18.09.2017 yildagi 734-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarning huquqiy maqomini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 18-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
734-son

Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 18-sentabrdagi 734-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar (keyingi oʻrinlarda maxsus qabulxona deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maxsus qabulxona ichki ishlar organlari tizimiga kiruvchi, tuman (shahar) maʼmuriy sudi sudyasining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qarori asosida maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus muassasa hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maxsus qabulxona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maxsus qabulxonalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzurida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maxsus qabulxonalarning shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maxsus qabulxona oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maxsus qabulxona davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Maxsus qabulxonaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar maxsus qabulxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan saqlash xarajatlarini undirish va ularni mehnatga jalb etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda maxsus qabulxona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashni tashkil etish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) maʼmuriy sudi sudyasining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligʻining qarori asosida maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni kechayu kunduz qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsning shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilishi, barmoq izlarining roʻyxatga olinishi, ushbu shaxsning fotosuratga olinishi, undagi mavjud ashyolarning koʻzdan kechirilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxsni qabul qilish paytidan boshlab unga telefon orqali advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga qoʻngʻiroq qilish yoki xabar qilish huquqini berish, shuningdek qabul qilinayotgan chet el fuqarosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning shaxsi va psixologik jihatdan mosligi hisobga olingan holda saqlanishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qabulxona hududiga shaxslarning kirish-chiqish rejimiga rioya etilishi, shuningdek maxsus qabulxonaning ichki tartib qoidalariga amal qilinishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini tashkil etish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash, ularning hayoti va sogʻligʻiga tahdidlarning oldini olish hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning advokati, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuv huquqi amalga oshirilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning ogʻzaki yoki yozma shaklda bergan arizalari, takliflari va shikoyatlari boʻyicha tegishli choralar koʻrilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan pochta joʻnatmalarini va yoʻqlovlarni olish hamda joʻnatishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish huquqidan foydalanishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan boshqa shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shuningdek oʻz hayoti va sogʻligʻiga yoxud boshqa shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishlarining oldini olish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob beradigan moddiy-maishiy sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni belgilangan normalar boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish vaqtida ularning orasida bemorlar va tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida birlamchi tibbiy koʻrikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish hamda tibbiy davolanishga muhtoj boʻlgan shaxslarni sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda oʻrnatilgan tartibda tibbiy muassasalarga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish va ularni mehnatga jalb etish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan maxsus qabulxonada saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni undirish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) hokimliklari bilan hamkorlikda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni foydali ijtimoiy mehnatga jalb etish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga jalb qilingan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning haq olishlari va mehnatining muhofaza qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga jalb etilgan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning doimiy nazoratda boʻlishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Maxsus qabulxonaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maxsus qabulxona oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qabulxonada jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishining, ichki tartib qoidalari buzilishining oldini olish hamda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning xulq-atvori toʻgʻrisida zarur axborot olish uchun nazorat va tekshiruvning audiovizual, elektron vositalari va boshqa texnik vositalarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish va foydalanish taqiqlangan hujjatlarni, pul mablagʻlarini, qimmatbaho buyumlarni, narsalarni hamda boshqa ashyolarni olib qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qabulxonaning ichki tartib qoidalariga rioya etayotgan va mehnatga vijdonan munosabatda boʻlayotgan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan ragʻbatlantirish (tashakkur eʼlon qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha telefon orqali limitlangan bir martalik qoʻshimcha soʻzlashuv huquqini berish, har kungi sayr vaqtini uch soatgacha uzaytirish) hamda Qonun talablari va ichki tartib qoidalarining buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo (ogohlantirish, telefon orqali navbatdagi soʻzlashuv huquqidan mahrum qilish, haq toʻlanmaydigan jismoniy ishlarga navbatdan tashqari jalb etish) choralarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning yozma roziligi bilan ularni haq toʻlanadigan mehnatga, shuningdek maxsus qabulxona xonalarida sanitariya-gigiyena, maishiy sharoitlarni yaxshilash, ichki ishlar organi yoki maxsus qabulxona hududini obodonlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan haq toʻlanmaydigan jismoniy ishlarga jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus qabulxona qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Maxsus qabulxona quyidagi majburiyatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qarorning ijro etilishini tashkil etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida zarur choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qabulxona ish faoliyati haqida zarur maʼlumotlarni tayyorlash va bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus qabulxona qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Maxsus qabulxona oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Maxsus qabulxona faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maxsus qabulxonaga rahbarlikni bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan tayinlanadigan boshliq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Maxsus qabulxona boshligʻi oʻz vakolatlari doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qabulxona vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va maxsus qabulxonaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qabulxona faoliyatida qonuniylikni taʼminlash choralarini koʻradi, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va intizomi, xizmat faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qabulxonaning kun tartibini tasdiqlaydi va xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni ragʻbatlantirish, shuningdek intizomiy jazo choralari qoʻllash toʻgʻrisida buyruqlar chiqaradi va ularga eʼlon qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qabulxonaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maxsus qabulxonalar faoliyati ustidan nazorat bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus qabulxonalarda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1043-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)