Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.11.2002 yildagi 402-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XUSUSIYLAShTIRILGAN SAVDO VA XIZMATLAR KOʻRSATISh SOHASI OBYEKTLARI FAOLIYATIDAGI TARTIB BUZILIShI HOLLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 23-sentabrdagi F-1629-son farmoyishini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 23-sentabrdagi F-1629-son farmoyishi bilan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan chakana savdo obyektlarining ahvoli tekshirilganligi, tekshirish natijasida quyidagi jiddiy tartib buzilishlari aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirilgan 1716 ta savdo korxonalari egalari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda xususiylashtirish toʻgʻrisidagi shartnomalarda belgilangan faoliyat yoʻnalishining oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilgan. Bunday tartib buzilishlarining eng koʻpi Toshkent (592), Fargʻona (316) viloyatlarida va Toshkent shahrida (255) qayd etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo tashkilotlari tomonidan belgilangan savdo, olingan savdo tushumini inkassatsiya qilish qoidalarining qoʻpol buzilishi hollari mavjud. Tekshirish davomida xususiylashtirilgan chakana savdo obyektlarining 3640 tasi, shu jumladan Surxondaryo viloyatida — 606, Andijon viloyatida — 621, Qoraqalpogʻiston Respublikasida — 348 tasi amalda ishlamayotganligi aniqlandi. 5 mingdan ortiq savdo obyektida soliqqa oid qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan. Tekshirish vaqtida 4169 ta doʻkonda nazorat-kassa apparatlari mavjud boʻlmagan, 2815 ta doʻkonda esa naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan. 4,6 mingdan ortiq doʻkonda savdo joylardagi davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz amalga oshirib kelingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksariyat hollarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yangi tashkil etilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi obyektlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq kelmaydi, qariyb 4 ming savdo korxonasi oʻzining ichki va tashqi dizayniga koʻra belgilangan talablarga javob bermaydi. 4465 doʻkon (faoliyat koʻrsatayotganlarining 12,1 foizi) sanitariya normalari va talablariga muvofiq kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mavjud savdo maydonlaridan past darajada foydalanilmoqda. Xususiylashtirilgan doʻkonlar boʻyicha ushbu koʻrsatkich 30—40 foizdan oshmaydi, qolgan maydonlar ijaraga berilgan yoxud amaldagi qonun hujjatlariga zid ravishda oʻyinxona va koʻngilochar muassasalar etib qayta jihozlangan. Masalan, xususiylashtirilgan 513 ta doʻkon negizida oʻyinxona va koʻngilochar muassasalar, shu jumladan 323 ta billiardxona tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida qayd etilgan tartib buzilishlari natijasida fuqarolar manfaatlariga, eng avvalo, ularni yashash joylarida tegishli darajadagi savdo xizmati va xizmat turlari bilan taʼminlashda jiddiy zarar yetkazilmoqda. Savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasida vujudga kelgan ishlarning bunday ahvolini toqat qilib boʻlmaydigan hol deb eʼtirof etish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan barcha buzilishlarning ikki oy muddatda tuzatilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar va bundan buyon ularning takrorlanishining oldini olishga doir taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi koʻrsatib oʻtilgan tartib buzilishlariga olib kelayotgan amaldagi normalar va idoraviy normativ hujjatlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 2003-yil 20-yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi obyektlarining davrida faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirish xususiylashtirish shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning amal qilish muddati ana shunday shartnomalar shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qulaylik va aholini qamrab olish normasi hisobga olingan holda joylashtirilgan oziq-ovqat tovarlari sotuvchi chakana savdo obyektlarining faoliyat yoʻnalishi oʻzgartirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi korxonalarining faoliyat yoʻnalishi qarorning ushbu bandida belgilangan qoidalarni buzgan holda oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilgan taqdirda, xususiylashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma haqiqiy emas deb eʼtirof etiladi hamda obyekt egasiga ilgari xususiylashtirishga qilingan xarajatlar qaytarilgan holda obyekt qayta sotilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek boshqa xususiylashtirilgan korxonalar egalari tomonidan faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish yuzasidan xususiylashtirish shartnomalarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi chakana savdo obyektlarini qurishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlikka doir qonun hujjatlariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan talabni kuchaytirsinlar, mintaqalarda savdo korxonalari tarmogʻi aholining joylashuvi xususiyatini va keng qamrab olinishini nazarda tutgan holda rivojlantirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga oʻn kun muddatda takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy normativ hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ.Q. Ismoilov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 21-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
402-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 177-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda)