1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-son va “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy taʼlim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-maydagi PQ-2956-son qarorlari ijrosini taʼminlash hamda tibbiyot xodimlarining uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sogʻliqni saqlash tizimi organlari va muassasalarining malakali tibbiyot kadrlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:

Bakalavriatning alohida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini qishloq vrachlik punktlari va qishloq (shahar) oilaviy poliklinikalariga ishga yoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy tibbiyot taʼlimining (“Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasi) bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari tuzilmasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda quyidagilarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat yuritayotgan umumiy amaliyot shifokorlaridan tor mutaxassisliklar boʻyicha tibbiyot kadrlarini bir yildan kam boʻlmagan muddat davomida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy tibbiy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan xolda, ularning professor va oʻqituvchilariga pedagogik yuklamaning vaqt meʼyorlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonida oliy tibbiy taʼlim muassasalari klinikalari, ixtisoslashtirilgan, ilmiy-amaliy, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va ularning filiallari, respublika va viloyat klinikalarining quvvatlari hamda resurslaridan maksimal darajada foydalanish inobatga olingan holda oliy tibbiy taʼlim muassasalarining klinikalari, klinik va oʻquv bazalari toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy tibbiy taʼlim muassasalariga qabul qilishga toʻsqinlik qiluvchi tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab, Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filiali faoliyatini bosqichma-bosqich tugatish va talabalarga filialda taʼlim olayotgan yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishini yakunlash imkonini berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, jismoniy madaniyat va sport masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
769-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bakalavriatning alohida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini qishloq vrachlik punktlari va qishloq (shahar) oilaviy poliklinikalariga ishga yoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom bakalavriatning alohida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda bitiruvchilar deb ataladi) qishloq vrachlik punktlari va qishloq (shahar) oilaviy poliklinikalariga (keyingi oʻrinlarda QVP va OP deb ataladi) ishga yoʻllash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bitiruvchilar 2017/2018 oʻquv yilda bitirganlardan boshlab, keyinchalik doimiy yashash joyida majburiy ishlab berish uchun QVP va OPlarga majburiy tartibda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy tibbiy taʼlim muassasalarining QVP va OPda majburiy ishlab berish uchun bitiruvchilar taqsimlanadigan bakalavriat yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bitiruvchining majburiy ishlab berish muddati 3 yilni (36 oy) tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Bitiruvchilarni majburiy ishlab berishga taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bitiruvchilarni majburiy ishlab berish uchun taqsimlash, shuningdek majburiy ishlab berish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida vazirlik xodimlari, sogʻliqni saqlash boshqarmasining hududiy organlari rahbarlari, oliy tibbiy taʼlim muassasalari va tibbiyot tashkilotlarining masʼuliyatli xodimlaridan iborat Komissiya (keyin oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibi, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bitiruvchilar majburiy ishlab berishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari taqdim etgan shifokor kadrlarga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida buyurtmanomalar va mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya bitiruvchilarni doimiy yashash joyidagi QVP va OPdagi mavjud boʻsh oʻrinlariga majburiy ishlab berish uchun taqsimlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bitiruvchilarning majburiy ishlab berishining aniq muddatlari, joyi va sharoitlari, shuningdek ularning majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, oliy tibbiy taʼlim muassasasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda bitiruvchi oʻrtasida 4 nusxada tuziladigan shartnomada (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oliy tibbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilar uchun yoʻllanmalarni tuzilgan shartnoma asosida respublika hududi va QVP yoki OPni aniq koʻrsatgan holda rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻqishni tugatgandan soʻng magistratura yoki klinik ordinaturaga oʻqishni davom ettirish uchun kirgan bitiruvchilar taʼlim shaklidan qatʼiy nazar (davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida) kamida 3 yil (36 oy) majburiy ishlab berish uchun magistratura va klinik ordinaturani tamomlaganidan soʻng taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oliy tibbiy taʼlim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari Komissiya tomonidan oliy tibbiy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa sogʻliqni saqlash muassasalarining ushbu mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Komissiya birinchi navbatda, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilarini majburiy ishlab berish uchun OP va markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalardagi mavjud boʻsh oʻrinlarga taqsimlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Bitiruvchilarni majburiy ishlab berishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bitiruvchilar oʻqishni tamomlaganidan soʻng ushbu Nizomga muvofiq shartnomada koʻrsatilgan ish joyiga kelishi va 3 oy ichida mehnat faoliyatini boshlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oliy tibbiy taʼlim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari oʻqishni tamomlagach, shartnomada koʻrsatilgan ish joyiga kelishi va 3 oy ichida mehnat faoliyatini boshlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ish beruvchi shartnomaga muvofiq va ishga yoʻllanma asosida bitiruvchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ish beruvchi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni toʻldiradi va keyinchalik uni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va tegishli oliy tibbiy taʼlim muassasasiga taqdim etish uchun oʻn kun muddat ichida sogʻliqni saqlash boshqarmasining hududiy organiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va oliy tibbiy taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda har bir bitiruvchi hisobini yuritib borishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tanlov asosida qabul qilinadigan lavozimlarga majburiy ishlab berish uchun yuborilgan bitiruvchilar tanlovsiz qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Uch yillik majburiy ishlab berish muddati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QVP va OPda shartnomada koʻrsatilgan ishlash muddati — oliy tibbiy taʼlim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishida davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomada koʻrsatilgan tibbiyot muassasalarida ishlash muddati — oliy tibbiy taʼlim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat taʼtilida boʻlish muddati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy mehnat taʼtili muddati uch yillik majburiy ishlab berish muddatiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bitiruvchining majburiy ishlab berish joyida belgilangan muddat tugagandan soʻng ishni davom ettirish haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va ishchi oʻrtasida oʻzaro kelishuvga asosan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ish beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mutaxassislar mehnatini ragʻbatlantirish va ularning lavozimga koʻtarish, ilmiy faoliyatini olib borishi uchun sharoitlar yaratish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Bitiruvchilarning majburiy ishlab berish joyini oʻzgartirishi yoki ishlab berishdan bosh tortishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchining ishlab berish joyini oʻzgartirishi uchun jiddiy sabablar yuzaga kelsa, turmush qursa, doimiy yashash uchun boshqa hududga koʻchib oʻtsa, bitiruvchi majburiy ishlab berish joyini oʻzgartirish uchun Komissiyaga murojaat qilish huquqiga ega buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya oʻn besh kun ichida bitiruvchining murojaati va taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha bitiruvchi uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq boshqa majburiy ishlab berish joyini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oliy tibbiy taʼlim muassasasi tomonidan talaba oʻqishni bitirgani haqida tegishli buyruqni chiqargan vaqtda amalda qoʻllanilgan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz barobari miqdorida kompensatsiya toʻlaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchi ishlab berish muddati davomida shartnomada koʻrsatilgan joyda majburiy ishlab berishni oʻz xohishiga koʻra rad etsa, u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan va ishlab berilgan muddatga mos ravishda kamaytirilgan miqdorda kompensatsiya toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompensatsiya miqdorini hisob-kitob qilishda majburiy ishlab berish muddatlarining faqat toʻliq oylari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortishni rasmiylashtirishi uchun Komissiyaga tegishli ariza bilan murojaat qilishi kerak. Bunda bitiruvchi Komissiyaga ariza taqdim etgan sana ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq majburiy ishlab berishdan bosh tortish sanasi deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Majburiy ishlab berishdan bosh tortgan bitiruvchi bilan mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortish bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlaydigan kompensatsiya miqdorini u davlat granti boʻyicha tahsil olgan oliy tibbiy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari gʻaznachilik shaxsiy hisob-raqamiga toʻliq hajmda toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oliy tibbiy taʼlim muassasasi kompensatsiyalar summasi hisobini budjetdan tashqari alohida gʻaznachilik shaxsiy hisob-raqamida yuritadi va shaxsiy hisobraqamga kompensatsiya tushgandan soʻng uch ish kunidan kechiktirmasdan kompensatsiya summasining Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlanadigan bitiruvchi mehnatga layoqatsizligi tufayli majburiy ishlab berolmagan holatlarda uning keyingi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat layoqatini qisman yoki toʻliq yoʻqotgani sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) majburiy ishlab berish imkoniyatiga ega boʻlmagan bitiruvchilar Komissiya qarori asosida kompensatsiya toʻlashdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oliy tibbiy taʼlim muassasasi bitiruvchiga diplomning asl nusxasini u majburiy ishlab berish muddatini tamomlaganidan soʻng bir hafta muddatda mehnat daftarchasidagi yozuv va bitiruvchi majburiy ishlab bergan muassasaning yozma tasdigʻi asosida beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlanadigan va majburiy ishlab berishdan bosh tortadigan bitiruvchilarga oliy tibbiy taʼlim muassasasi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning asl nusxasini mazkur Nizom talablariga muvofiq ular kompensatsiyani toʻliq miqdorda toʻlagandan soʻng beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oliy tibbiy taʼlim muassasasiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan, lekin oʻqish davrida (talabalar safidan chiqarilgandan soʻng qayta tiklangan, oʻz xohishiga koʻra boshqa oliy tibbiy taʼlim muassasasiga koʻchirilgan) taʼlimning toʻlov-kontrakt shakliga oʻtkazilgan talabalar oʻqishni tamomlagach, majburiy ishlab berish uchun ushbu Nizomga talablariga muvofiq taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy tibbiy taʼlimning (“Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasi) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

1. Davolash faoliyati bilan bogʻliq taʼlim yoʻnalishlari uchun *:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Fan bloklari nomi
Soatlar hajmi
(%)
1.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
5 — 7%
2.
Klinika oldi fanlari
20% — 25%
3.
Klinik fanlar
60% — 65%
4.
Qoʻshimcha fanlar
3% — 7%
5.
Tanlov fanlari
(1-go, 2-, 3-blok fanlari uchun) (regional komponent)
3% — 7%
jami:
100%
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari: 5510100 — Davolash ishi, 5111000 — Kasbiy taʼlim (davolash ishi), 5510800 — Harbiy tibbiy ish (davolash ishi), 5510200 — Pediatriya ishi, 5510400 — Stomatologiya, 5510700 — Oliy hamshiralik ishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davolash faoliyati bilan bogʻliq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalariga birinchi kursdan klinik fanlar boʻyicha 50% nazariy va 50% amaliy oʻqitish tizimi hamda klinik amaliy koʻnikmalarni egallash boʻyicha fanlarni kiritish nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davolash faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun **:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Fan bloklari nomi
Soatlar hajmi (%)
1.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
8 — 10%
2.
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
10% — 15%
3.
Umumkasbiy fanlar
55% — 60%
4.
Maxsus fanlar
10% — 15%
5.
Qoʻshimcha fanlar
3% — 7%
jami:
100%
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari: 5510500 — Farmatsiya, 5111000 — Kasbiy taʼlim (farmatsiya), 5510600 — Sanoat farmatsiyasi, 5510300 — tibbiy-profilaktika ishi, 5510900 — Tibbiy-biologik ish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-son qaroriga 2a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy tibbiy taʼlimning (“Sogʻliqni saqlash” taʼlim sohasi) magistratura mutaxassisliklari oʻquv rejalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bloklar nomi
* davolash faoliyati bilan bogʻliq magistratura mutaxassisliklarining soatlar hajmi
(%)
** davolash faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan magistratura mutaxassisliklarining soatlar hajmi
(%)
1.
Umummetodologik fanlar
10 — 20%
20 — 30%
2.
Mutaxassislik fanlari
65 — 75%
50 — 60%
3.
Tanlov fanlari
10 — 15%
10 — 15%
jami
100%
100%
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Davolash faoliyati bilan bogʻliq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Davolash faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davolash faoliyati bilan bogʻliq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi magistratura mutaxassisliklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.