16.10.2017 yildagi 830-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan viloyatida gulchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan viloyatida gulchilikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash, zamonaviy landshaft va dizayn asosida gulzorlar tashkil etish, gulchilik sanʼati sir asrorlarini oʻrganish, ilgʻor mamlakatlar bilan tajriba almashish, aholi daromadlarini oshirish, respublika va chet ellik turistlarni jalb etish hamda Namangan shahrini gullar markaziga aylantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Namangan viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Namangan viloyati hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi gulchilikni rivojlantirish markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) hamda Namangan viloyatining tumanlarida Markazning filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan viloyati hokimligi bir oy muddatda gulchilikni rivojlantirish Markazi ustavini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy tabiiy-iqlim sharoitlariga moslashtirilgan gullarning zamonaviy plantatsiyalarini yaratish, shuningdek, gul yetishtirishning ilmiy asoslangan usullarini va resurslarni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatda gul yetishtirish hajmini koʻpaytirish choralarini koʻrish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos manzarali va buta gul nihollarini laboratoriya sharoitlarida yetishtirishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsiya texnologiyalarini gul yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gul koʻchatlarini parvarish qilishga jalb etiladigan mutaxassislarning maxsus tayyorlov kurslarida malakasini oshirilishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz faoliyatini moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari, gulchilik sohasida faoliyat koʻrsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatda gulchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan fermer xoʻjaliklariga mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash maqsadida plantatsiya va issiqxonalar tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir tumanda 5 tadan va Namangan shahrida 10 ta zamonaviy va doimiy faoliyat olib boradigan gul sotish shaxobchalari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Namangan viloyatida zamonaviy landshaft asosida gulzorlar va xiyobonlar barpo etish maqsadida gulchilik bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarining talab va ehtiyojlari asosida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Manzarali bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislik kafedrasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi. Matbuot va axborot agentligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda gulchilik sanʼati sir-asrorlariga bagʻishlangan qoʻllanma, monografiyalar ishlab chiqib, nashr ettirish va aholi oʻrtasida keng targʻib etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi bilan birgalikda zamonaviy va manzarali xorijiy gul navlarini olib kelish, ularni mahalliy iqlimga moslashtirish, qurgʻoqchilikka chidamli va virussiz navlarini oʻzlashtirish, gulchilik sohasida ilgʻor mamlakatlar bilan tajriba almashish va hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ va Namangan viloyati hokimligi hududlarda tashkil etiladigan mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash plantatsiya va issiqxonalarni tabiiy gaz, oqova suv va elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining viloyatda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Gul bayrami” tadbirlarini har yili may oyining oxirgi haftasida oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Namangan viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatda “Gul bayrami”ni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan shahrini “Gullar shahri” sifatida aks ettiradigan ramzini yaratib, shaharning markaziy yoʻllariga oʻrnatish hamda shahar markaziy koʻchalarida arxitektura talablari hamda zamonaviy landshaft asosida gul pavilyonlarini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-iyuldagi 212-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi “avtomatlashtirish” soʻzidan keyin “gulchilik” soʻzi bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Namangan viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Tasviriy oyna” uyushmasiga Namangan viloyatida anʼanaviy “Gul bayrami”ni koʻtarinki ruhda oʻtkazish, respublika va chet ellik mehmonlarni taklif etish, gʻoliblarni ragʻbatlantirish hamda ommaviy axborot vositalarida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda gulchilik sohasini rivojlantirishda oʻz hissasini qoʻshayotgan tadbirkorlar va aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 16-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
830-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/830/0118; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)