20.09.2017 yildagi 747-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy ommaviy axborot vositalari va turizm sohasi tashkilotlari vakillari uchun O‘zbekistonda axborot turlarini tashkil etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini jahon turizm bozorlariga kiritish va yanada keng ko‘lamda taqdim etish, shuningdek milliy tarixiy va madaniy qadriyatlarni xalqaro bozorlarda targ‘ib etish, respublikaga xorijiy turistlar oqimini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan bloggerlar, turizm kompaniyalari va ularning birlashmalari, turizm ma’muriyatlari, BMTning Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO), xalqaro bronlashtirish tizimlari, boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar, turizm sohasi uyushmalari vakillari (keyingi o‘rinlarda xorijiy vakillar deb ataladi) uchun O‘zbekistonga tanishuv tashriflari tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xorijiy vakillarning O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish masalalari, shu jumladan xalqaro turizm yarmarkalari, ko‘rgazmalari va turizm sohasidagi boshqa tadbirlar doirasida o‘tkaziladigan kengaytirilgan taqdimot dasturlarining, shuningdek xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga belgilangan tartibda mamlakatimizning tarixiy-madaniy obyektlari va turizm salohiyati to‘g‘risida video va foto tasvirlar, maqolalar va reportajlar tayyorlashda ko‘maklashish bo‘yicha mas’ul muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tanishish tashriflari doirasida xorijiy vakillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmanomalariga binoan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda tizimida turizm obyektlari mavjud bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda madaniy-ommaviy tadbirlar va turizm imkoniyatlari taqdimotlari tashkil etilishini, shuningdek tegishli hududlardagi turizm komplekslari va diqqatga sazovor joylarga tashriflarni, shu jumladan video va foto tasvirlar uchun to‘lov undirmasdan ta’minlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari — o‘z mablag‘lari hisobiga transport xizmati ko‘rsatilishini hamda madaniy dastur tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari nomidan qabul marosimlari o‘tkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — tanishish tashriflari qatnashchilari uchun konsullik yig‘imlari undirmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini, shuningdek xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi — xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan vaqtincha olib kirilayotgan, ularning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari davrida video va foto tasvirlar uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarning belgilangan tartibda bojxonada rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan belgilangan tartibda kelishilgan boshqa yirik turizm tadbirlari doirasida 2017 — 2021-yillar davrida xorijiy vakillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmanomalariga binoan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK — “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro aviareyslarga har yili (200 kishigacha) aviachiptalar bronlashtirilishini va bepul berilishini, shuningdek Toshkent shahrining Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroporti zalida alohida yo‘lak orqali xizmat ko‘rsatilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — har yili (100 kishigacha) mahalliy qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga temir yo‘l chiptalari zaxira qilib qo‘yilishini va bepul rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — bepul asosda berilgan avia va temir yo‘l chiptalaridan xorijiy vakillar uchun maqsadli foydalanilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xorijiy vakillarning yashashi, ovqatlanishi va respublikada bo‘lishlari davrida dasturlarning boshqa ishtirokchilari tomonidan qoplanmaydigan boshqa xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga to‘lanishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 20-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
747-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son, 1056-modda)