Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2024 22.09.2017 yildagi 751-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning alohida boʻlinmalari boʻyicha soliqlarni toʻlash tartibini takomillashtirish, shuningdek Jizzax viloyati mahalliy budjetining daromad qismini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 480-sonli “Vazirlar Mahkamasining “Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son qarorini bajarish yuzasidan hamda mahalliy hokimiyat organlarining barcha zarur soliqlarning toʻliq yigʻilishi, soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek mahalliy budjetlar xarajatlarining samaradorligini oshirish hisobiga mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashdan manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 105-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxsning alohida boʻlinmalari boʻyicha soliqlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 91-band qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“91. Yuridik shaxs alohida boʻlinma boʻyicha daromadlar va xarajatlar hisobini alohida yuritgan taqdirda, yuridik shaxs qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha soliq solinadigan aylanmadan kelib chiqqan holda hamda har bir alohida boʻlinma boʻyicha hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini aniqlash huquqiga ega boʻladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Olmaliq KMK” AJ Zafarobod sement zavodi boʻyicha alohida hisob yuritadi va qoʻshilgan qiymat soligʻini alohida boʻlinma joylashgan joyda toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Olmaliq KMK” AJ qoʻshilgan qiymat soligʻini alohida boʻlinma joylashgan joyda toʻlash uchun Zafarobod sement zavodi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi ushbu qarorga muvofiq qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorga muvofiq “Olmaliq KMK” AJning Zafarobod sement zavodi boʻyicha soliq majburiyatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, Gʻ.I. Ibragimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 22-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
751-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1059-modda)