uning mehnati uchun haq toʻlash ushbu Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. OAK ekspert kengashi raisi, ilmiy kotibi va ekspertlarining ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish uchun mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdori rahbar kadrlar va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari (kurslari) tinglovchilariga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazadigan shaxslar uchun toʻlanishi nazarda tutilgan soatbay ish haqi miqdoriga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. OAK ekspert kengashlari raisi, ilmiy kotibi va ekspertlari mehnatiga toʻlanadigan ish haqi miqdorini belgilash maqsadida ularning ekspert kengashi majlislarida hamda ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarni ekspertizadan oʻtkazishdagi ish vaqtini hisobga olish OAK masʼul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Chet el fuqarolari tomonidan ilmiy darajalar olish yuzasidan xorijda bajarilgan dissertatsiyalar ekspertizasi toʻlov asosida OAK ekspert kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari tomonidan ilmiy darajalar olish yuzasidan xorijda bajarilgan dissertatsiyalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov miqdori OAK tomonidan amaldagi sarf-xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov chet el fuqarosi tomonidan OAKning budjetdan tashqari gʻaznachilik hisob raqamiga belgilangan tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari tomonidan ilmiy darajalar olish yuzasidan xorijda bajarilgan dissertatsiyalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun OAK ekspert kengashi raisi, ilmiy kotibi va ekspertlari mehnatiga haq toʻlash kirim qilingan toʻlov hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish va dissertatsiyalar mavzularini chop etish uchun sarf-xarajatlarni toʻlash tartibi va miqdorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. OAKda ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza oʻtkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiyalar mavzularini eʼlon qilish uchun sarf-xarajatlarni toʻlash quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki dissertatsiya bajarilgan tashkilot va muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutida oʻqish davrida qabul qilingan taqdirda;

talabgorning oʻz mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutida oʻqish muddati tugaganidan soʻng qabul qilingan taqdirda.

OAKda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiyada plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza oʻtkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OAKda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiyada plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza oʻtkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiyalar mavzularini eʼlon qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OAKda ilmiy darajalar olish uchun dissertatsiyalarda plagiatni aniqlash yuzasidan elektron ekspertiza oʻtkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiyalar mavzularini eʼlon qilish uchun toʻlov OAKning budjetdan tashqari gʻaznachilik hisob raqamiga belgilangan tartibda kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. OAK ekspert kengashlari aʼzolari mehnati uchun ish haqi miqdori, ular bajargan ish hajmidan kelib chiqib, toʻgʻri va asosli belgilanishi yuzasidan masʼuliyat OAK ekspert kengashlari raislari va masʼul xodimlari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar quyidagilardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini chop etish va yuborish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa shaharlik opponentlarning yoʻlkira, yashash xarajatlari va sutkalik pullarini toʻlash uchun sarf-xarajatlarni qoplash uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar himoyasini stenografiya qilish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlash quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki dissertatsiya bajarilgan tashkilot va muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutida oʻqish davrida qabul qilingan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorning oʻz mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, — dissertatsiya ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tomonidan talabgor oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutida oʻqish muddati tugaganidan soʻng qabul qilingan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik hamda boshqa shaharlik opponentlarning yoʻlkira, yashash xarajatlari va sutkalik toʻlovlari uchun sarf-xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlar, kelgusida ushbu xarajatlar toʻlanishi uchun, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasaning budjetdan tashqari gʻaznachilik hisob raqamiga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlarni tayinlash tartibi, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish uchun opponentlarning mehnatiga ish haqi toʻlash soatbay asosda quyidagi hisobda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir opponent uchun 8 soatdan — fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish yuzasidan bir dissertatsiyaga opponentlik qilish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir opponent uchun 6 soatdan — falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan bir dissertatsiyaga opponentlik qilish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish uchun opponentlarning mehnatiga soatbay haq toʻlash miqdori, rahbar kadrlar va mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha taʼlim muassasalari (kurslari) tinglovchilariga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazadigan shaxslar uchun toʻlanishi nazarda tutilgan soatbay ish haqi miqdoriga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalarga opponentlik qilish uchun opponentlarning mehnatiga soatbay haq toʻlash, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan, tuzilgan mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini chop etish va yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini tayyorlash tartibi, avtoreferatlarning talab qilingan nusxalari miqdori, shuningdek, ular yuboriladigan muassasalar va tashkilotlar roʻyxati, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini chop etish nashr etuvchi tashkilotlar tomonidan ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar talabnomalari asosida, ushbu tashkilotlarda belgilangan narxlar (tariflar) boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini yuborish, pochta xizmati boʻlinmalari tomonidan ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar talabnomalari asosida, ushbu pochta xizmati boʻlinmalarida belgilangan narxlar (tariflar) boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar avtoreferatlarini chop etish va yuborish uchun sarf-xarajatlarni toʻlash, mablagʻlarni belgilangan tartibda bevosita tegishli nashriyot muassasalari va pochta xizmati boʻlinmalariga oʻtkazish (kirim qilish) orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Boshqa shaharlik (xorijlik) opponentlarning yoʻlkira, yashash xarajatlari va sutkalik toʻlovlari uchun sarf-xarajatlarni qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy daraja olish yuzasidan dissertatsiya himoyasi boʻyicha rasmiy opponent sifatida boshqa shaharlik yoki xorijlik mutaxassis olimni, uning roziligi bilan, belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar boʻyicha boshqa shaharlik (xorijlik) opponentlarga, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan, dissertatsiya himoyasini oʻtkazish joyiga bir martalik kelib-ketish, yashash joyi ijarasi (uch kun muddatgacha) xarajatlari qoplanadi, shuningdek, sutkalik pullar (uch kun muddatgacha) toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda boshqa shaharlik opponentlarga, ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar boʻyicha opponentlik qilish davrida, ularning asosiy ish joyidan,xizmat safari xarajatlari qoplanmasdan, belgilangan tartibda xizmat safari guvohnomasi beriladi hamda oʻrtacha ish haqi (uch kun muddatgacha) saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar boʻyicha boshqa shaharlik opponentlarga, yoʻl xarajatlari, yashash joyi ijarasi uchun xarajatlarni qoplash, shuningdek, sutkalik pullarni toʻlash, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida, respublika hududida xizmat safarlari uchun belgilangan tartib va miqdorda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xorijlik opponentga, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasa tomonidan, yoʻl xarajatlari, yashash joyi ijarasi uchun xarajatlarni qoplash, shuningdek, sutkalik pullarni toʻlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, muassasa va xorijlik opponent oʻrtasidagi shartnomalarda belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ilmiy darajalar olish yuzasidan dissertatsiyalar himoyasini stenografiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashning dissertatsiya himoyasi boʻyicha majlisini oʻtkazishda majlis jarayoni stenografiya qilinib, majlis stenogrammasi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ilmiy darajalarga talabgorlik dissertatsiyasi boʻyicha himoyani stenografiya qilish maxsus tashkilotlar tomonidan ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar talabnomalari asosida, ushbu tashkilotlarda belgilangan narxlar (tariflar) boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ilmiy darajalarga talabgorlik dissertatsiyasi boʻyicha himoyani stenografiya qilish uchun xarajatlarni toʻlash mablagʻlarni belgilangan tartibda bevosita tegishli,stenografiya xizmatlarini koʻrsatgan tashkilotlarga oʻtkazish (kirim qilish) orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarda dissertatsiyalarni himoya qilish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplash uchun, huzurida tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyat yuritayotgan muassasalarga kelib tushayotgan mablagʻlarni hisobga olish va hisobotlarni yuritish mazkur muassasalar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ushbu Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida 1992-yil 9-sentabrdagi 421-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., № 9, 28-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1, 2 va 4-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha — vazirga, bosh ilmiy kotib — vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining rahbarlari va ilmiy boʻlinmalari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari ilmiy ekspertiza bilan shugʻullanuvchi rahbariyatga va boʻlinmalarga nisbatan, boshqaruv organlari uchun nazarda tutilgan shartlar esa — qolgan xodimlarga nisbatan qoʻllanilsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6. OAK Toshkent shahri, akademik Yaxyo Gʻulomov koʻchasi, 70-uy manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., № 7, 42-modda)bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinda OAK deb ataladi) tomonidan nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan oʻtkazish asosida tenglashtiriladi)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida” soʻzlari “OAK” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida” soʻzlari “OAK” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Nostrifikatsiya uchun hujjatlar OAK tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlarni OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi koʻrib chiqib, dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazib, oʻz xulosasini chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OAKning Tartib-qoida komissiyasi ekspert kengashi xulosasi va OAK Kotibiyati fikri asosida oʻz tavsiyasini OAK Prezidiumi muhokamasiga taqdim etadi.

Taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan tegishli ilmiy yoki ilmiy-tadqiqot muassasaga yoxud ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6. OAK Prezidiumining oliy malaka haqidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran ushbu hujjatlar Oʻzbekiston hududida kuchga kiradi. Hujjat egalariga OAK Prezidiumining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy daraja diplomlari beriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Fan doktori ilmiy darajasi haqidagi diplomni nostrifikatsiyalash muddati uch oydan, fan nomzodi ilmiy darajasi, falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlar ilmiy darajalari diplomlarini nostrifikatsiyalash muddati ikki oydan oshmasligi kerak. Zarur holatlarda ushbu hujjatlarni koʻrib chiqish muddati OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan uch oygacha uzaytirilishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. Ilmiy daraja haqidagi diplomlarni tenglashtirish masalalari yuzasidan OAK Prezidiumi chiqargan qarordan norozi boʻlgan daʼvogar qaror chiqqan kundan boshlab ikki oy mobaynida OAKga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) quyidagi mazmundagi 9-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9. Xorijiy davlatlarda berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va ekvivalentligini qayd etish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladigan attestatsiya ishi hujjatlarining ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Talabgor ish joyidan (agar u ishlayotgan boʻlsa) muassasa rahbari imzolagan yoʻllanma xat yoki talabgorning imzosi notarial tasdiqlangan arizasi (1 nusxa). Xatda (arizada) talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va joyi, ish joyi va lavozimi, shuningdek, qachon va qaysi davlatda ilmiy daraja diplomini olganligi, ilmiy darajaning rasmiy nomi, xorijda olingan hujjatning berilgan kuni, seriyasi va raqami, dissertatsiya mavzusi, qaysi ixtisoslik boʻyicha himoya qilganligi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Muassasa rahbarining tegishli ixtisoslashgan kengashga murojaatnomasi (aspirant va doktorantlar uchun esa — ularni chet elda oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlarida oʻqishga yuborish uchun buyruq) nusxasi hamda agar ilmiy ish Oʻzbekistonda tayyorlangan boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) ushbu dissertatsiyaning xorijiy davlatlarda himoya qilinishiga ruxsat berib, xorijiy davlatlar attestatsiya organlariga yuborgan yoʻllanma xatining nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ilmiy daraja diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajalar berilganligi haqidagi hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlagan tarjimasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Talabgorning ish joyidan tasdiqlangan yoki uning imzosi qoʻyilgan xodimlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqasi (talabgor pasportining nusxasi ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Dissertatsiya himoyasi oʻtgan muassasaning hamda ixtisoslik nomining ilmiy kotib (agar u ishlayotgan boʻlsa) imzosi bilan tasdiqlangan yoki talabgor tomonidan imzolangan davlat tilidagi (lotin grafikasi harflari bilan) va ingliz tilidagi shakllari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mehnat daftarchasidan koʻchirma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Talabgor himoya qilgan dissertatsiya nusxasi va mavjud boʻlgan taqdirda — 2 nusxa avtoreferat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Attestatsiya ishidagi hujjatlar roʻyxati”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazmuni
Muddatlari (kunlarda)
Ijro uchun masʼullar
1.
Talabgorlar xorijiy mamlakatlarda berilgan fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) taqdim etadi, shuningdek, nostrifikatsiya oʻtkazish uchun belgilangan toʻlovni kiritishadi.
Daʼvogarlar
2.
OAK xorijiy mamlakatlarda berilgan fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish uchun tegishli hujjatlarni qabul qiladi.
Hujjatlar taqdim etilgan kunda
OAK
3.
Taqdim etilgan hujjatlar OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqilib, OAKning Tartib-qoida komissiyasiga xulosa beriladi.
Belgilangan muddatda
OAKning tegishli soha boʻyicha ekspert kengashi
4.
OAKning Tartib-qoida komissiyasi ekspert kengashi xulosasi va OAK Kotibiyati fikri asosida oʻz tavsiyasini OAK Prezidiumi muhokamasiga taqdim etadi.
Belgilangan muddatda
OAKning Tartib-qoida komissiyasi
4a.
Taqdim etilgan hujjatlar, zarur holatlarda, OAKning Tartib-qoida komissiyasi qarori bilan tegishli ilmiy yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga yoxud ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin.
Belgilangan muddatda
OAKning Tartib-qoida komissiyasi, tegishli muassasalar
5.
OAK Prezidiumi fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Belgilangan muddatda
OAK Prezidiumi
6.
Fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar haqidagi diplom egalariga OAK Prezidiumi qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasining fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari diplomlari beriladi.
Belgilangan muddatda
OAK Prezidiumi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-son qaroriga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati

1. Vazirlar Mahkamasining “Dissertatsiya ishlarining himoyasi va ekspertizasi bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy xarajatlar haqida” 1994-yil 31-martdagi 176-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi” tanlovi gʻoliblariga ilmiy daraja va ilmiy unvon berish toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 290-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-avgustdagi 246-son qarorining 2 — 4-bandlari hamda qarorga 2 va 3-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 73-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.04.2026-y., 09/26/161/0339-son)