01.11.2017 yildagi 886-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son hamda “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-son qarorlarini bajarish yuzasidan, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan madaniyat va sanʼat sohalarida aloqalarni mustahkamlash, jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.

2. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini joylashtirish uchun tegishli bino ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 141-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 30-modda) 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 1-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
886-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-noyabrdagi 886-son qaroriga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan milliy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda tijorat banklarida milliy va chet el valyutasida bank hisobraqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhriga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning rasmiy nomi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat tilida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qisqartirilgan nomi — Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ingliz tilida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq nomi — Art and Culture Development Foundation under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qisqartirilgan nomi — Art and Culture Development Foundation;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) rus tilida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq nomi — Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qisqartirilgan nomi — Fond razvitiya kulturi i iskusstva.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy sanʼat, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va sanʼat sohasida xalqaro madaniyat tashkilotlar va xayriya jamgʻarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va sanʼatga doir homiylikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish va oʻzbek sanʼatining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyatini hamda raqobatbardoshligi bilan bogʻliq jihatlarni namoyish etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, madaniyat va sanʼat muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniyat muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniyat muassasalarini qurish uchun moliyaviy mablagʻ va koʻmak berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy taʼmirlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahondagi ilgʻor tajribalarni mamlakatimizda joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish hajmini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablagʻlarni jamgʻarishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilayotgan maqsadli mablagʻlardan toʻgʻri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablagʻlar ajratish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblari hamda tasviriy sanʼat, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va ularni joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy va xorijiy madaniyat va sanʼat namoyondalarining ijodi bilan tanishishga doir tadbirlarni tashkillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼatni rivojlantirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼatning turli sohalarini ommalashtirish, shuningdek, madaniyat arboblarini qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma homiyligida oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasini tuzish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼatni hamda ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va sanʼat sohasida xalqaro madaniyat tashkilotlar va xayriya jamgʻarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va sanʼatga doir homiylikni rivojlantirishga koʻmaklashish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va oʻzaro tadbirlar, shu jumladan ularning investitsiya loyihalarida, grantlarni ajratishdagi ishtirokini tashkillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyati va sanʼatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa yordamlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzbek madaniyati va sanʼatini ommalashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan xalqaro madaniy tadbirlarning respublika va uning tashqarisida oʻtkazilishini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida metsenatlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish va oʻzbek sanʼatining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatbardoshligi bilan bogʻliq jihatlarni namoyish etish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼat arboblarini jahon madaniy hamjamiyatiga keng jalb etish, shu jumladan ularning xalqaro koʻrgazmalar, konferensiyalar, festivallar va shu kabilardagi ishtirokini taʼminlashga doir tadbirlarni tashkillashtirish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini jahon darajasida keng targʻib qiladigan adabiyotlar yaratish va ularni xorijiy nashriyot uylari orqali ommalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) madaniyat va sanʼat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, madaniyat va sanʼat muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan taʼminlash borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼat sohasi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga, yoshlar hamda Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslarni ragʻbatlantirishga doir tadbirlarni, shu jumladan, grant dasturlarini shakllantirish orqali tashkillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablagʻlar ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy tarzda xorijiy tajribani oʻrganish va muzeylar hamda boshqa madaniyat muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzeylar, madaniy meros obyektlari va madaniyat muassasalarida inklyuziv muhitni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mablagʻ va koʻmak berish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼat obyektlarini loyihalash, restavratsiya, rekonstruksiya hamda qurilish-taʼmirlash boʻyicha mazkur maqsadlar uchun ajratilgan respublika budjeti va oʻz mablagʻlari hisobidan buyurtmachi funksiyasini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon tajribasidan kelib chiqib yangi madaniy muassasalar qurish ishlarini amalga oshirishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniyat muassasalari qurish ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy muassasalar qurish uchun maqsadli moliyaviy mablagʻlar ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy taʼmirlash borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzeylar, madaniy meros obyektlari va madaniyat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat muassasalarini loyihalash, restavratsiya, rekonstruksiya qilish va qurish uchun yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muzeylar, madaniy meros obyektlari va madaniyat muassasalarida restavratsiya, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni taʼminlash borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan grantlar va boshqa koʻmak berishda xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma tadbirlarni, shu jumladan, ularning investitsiya loyihalarida ishtirok etishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) jahondagi ilgʻor tajribalarni mamlakatimizda joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va sanʼat sohasini moliyalashtirish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼat sohasida jahondagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va tahlil qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha asosli takliflarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari va tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish hajmini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy holatni oʻrganish, shuningdek madaniyat va sanʼat tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan pulli xizmatlar hajmini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pullik asosda noyob brend mahsulotlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish, royalti tizimini qoʻllash, shu jumladan kitob, bosma nashrlar savdosi va Jamgʻarma tomonidan oʻtkaziladigan madaniy tadbirlarga chipta savdosini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida Vatan madaniyati va sanʼati sohasidagi eng yaxshi yutuqlarni targʻib qilish maqsadida xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablagʻlarni jamgʻarishni taʼminlash borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahlil oʻtkazish va Jamgʻarmaga mablagʻlarning oʻz vaqtida tushishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va sarflanishini prognoz qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini moliya tashkilotlariga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) ajratilayotgan maqsadli mablagʻlardan toʻgʻri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari smetalarini ishlab chiqish va ularni Jamgʻarma Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining hisobini yuritish va ularning bajarilishi boʻyicha Jamgʻarma Kengashiga har choraklik hisobotni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasini tuzish va tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) Jamgʻarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablagʻlar ajratish borasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni, ularga davlat mukofotlari berish yuzasidan taqdimnomalarni kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat vazifalarini bajarish chogidagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish (xodimlar uchun uy-joy qurish va xarid qilish, sanatoriy-kurortda davolanish va tibbiy xizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, ustamalar belgilash, moddiy yordam va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ilmiy darajalar, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun ustama haqlar, bayram kunlari uchun mukofotlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlar, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar toʻlab borish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi. Jamgʻarma Kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma Kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning rejalashtirilgan loyihalar boʻyicha keyingi yil uchun daromad va xarajatlar smetasini har yili 25-dekabrgacha tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va mablagʻlarining xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning tuzilmasini, shtatlar sonini va Jamgʻarmani taʼminlash mablagʻlarining cheklangan umumiy miqdorini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma xodimlariga ularning asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar hamda uzoq muddat xizmat qilgani uchun ustama haq toʻlash tartibi va miqdorlarini belgilaydi;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash shartlarini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma homiyligida oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasiga kiritish nazarda tutilgan tadbirlar maqomini (xalqaro va mahalliy) belgilaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 118-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarma Kengashi Kengash Raisining taklifiga binoan Jamgʻarmaning daromad va xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamgʻarma faoliyatini boshqarishni Jamgʻarmaning ijrochi direktori amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ijrochi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma ijrochi direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 118-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jamgʻarmaning ijrochi direktori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kengashiga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, Jamgʻarma kengashi bilan kelishgan holda Jamgʻarmaning tasdiqlangan tuzilmasiga Jamgʻarma xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamgʻarma faoliyatini tashkillashtiradi, xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida ijro organining shtatlar jadvalini shakllantiradi, xoʻjalik, mehnat va boshqa shartnoma va hujjatlarni Jamgʻarma nomidan imzolaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ularga, istisno tariqasida, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda jalb qilish huquqiga ega;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 118-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshirishni tashkillashtiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻradi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yarim yilda kamida bir marta Jamgʻarma Kengashiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi haqidagi hisobotni taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari tushumlarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanilishi, shu jumladan xorijiy investitsiya va homiylarni jalb etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Jamgʻarma ijrochi direktori taklifiga binoan Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi tuzilishi mumkin, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Jamgʻarma huzurida madaniyat va sanʼat arboblaridan Ekspert kengash tuzilishi mumkin, uning tarkibi Jamgʻarmaning ijrochi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga (shu jumladan bayonnoma qarorlariga) asosan ajratiladigan respublika budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliya tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning hamda xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi, grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jamgʻarma ijrochi direktori Jamgʻarma mablagʻlarining tasarrufchisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Jamgʻarmaning taʼminlash xarajatlari qoplangandan soʻng Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlangan Jamgʻarma daromad va xarajatlari smetasiga muvofiq mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun yoʻnaltiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jamgʻarmaning daromad va xarajatlar smetasi budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha budjet tashkilotlari uchun (choraklar, tushumlar manbalari va ularning sarflanish yoʻnalishlari boʻyicha) qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi va Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlaridan grant asosida milliy madaniy davlat dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) uchun foydalanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
171. Jamgʻarmaga, istisno tariqasida, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish uchun yetkazib beruvchilar bilan import bitimlari (shartnomalari) tuzilgan taqdirda Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari hisobidan (Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno) 15 foizdan ortiq avans toʻlashga ruxsat berilsin.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 118-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Jamgʻarmaning huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro hokimiyati organlaridan Jamgʻarma vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur axborotlarni soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz bank hisobraqamlarida mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan manbalardan kelib tushayotgan mablagʻlarni jamgʻarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma tomonidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni toʻxtatish yoki ajratilgan mablagʻlarni qaytarib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarni likvidli moliyaviy instrumentlarga (depozitlar, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va shu kabilarga) joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarining madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga doir aniq loyihalar uchun ajratilishida shartlarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomalar, shu jumladan oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat va sanʼatni rivojlantirishning turli masalalari boʻyicha belgilangan tartibda tashabbuslar bilan chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar hamda Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan shaxslarga grantlar shaklida mablagʻlar ajratish;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 118-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarida oʻz faoliyati haqida materiallar chop etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Jamgʻarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar respublikadagi barcha muzeylar, madaniy meros obyektlari va madaniyat va sanʼat muassasalari Jamgʻarma loyihalarining amalga oshirilishiga oʻz vakolatlari doirasida yaqindan koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma idoraviy mansub tashkilotlarining davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida, begʻaraz foydalanish huquqi bilan berishi mumkin;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyat turlarini amalga oshirish.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomda belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma daromadlarining istiqbolli koʻrsatkichlari bajarilishi samaradorligini tahlil qilish, aniqlangan va mablagʻlarining kelib tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Hisobga olish, hisobot va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jamgʻarma har yili qonunchilikka muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaydi. Jamgʻarmaning moliyaviy hisoboti moliyaviy yil yakunlangandan soʻng auditorlik tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda tekshiriladi. Moliyaviy hisobot, auditorlik xulosasi va rahbariyatga xat har yili 1-maydan kech boʻlmagan muddatda Jamgʻarma Kengashiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 485-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-sentabrdagi 558-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 09/21/558/0854-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 09/17/886/0213-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 15.08.2018-y., 09/18/648/1698-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 09/21/558/0854-son; 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)