23.11.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2950
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 23.11.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2950
Дата вступления в силу
15.03.2018
Hujjat 15.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi bosh direktorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2950]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq 2018-yil 15-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh direktor A. FAYZULLAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 6-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-son

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 26-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qonunning 371-moddasiga muvofiq patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun patent bojlari belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan seleksiya yutugʻi patentining (bundan buyon matnda patent deb yuritiladi) amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Agentlikka topshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Patentning amal qilishini tiklashga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi yoki patent vakili tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Patentning amal qilishini tiklash uchun patent egasi yoki uning vakili mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shakldagi iltimosnoma bilan Agentlikka murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi koʻrsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunning 29-moddasiga muvofiq patent egasi tomonidan, shuningdek tegishli yilda patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanishi hamda bu haqda ham iltimosnomaga tegishli hujjat ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patentning amal qilishini tiklash va patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun boj toʻlanganlik holati bitta toʻlov hujjati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan miqdorda patent bojlari toʻlanganligini tasdiqlovchi yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, iltimosnomani koʻrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Zarurat boʻlganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Qoidalarning 4 — 6-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan va (yoki) notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga yoki uning vakiliga mavjud boʻlmagan va (yoki) tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi. Bunda iltimosnomani koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishlicha Oʻsimlik navlari davlat reyestrini yoki Hayvon zotlari davlat reyestriga kiritiladi va Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Patent egasiga yoki uning vakiliga patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Agentlik patent egasiga yoki uning vakiliga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish asoslari koʻrsatilgan bildirishnoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash qoidalariga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
‎100000, Toshkent shahri,
‎Mustaqillik shoh koʻchasi, 59-uy ‎

___‎‎‎‎___________________________ (F.I.Sh. yoki yuridik shaxsning nomi)

‎‎Manzil: ________________________‎

‎‎Telefon: _______________________‎

ILTIMOSNOMA‎

‎‎Seleksiya yutugʻiga ___________________________-raqamli patentning amal qilishini tiklab berishingizni soʻrayman.
‎‎‎‎Patentning amal qilishi patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent boji toʻlanmaganligi sababli tugatilgan. ‎‎
Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [x] bilan belgilansin):
‎‎— patentning amal qilishini tiklash uchun boj hamda tegishli yilda patentni oʻz kuchida saqlab turish uchun patent
‎‎boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; ‎
— merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; ‎‎
‎‎— ishlarni yuritish uchun ishonchnoma.

‎‎Patent egasi
‎‎(yoki patent vakili)‎‎

__________________________‎‎(lavozimi, F.I.O., imzo)

‎‎Sana: 20___ yil “___” ___________‎‎_______‎

‎‎(M.Oʻ.) (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2950/0306-son; 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)