16.08.2017 yildagi PQ-3217-son
Hujjat 17.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

V.V. Maxmudov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, muvofiqlashtiruvchi kengash raisining o‘rinbosari

A.A. Abduhakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, muvofiqlashtiruvchi kengash raisining o‘rinbosari

A.U. Akkulov

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri

B. Sayfullayev

madaniyat vaziri

Sh.X. Shermatov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

D.A. Nazarmuxamedov

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

A.I. Axmedxodjayev

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi

Y.E. Tursunov

moliya vaziri o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari

A.X. Tuxtayev

qurilish vaziri

B.M. Mirusmonov

Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

B.Y. Raimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

O.O. Yusupov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi raisi

B.B. Alixanov

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rais� v.b.

V.N. Tyan

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori

A.S. Shukurov

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

A.I. Ikramov

Savdo-sanoat palatasi raisi

K.K. Kuranbayev

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi

lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari (turizmni rivojlantirish bo‘yicha hokimlar o‘rinbosarlari)

lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri, muvofiqlashtiruvchi kengashning mas’ul kotibi.

Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi

M.I. Atayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari

A.A. Abduhakimov

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

A.A. Kurmanov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi (kelishuv bo‘yich�)

lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri

kelishuv bo‘yicha

tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari

kelishuv bo‘yicha

Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

R.O. Eminjonov

xizmat raisining o‘rinbosari Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mondoni

D.A. Nazarmuxamedov

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

V.I. Norov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori

R.A. Sayfulov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining sho‘ba mudiri

A.K. Sharapov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining sho‘ba mudiri

O.O. Yusupov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi raisi

B.Y. Raimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

T.E. Uljayev

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i

U.Sh. Tashxodjayev

Ichki ishlar vazirligi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

B.B. Azizov

Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasi boshlig‘i

Sh.Sh. Sharaxmetov

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Ishchi guruh mas’ul kotibi.

 LexUZ sharhi

Mamlakatimizda ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta tushumlarini ko‘paytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga ega bo‘lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi davlatimiz tomonidan turizm sohasida amalga oshirilayotgan siyosatning mantiqiy davomi bo‘lib, turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy muhitni yaratgan holda, eng samarali tartibni joriy etish, hududlarning iqtisodiy salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yurtimizga keladigan turistlar oqimini ko‘paytirish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan.

Xususan, qaror bilan sohada me’yoriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha hududlarida turizmni va soha bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm obyektlari tashkil etish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatimiz hududlarida zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda Dasturga muvofiq, Andijon viloyati Xonobod shahrida dam olish hududlari, Jizzax viloyati Forish va Arnasoy tumanlarida Aydar-Arnasoy ko‘llari sohilida beshta yangi zamonaviy dam olish hududlari tashkil etish, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va Qarshi shaharlarida to‘rt yulduzli mehmonxonalar, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tu�ani Chimyon tog‘ massivida mehmonxona majmuasi barpo etish, shuningdek, Navoiy viloyatida To‘dako‘lning janubiy sohilida ichki turizm va Aydarko‘l sohillarida xorijlik turistlar uchun plyajlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, qarorda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishini muntazam o‘rganish tizimini joriy qilish belgilangan. Shu maqsadda:

Dastur ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish, vazirlik va idoralarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish, yurtimizda turizm sohasi rivojiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va hal qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi;

rejalashtirilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijro etilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida faoliyat yuritadigan turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etildi.

Qarorda turizmni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni bajarishga yo‘naltirilgan qator topshiriqlar belgilangan:

O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolarga ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlarni jalb qilish, bunda logistika, jumladan, charter reyslarni tashkil etish masalalarini hal qilish;

Buxoro va Samarqand shaharlaridagi turizm hududlari tajribasi asosida Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari, shuningdek, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tog‘ klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish;

tashkil etilayotgan turizm hududlari va tog‘ (tog‘oldi) turizm klasterlariga chet el sarmoyadorlarini jalb qilish, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish uchun yurtimizga yetakchi mehmonxona brendlarini taklif qilish yoki mamlakatimizdagi mehmonxona xo‘jaliklarini ular boshqaruviga topshirish.

Shu munosabat bilan xorijlik turistlar uchun viza tartibotini soddalashtirish va ziyorat turizmini tashkil etish bo‘yicha takliflarni muntazam kiritib borish ko‘zda tutilmoqda. Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida xorijlik fuqarolar uchun viza va ro‘yxatga olish tartibini bosqichma-bosqich soddalashtirish bo‘yicha takliflarni ushbu davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy vaziyatdan kelib chiqqan holda tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi doimiy faoliyat yuritadigan ishchi guruh tuzilmoqda.

Shu bilan birga, turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qator xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli kelishuv va shartnomalar tuzishni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Qarorning muhim jihatlaridan biri, uning turizm sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilganidir. Shu maqsadda:

tadbirkorlik subyektlariga yangi mehmonxonalar va turizm infratuzilmasining boshqa inshootlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli (15 yilgacha) kreditlar ajratish amaliyoti joriy qilinmoqda, bunda kredit va foizlarni qoplash uchun mehmonxonalarning moliyaviy tushumi va mavsumiy sharoitidan kelib chiqadigan talablar taqdim qilinmoqda;

tadbirkorlik subyektlariga chet el valyutasidagi mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar, terminallar ijarasi, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi naqd pullarni inkassatsiya qilish va chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar uchun yig‘imlarning (komissiya to‘lovlarining) maqbul miqdorlari belgilanmoqda;

2022-yil 1-yanvarga qadar mehmonxonalar boshqaruv xodimi sifatida jalb qilingan malakali xorijlik mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan, shuningdek, mehmonxonalarga boshqaruv xodimi sifatida jalb qilinadigan malakali xorijlik mutaxassislarning daromadlari jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod etilmoqda.

Ushbu qaror mamlakatimiz turizm sohasining yanada rivojlanishiga yangi sur’at baxsh etib, unda belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga xorijlik turistlar oqimi va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish, tarmoqda yangi ish o‘rinlari yaratish asosida aholining bandlik darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa vositalari va turizm faoliyati subyektlari sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.