17.08.2017 yildagi PQ-3225-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Jamgʻarma Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy, (7-qavat) manzili boʻyicha begʻaraz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin va Oʻzbekiston Banklari assotsiatsiyasining “Moliya Binokor Xizmat” shuʼba korxonasi Jamgʻarmaga begʻaraz taqdim etilgan xizmat binosi boʻyicha yagona soliq toʻlovidan ozod etilsin.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3634-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3634/0973-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov, Markaziy bank raisi M.B. Nurmurotov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 17-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3225-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SHARH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda xususiy mulk manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori ham xususiy tadbirkorlikni, avvalambor, mikrofirma va kichik korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning jadal rivojlanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoit yaratish, imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.

Qaror asosida tashkil etilayotgan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi zimmasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmak berish maqsadida qator vazifalar yuklatilmoqda.

Jumladan, tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish uchun milliy va xorijiy valyutada, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar taqdim etiladi.

Jamgʻarmaning tijorat banklari tomonidan berilayotgan kredit miqdorining 50 foizigacha (kredit miqdori 500 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan taqdirda) yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari boʻyicha kafil boʻlishi belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, jamgʻarma tomonidan tijorat banklari kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam koʻrsatilishi koʻzda tutilgan.

Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda amaldagi taʼminotning cheklangan miqdori 100 ming AQSH dollariga teng hajmdagi mablagʻni tashkil etadi. Ushbu mablagʻ miqdorini besh barobar koʻpaytirish, shubhasiz, tijorat banklari kreditlarini jalb etgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish borasida qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafolat va kompensatsiyalar, tijorat banklariga esa quyidagi yoʻnalishdagi loyihalar boʻyicha kredit ajratish uchun resurslar taqdim etadi:

qishloq xoʻjaligi sohasida, birinchi navbatda, energiya tejamkorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bogʻdorchilikni, jumladan, intensiv bogʻlarni rivojlantirish;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, jumladan, intensiv bogʻlarda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash sohasida — ushbu mahsulotlarni saqlash boʻyicha infratuzilma va transportirovka qilish bilan bogʻliq logistika markazlarini tashkil etish;

koʻp qavatli uylar atrofidagi umumiy foydalanishga moʻljallangan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va taʼmirlash;

tadbirkorlik faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa yoʻnalishlari uchun.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ishonchli resurs bazasini taʼminlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning yagona mexanizmini yaratish maqsadida qarorda Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamgʻarmasi va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamgʻarmasini tugatish, ularga tegishli boʻlgan 50 million AQSH dollari va 100 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlarini yangidan tuzilayotgan jamgʻarma hisobiga oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, qarorda davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablagʻlari (2017-yilda — 100 milliard soʻm), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamgʻarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda Jamgʻarmaning depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar Jamgʻarma resurslarining qoʻshimcha manbalari sifatida belgilandi.

Qabul qilingan ushbu qaror respublika bank-moliya tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaviy himoya qilish va kafolatlarini taʼminlash, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, biznes subyektlarining kredit resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirish va shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish hamda aholi hayot darajasini oshirishga xizmat qiladi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 880-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3634/0973-son, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)