04.08.2017 yildagi 587-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlari asossiz aralashuvining oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili institutini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-maydagi PF-5037-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil instituti (keyingi oʻrinlarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil deb ataladi) taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yilda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga joriy taʼminot, idora mebeli, kompyuter texnikasi, tashkiliy texnika sotib olish uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yildan boshlab Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga joriy taʼminot, xorijiy tillardagi adabiyotlarni sotib olish, jurnallarga va boshqa davriy nashrlarga obuna boʻlish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati xodimlariga transport xizmati koʻrsatishga limitlar ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik koʻmaklashish mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumat, nohukumat tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/6/0010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari hisoblanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatini transport vositalari bilan taʼminlash belgilangan limitlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil faoliyatini moddiy-texnik va axborot bilan taʼminlash uchun texnik koʻmaklashish mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumat, nohukumat tashkilotlarning grantlarini jalb etish masalasini xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ishlab chiqishda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga koʻmaklashsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqib ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishi, shuningdek xorijiy ekspertlarni taklif qilishni tashkil etish masalasini xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ishlab chiqishda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatiga koʻmaklashsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning buyurtmanomalari boʻyicha Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning faoliyatini moddiy-texnik va axborot bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek tajriba almashayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Oliy sudning statistika axboroti;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazining byulletenlari va yillik maʼlumotnomalari;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xorijiy matbuot sharhlari va tahliliy maʼruzalari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining tahliliy materiallari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatini bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) bepul nazorat nusxasini oladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin va Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilning buyurtmanomalari boʻyicha axborot-tahliliy va ilmiy mahsulotlar nashr etilishiga koʻmaklashsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatining soʻrovi boʻyicha belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati aloqaning zarur turlari va vositalari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan jihozlanishini, shuningdek butunjahon Internet axborot tarmogʻidan keng polosali foydalanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparatining Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondidan va yetakchi xorijiy litsenzion axborot-kutubxona resurslari fondlaridan doimiy ravishda elektron foydalanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil apparati yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, shuningdek qonunchilikka muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/6/0010-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va moliya vaziri B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 4-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
587-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 810-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 09.01.2023-y., 09/23/6/0010-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)