1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ARXIV ISHI BOʻYICHA MEʼYORIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1999-yil 15-apreldagi 769-I-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (“Oʻzbosharxiv”) toʻgʻrisida Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv toʻgʻrisida Namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, davlat qoʻmitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar oʻz meʼyoriy hujjatlarini “Arxiv toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qaror bilan tasdiqlangan arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublikada arxiv ishini boshqarish sxemasi toʻgʻrisida” 1988-yil 31-oktabrdagi 389-son qarorining 1-bandi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (“Oʻzbosharxiv”) toʻgʻrisidagi Nizom va respublika markaziy davlat arxivlari tarmogʻini tasdiqlash haqida” 1992-yil 19-iyundagi 296-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 30-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
482-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1. Mazkur Nizom “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan barcha arxiv hujjatlarining toʻliq qamrab olinishini taʼminlashga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini butlash, hisobga olish, ekspertiza qilish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi — Oʻzbekiston Respublikasi xalqlari tarixiy-madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadigan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan, Oʻzbekiston hududida yashagan va yashayotgan xalqlarning moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettiruvchi, yaratilgan joyi, vaqti, manba turi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tarixan paydo boʻlgan, doimo toʻldirib boriladigan va doimiy saqlanishi kerak boʻlgan arxiv hujjatlarining majmuidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1 Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi hududdagi mavjud va oʻzining barcha tarixi davomida mavjud boʻlgan davlat yuridik shaxslari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy, respublika va mahalliy, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, prokuraturalar, sudlar, banklarning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— sanoat, transport, aloqa, kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari, fan, xalq taʼlimi, madaniyat sohasidagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlar va birlashmalarning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— ustav kapitalida davlat mulki boʻlgan aralash mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— vatanimizning chet elda boʻlgan va (yoki) chet eldagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatida paydo boʻlgan arxiv hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlari, birlashmalarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtgunga qadar oʻz faoliyatlarida paydo boʻlgan hujjatlari, din davlatdan ajratilgungacha boʻlgan davrga tegishli diniy muassasalarning arxiv hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3 Oʻzbekiston Respublikasi hududida harakatda boʻlgan barcha darajadagi harbiy qismlar boshqarmalari va shtablari, qoʻshilmalar va birlashmalar, oʻquv muassasalari va boshqa milliy muhofaza qilish va xavfsizlik muassasalari, tashkilotlari, armiya, chegara va ichki qoʻshinlarning arxiv hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Qonuniy asosda davlat mulkiga, shu jumladan, chet ellardan kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Arxiv hujjatlarining asl nusxasi, shuningdek, davlat mulkiga chet ellardan qonuniy asosda kelib tushgan arxiv hujjatlari nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat arxiv fondi tarkibiga qonun hujjatlari, boshqarish, loyihalash, konstruktorlik, texnologiya, kartografiya, telemetrik va boshqa maxsus hujjatlar, dasturlar, algoritmlar va mashina usuli bilan aniqlash (mexanografik) hujjatlari, kinofotofono hujjatlar, videofonogrammalar, ilmiy, adabiy, badiiy, musiqiy va boshqa qoʻlyozmalar, rasmlar, kundaliklar, memuarlar, yozishmalar va arxiv ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa toifadagi hujjatlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilishi kerak boʻlgan davlat korxonalari, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar hamda bunday hujjatlarning turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari arxiv boʻlimlari tomonidan, shuningdek, ularga qarashli davlat arxivlari tomonidan belgilanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi davlat tomonidan saqlanishi kerak boʻlgan, shu jumladan, saqlash muddati koʻrsatilgan holdagi hujjatlarning namunaviy roʻyxatlarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlari Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi bilan kelishgan holda davlat tomonidan saqlashga berilishi kerak boʻlgan hujjatlarning idoraviy roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1 Oʻzbekiston Respublikasining davlat arxivlari — tegishli yoʻnalishdagi hujjatlar bilan ishlash boʻyicha respublika ilmiy-uslubiy markazlar, jumladan: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi va Oʻzbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi — davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, sudlari, Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining hujjatlari, shuningdek, saqlash uchun ilgari qabul qilingan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivlari — mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar prokuraturalari va sudlari, ularning hududlaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning arxiv hujjatlari, shuningdek, saqlash uchun ilgari qabul qilingan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.3. Hujjatlarni doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar arxivlari (ilovaga muvofiq) — tegishli ixtisosdagi arxiv fondlari va arxiv hujjatlari;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.4. Davlat muzeylari va kutubxonalari — qonuniy asosda davlat mulkiga kiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari, shuningdek davlat tomonidan saqlash uchun ilgari qabul qilingan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat arxivlari (ularning filiallari) tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivi tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat arxivlari (ularning filiallari) toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivi toʻgʻrisidagi nizomlar viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining arxiv boʻlimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat arxiv fondi hujjatlarini doimo saqlashni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar arxivlari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Namunaviy nizomga asosan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi bilan kelishilgan holda ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Davlat arxiv fondi hujjatlarini vaqtincha saqlashni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qoʻshma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalari, ular tomonidan tashkil etiladigan idoraviy, birlashgan idoraviy, idoralararo arxivlar quyidagi muddatlarda amalga oshiradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Prokuraturasi, sudlari, banklari, respublikaga boʻysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalari arxiv hujjatlari — 15 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, prokuraturalari, sudlari, banklari, viloyatga boʻysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalari arxiv hujjatlari — 10 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shahar va tumanga boʻysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalari, qishloq xoʻjaligi korxonalari arxiv hujjatlari — 5 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— fuqarolik holati hujjatlari yozuvlari, shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar, notarial harakatlari, sud ishlari, xoʻjalik daftarlari yozuvlari — 75 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— qoʻshma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, tashkilotlar va mulkchilikning aralash shakllaridagi birlashmalar faoliyatini amalga oshirishda paydo boʻlgan arxiv hujjatlari — 10 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— ilmiy, texnologiya va patent hujjatlari — 10 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— konstruktorlik hujjatlari — 15 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kapital qurilish boʻyicha loyiha hujjatlari — 25 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— telemetrik hujjatlar — 5 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kinosuratovozli hujjatlar va videofonogrammalar tayyorlangan vaqtdan boshlab — koʻpi bilan 3 yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— mashina omili asosidagi hujjatlar — 5 yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— maxfiy hujjatlar — 30 yil mobaynida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv hujjati tarkibiga kiruvchi fotosuratlar, ovoz yozilgan lentalar ushbu hujjatlarni saqlash uchun nazarda tutilgan muddatlar mobaynida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-texnika hujjatlari tarkibiga kiradigan kino va suratovozli hujjatlar, ovozli va video yozuvlar, mashina omilidagi hujjatlar ilmiy-texnika hujjatlarini saqlash uchun nazarda tutilgan muddatlar mobaynida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlgan hollarda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning vaqtincha saqlanish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar va jamiyat (davlat) oʻrtasida xizmat, mehnat va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar saqlanishini taʼminlash maqsadida respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib boʻyicha idoralararo arxivlar tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq davlat arxivlari amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat arxiv fondini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar (ilovaga muvofiq) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasida roʻyxatdan oʻtkazadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi bilan kelishib olingan idoraviy meʼyoriy hujjatlar asosida arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanishni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat, qoʻshma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari qoidalari va yoʻriqnomalariga muvofiq doimiy saqlashga berish uchun arxiv fondi hujjatlari shakllanishini, saqlanishini, hisobini, tanlashni va tayyorlashni taʼminlaydilar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari bilan kelishgan holda ish yuritish xizmatlari va idoraviy arxivlar ishini belgilovchi meʼyoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar; arxiv hujjatlari saqlanishi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vaqtinchalik saqlashning oxirgi muddatlari tugashi bilan davlat arxiv fondi hujjatlari tartibga solingan va ishlov berilgan holda tegishli ilmiy-maʼlumot apparati va alohida qimmatli va noyob hujjatlarga sugʻurta nusxalari bilan doimiy saqlash uchun tegishli davlat arxivlariga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni tayyorlash va doimiy saqlashga berish, shuningdek, sugʻurta nusxalarini tayyorlash, hujjatlarga ishlov berish va joʻnatish bilan bogʻliq barcha ishlar hujjatlarni topshiruvchi va Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat, qoʻshma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar mablagʻlari hisobiga bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli davlat arxiv organi yoki muassasasi tomonidan doimiy saqlanadigan yigʻmajildlar uchun roʻyxatlar tasdiqlangandan va shaxsiy tarkib boʻyicha yigʻmajildlar uchun roʻyxatlar kelishib olingandan soʻng saqlash muddati tugagan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari tomonidan belgilanadigan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat, qoʻshma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarni tugatishda yoki qayta tashkil etishda, shuningdek, ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarni mulkchilik shakllari oʻzgargan hollarda, ular oʻz faoliyatlarini amalga oshirishda paydo boʻlgan arxiv hujjatlari tartibga keltirilgan, koʻrsatilgan hujjatlarga davlat mulk egaligi saqlangan holda vorislarga beriladi, voris boʻlmagan taqdirda tegishli davlat arxivlariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarning saqlanishini taʼminlash maqsadida va ularning bundan buyon saqlash joyi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun yigʻmajildlar va mulklarni berish uchun tuzilgan komissiyalar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalarining vakillari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat arxiv fondi hujjatlari davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, oldi-sotdi qilish yoki boshqa xil bitishuvlar tuzish obyekti boʻlolmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat arxiv fondi hujjatlari, saqlanish joyi, manba turi, axborotni mustahkamlash texnikasi va usulidan qatʼi nazar, davlat hisobida turishi shart. Ushbu hujjatlarni davlat hisobiga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat, qoʻshma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining toʻliqligi, ishonchliligi va hisob boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish muddatlariga rioya qilinishi uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat arxiv fondi hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi muassasalarida, davlat muzeylarida, kutubxonalarida, idoraviy arxivlarda fondlar, kolleksiyalar, saqlash birliklari (yigʻmajildlar) boʻyicha saqlanadi va hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va idoraviy arxivlar yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi xizmat turlarini koʻrsatadilar: saqlanayotgan arxiv fondlari va arxiv hujjatlari toʻgʻrisida axborot berish, arxivlar oʻquv zallarida ishlayotgan tadqiqotchilarga xizmat koʻrsatish, hujjatlardan belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalar va koʻchirmalar tayyorlash, ijtimoiy-huquqiy tusdagi maʼlumotnomalarni belgilangan tartibda berish, koʻrgazmalar, ekskursiyalar tashkil etish, hujjatlarning roʻyxatini tuzish, arxiv yigʻmajildlarni vaqtinchalik foydalanish uchun yuridik shaxslarga berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatlar koʻrsatish yuridik yoki jismoniy shaxslarning yozma soʻrovlari asosida amalga oshiriladi va ish yuritish yoʻriqnomasiga muvofiq jurnallarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arxiv yigʻmajildlari va hujjatlar faqat arxiv rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan koʻrsatiladi. Yoshi 16 ga yetmagan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning arxiv hujjatlaridan foydalanishiga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arxivlar tomonidan pulli xizmatlar ham koʻrsatiladi. Pulli xizmatlar nomenklaturasi “Oʻzbosharxiv” boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda tuziladi va tasdiqlanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pulli xizmatlar shartnomalarga muvofiq koʻrsatiladi, ularda xizmatlarning hajmi va turi, bajarish muddati va toʻlov tartibi kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatlar preyskurantlari belgilangan tartibda tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda “Oʻzbosharxiv” boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni, shuningdek, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bogʻliq davlat arxiv fondi hujjatlaridan foydalanishni cheklash Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida qimmatli va noyob hujjatlardan, shuningdek, jismoniy holati qoniqarsiz boʻlgan hujjatlardan foydalanishni cheklashga yoʻl qoʻyiladi. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi muassasalari, davlat muzeylari va kutubxonalari, idoraviy arxivlar koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan foydalanish fondini tuzadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sir saqlash muddati tugashi munosabati bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sirli xususiyatini yoʻqotgan davlat arxiv fondi hujjatlarini oshkor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi muassasalari, davlat muzeylari va kutubxonalari, idoraviy arxivlar tomonidan fond tashkil etuvchi muassasalar mutaxassislari yoki ularning merosxoʻrlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab jamoat birlashmalari va tashkilotlaridagi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, kasaba uyushmalari, xayriya jamgʻarmalari va boshqa jamgʻarmalar, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlarning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat birlashmalari (kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari)dagi sanoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan, madaniyat, taʼlim, ijtimoiy soha, ommaviy axborot vositalarining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslardagi (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi va boshqalar) nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv fondlari va arxiv hujjatlaridan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga oʻtkazish yoki hujjatlarni undan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari tomonidan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ularning hujjatlari qimmati ekspertiza qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert-tekshirish komissiyasining hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangandan soʻng koʻrsatilgan qarorni tasdiqlagan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organi yoki muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi tartibga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlovchi nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari soʻrovlariga koʻra ularni davlat hisobiga qoʻyish maqsadida oʻzlarining arxiv fondlari va arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat arxiv fondi hujjatlari egalari va (yoki) saqlash joyi almashganda nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organi va muassasasini ushbu hujjatlarning yangi egasi va ularning bundan keyingi saqlanish joyi toʻgʻrisida xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy boʻlinmalarida doimiy saqlashni taʼminlaydilar. Doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlar va shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar (mehnat staji, mehnat haqi, oʻqish, mukofotlash va boshqalar toʻgʻrisidagi hujjatlar) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari roziligini olmasdan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoʻq qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar oʻz hujjatlarini davlat mulki qilib-davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Bunday ishlar bitim (shartnoma) bilan, zarur hollarda hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish shartlari aniqlangan holda, rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar tugatilganda yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxoʻrlar boʻlmaganda ularning hujjatlari davlat mulkiga oʻtkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan boshqa hujjatlarga qoʻshimcha ravishda ularning arxiv fondi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi muassasalariga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlgan taqdirda ularni davlat roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini vaqtinchalik, shu jumladan, depozitar saqlashga davlat arxivlariga, muzeylarga va kutubxonalarga berishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat arxiv fondi hujjatlarini vaqtincha, shu jumladan, depozitar saqlashga berish shartlari va tartibi hujjat egalari bilan davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalar oʻrtasida tuzilgan bitimlar (shartnomalar)da belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Nodavlat arxiv fondi hujjatlari sotiladigan hollarda davlat ularni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega boʻladi. Hujjat egalari, kimoshdi savdosi tashkilotchilari, savdo-vositachilik tashkilotlari boʻlajak sotishgacha kechi bilan bir oy oldin u toʻgʻrisida aniq sotish vaqti va joyi koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalariga xabar berishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning iltimosiga koʻra ularning arxivlarini butlashda, saqlashda va ulardan foydalanishda uslubiy yordam koʻrsatadilar. Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishilganiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi muassasalari ularning arxivlariga hujjatlarni ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, yigʻmajildlarni taʼmirlash va muqovalash, arxiv hujjatlaridan foydalanish yuzasidan pulli xizmatlar koʻrsatishlari, shuningdek, nodavlat arxivlariga boshqacha koʻmaklashishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisida Nizom talablarini buzgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2154-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasining Davlat geologiya fondi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazining davlat standartlari tarmoq fondi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasining kartografiya-geodeziya fondi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi muzeylari va kutubxonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UMUMIY QOIDALAR
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ularni davlat tomonidan hisobga olish va saqlashni nazorat qilishni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga belgilangan tartibda oʻtkazilgan barcha hujjatlar, ular saqlanish joyi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbosharxiv” deb ataladi) va u vakolat bergan arxiv muassasalari amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari egasiga (keyingi oʻrinlarda — egasiga deyiladi) hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng yagona namunadagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish guvohnomasi beriladi (1-ilova). Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari blanklarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanganlik toʻgʻrisida hisobot berish tartibi “Oʻzbosharxiv” tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi ham alohida hujjatga, ham hujjatlar majmuiga (saqlash birligiga (yigʻmajild), kolleksiya, fond, fondlar guruhi, arxiv va boshqalar)ga rasmiylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish daftariga yozib qoʻyiladi (2-ilova). Ushbu daftarni yuritish tartibi “Oʻzbosharxiv” tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilishi vaqtida hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi Respublika fond katalogida davlat hisobida turishi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— hujjatlarni idoraviy saqlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi roʻyxatdan oʻtkazish yilining 1-yanvarigacha boʻlgan statistika hisobotining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— hujjatlarga mulkka egalik huquqining boshqa shaxslarga oʻtkazilishida ularning sobiq egasida roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagi hollarda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi bekor qilinadi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatlarning egasi ularga berilgan mulkka egalik huquqini boshqa shaxsga bersa yoki sud qaroriga koʻra ushbu hujjatlarga mulkka egalik huquqidan mahrum etilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— “Oʻzbosharxiv” organlari va muassasalari ekspert-tekshirish komissiyalari qaroriga koʻra fuqaroning mulki hisoblanadigan hujjatlar yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondidan chiqarilsa va davlat hisobidan olib tashlansa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT HISOBIDA TURGAN HUJJATLARNI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilishi vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining hujjatlari davlat hisobida va arxiv hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan respublika davlat arxivlarida, vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar boshqa davlat saqlash joylarida boʻlgan boʻlsa, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish har bir arxiv boʻyicha Respublika fond katalogi davlat hisobi maʼlumotlari asosida “Oʻzbosharxiv” tomonidan amalga oshiriladi. Bunda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasida davlatga tegishli hujjatlarning umumiy soni koʻrsatib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ishlab turgan davlat hokimiyati va boshqaruvi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning arxiv hujjatlari “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilishi vaqtida davlat hisobida turgan boʻlsa, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ushbu hujjatlar saqlanayotgan har bir arxiv (arxiv filiallari) boʻyicha umumiy belgilangan hisobga olish maʼlumotlari (idoraviy saqlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi statistika hisobotlari) asosida “Oʻzbosharxiv” organlari va muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agar “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilishi vaqtida davlatga tegishli boʻlmagan hujjatlar davlat hisobida turgan boʻlsa, ularga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi, hujjatlarning turgan joyidan qatʼi nazar, ushbu hujjatlar egasiga yoki uning qonuniy vakiliga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Arxiv muassasalarida saqlanayotgan hujjatlarga rasmiylashtirilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi (hujjatlarni saqlashga rejali ravishda har yili kelib tushishi, hujjatlar qimmatini ekspertiza qilish xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondidan hujjatlarning bir qismi chiqarib tashlanishi, ular yigʻmajildlarining bir qismi boshqa arxiv muassasalariga berilishi natijasida) koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar soni oʻzgarganda qayta rasmiylashtirilmaydi. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amalda boʻlishi arxiv muassasasida saqlanayotgan va davlat hisobida turgan barcha hujjatlarga joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY ARXIV FONDIGA KIRITILISHI KERAK BOʻLGAN HUJJATLARNI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ekspert-tekshirish komissiyasining hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangandan soʻng “Oʻzbosharxiv”ning koʻrsatib oʻtilgan qarorni tasdiqlagan organi yoki muassasasi ushbu hujjatlarga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini rasmiylashtiradi. Guvohnoma hujjat egasiga yoki uning qonuniy vakiliga doimiy saqlanadigan tasdiqlangan hujjatlar roʻyxatining nusxasi bilan birga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida oʻz hujjatlarini doimiy saqlash huquqini olgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini “Oʻzbosharxiv”da roʻyxatdan oʻtkazish bilan bir vaqtda “Oʻzbosharxiv” respublika fondi katalogiga fond kartochkalarini va hujjatlarni idoraviy saqlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi roʻyxatdan oʻtkazish yilining 1-yanvarigacha boʻlgan statistika hisobotini taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan hujjatlarni saqlayotgan davlat arxiviga, muzeyga, kutubxonaga saqlash uchun tushayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlariga takroriy guvohnoma berilmaydi. Bunday hollarda ularga hujjatlar davlat hisobiga qabul qilingan paytdan boshlab ilgari berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilishi tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATDAN OʻTKAZISH GUVOHNOMASIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiruvchi hujjatlarning egasi roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini ushbu guvohnomani rasmiylashtirgan arxiv muassasasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— hujjatlarga egalik huquqining boshqa shaxslarga oʻtkazilishida yoki egalik huquqidan mahrum qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— hujjatlarni saqlash joyi va sharoitlari oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— hujjatlar noyob hujjat yodgorliklariga oʻtkazilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— foydalanish fondi nusxalari tayyorlanganda, hujjatlardan foydalanishga cheklashlar belgilanganda va hujjatlardan foydalanish shartlariga boshqacha oʻzgartirishlar boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— takomillashtirilgan va ularga ilmiy-maʼlumotnoma apparati yaratilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatlarning nusxalari xorijga olib chiqilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— oʻz mulkidagi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondidan chiqarib tashlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— guvohnomalarni rasmiylashtirishda xatolar aniqlanganda yoki ular foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolgan hollarda taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Roʻyxatdan oʻtkazilgan guvohnomalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— yoʻqotib qoʻyilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— unga qoʻshimcha yozuvlar, tuzatishlar kiritilganda yoki yaroqsiz boʻlib qolganda haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Arxiv muassasasi egasi murojaat qilganda murojaat qilingan kunda, maʼlumotlarni tekshirish yoki aniqlash zarur boʻlganda esa — uch kun muddatda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga oʻzgartirish kiritilishi, qayta rasmiylashtirilishi yoki u bekor qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat boʻlganda arxiv muassasasi hujjat egasidan uning shaxsini yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun asos boʻlib hisoblanadigan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yoʻqotib qoʻyilgan yoki u tuzatib boʻlmaydigan darajada yaroqsiz boʻlib qolgan hollarda tegishli arxiv muassasasi uning egasi arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan mazkur qoidaga muvofiq takroriy guvohnoma (dublikat) beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish masalalariga doir arxiv muassasalari va hujjatlar egalari orasidagi nizolar “Oʻzbosharxiv” tomonidan koʻrib chiqiladi. “Oʻzbosharxiv”ning ushbu masalalar boʻyicha qarori ustidan sudga arz qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining tarkibiy qismi hisoblanadi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish daftariga _______ yil ________ da __________ tartib raqami bilan yozib qoʻyildi.
Hujjatlarning egasi (yuridik yoki jismoniy shaxs)
Saqlanish joyi (manzili)
Saqlanish sharoiti
Foydalanish sharti
Roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi seriyasi va raqami
Guvohnomani olganlik haqidagi imzo va lavozim
izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* agar alohida hujjat roʻyxatdan oʻtkazilayotgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (“Oʻzbosharxiv”) respublikada arxiv ishini boshqarishning vakolatli davlat organi hisoblanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbosharxiv” respublikadagi arxiv ishining ahvoli, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbosharxiv” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbosharxiv” tizimiga arxiv ishini boshqarish mahalliy vakolatli davlat organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining arxiv boʻlimlari, shuningdek, arxiv muassasalari — Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxivlari (ularning filiallari), viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxivlari (ularning filiallari) kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbosharxiv” Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini boshqaradi, jamiyat va fuqarolar manfaatlari yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi — respublika xalqlarining tarixiy oʻtmishi toʻgʻrisidagi hujjatli yodgorliklarni butlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish davlat vazifasi yuklangan respublika arxiv muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi va uni muvofiqlashtiradi. U arxiv ishini rivojlantirish va ushbu sohadagi ilmiy-texnika taraqqiyotining davlat tomonidan boshqarilishini taʼminlaydi, davlat va idoraviy arxivlarning faoliyatini tarmoqlararo muvofiqlashtiradi, arxiv ishi boʻyicha respublika qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar “Oʻzbosharxiv”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, saqlanishini taʼminlash, davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv ishi ahvolini tahlil qilish, uning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini oʻrganish, konsepsiyalari va strategiyasini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohasidagi ilmiy va uslubiy ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirib borish, ilmiy tadqiqotlar va fan-texnika yutuqlari natijalarini respublika arxiv muassasalari ish amaliyotiga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika davlat arxivlarini boshqarish, ularning faoliyat koʻrsatishlarini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv ishi sohasidagi respublika qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv ishi sohasida vatanimiz va chet el ilgʻor ish tajribasini yoyish va respublika arxiv ishini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzbosharxiv” oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat arxivlarida butlanishi va saqlanishini tashkil etadi, hujjatlarning koʻrsatib oʻtilgan arxivlarga topshirishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining respublika davlat arxivlarida roʻyxatdan oʻtkazilishini tashkil etadi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimo saqlovchi arxiv muassasalariga guvohnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining markazlashtirilgan holda davlat hisobini yuritadi; ushbu hujjatlarning saqlanishini va ulardan foydalanilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat arxivlari tarmoqlarini rivojlantirish va tuzilishini mukammallashtirish ishini belgilangan tartibda tashkil etadi va uni olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv fondlari tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qiladi, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan fondlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxivlariga toʻplash boʻyicha, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar davlat arxivlaridan olingan Oʻzbekiston doirasidagi hujjatlarni viloyatlar davlat arxivlariga va aksincha, bir viloyat davlat arxivlaridan olingan hujjatlarni boshqa viloyat davlat arxivlariga topshirish toʻgʻrisidagi tadbirlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini ekspertiza qilishni va ularni davlat arxivlarida doimiy saqlash uchun tanlashni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilishi kerak boʻlgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining toifasini belgilaydi; davlat saqloviga topshirilishi kerak boʻlgan, shu jumladan, saqlash muddatlari koʻrsatilgan hujjatlarning namunaviy roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning idoraviy roʻyxatini kelishib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat arxiv fondi hujjatlarini sotib olish uchun davlatning ustuvor huquqini amalga oshiradi, bunda “Oʻzbosharxiv” tizimi organlari va muassasalariga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv xizmatlari va idoraviy arxivlarning ishiga tarmoqlararo tashkiliy-uslubiy rahbarlik va nazorat qilishni, respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ish yuritishidagi hujjatlarni tashkil etishni amalga oshiradi; idoraviy arxivlar tarmoqlarini rivojlantirish va ularning ishini tashkil etish tadbirlarida qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini butlash, saqlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha qonunga oid va boshqa meʼyoriy hujjatlar loyihasi tayyorlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv ishini rivojlantirish davlat dasturlarini tayyorlaydi va ularni amalga oshirishni taʼminlaydi, respublikada arxiv ishini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, yigʻma yillik rejalarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi; respublika davlat arxivlari faoliyatining yigʻma statistik hisobini yuritadi; vaqt va ishlab chiqarishning namunaviy normalarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarga arxiv muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlar turlari nomenklaturasini belgilaydi va tasdiqlaydi; respublika davlat arxivlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar uchun preyskurantlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv ishida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish va ulardan foydalanish sohasida texnik siyosatni belgilaydi; axborot tarmoqlarini va maʼlumotlar bazalarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibi va uni mazmuni toʻgʻrisidagi axborotlarni qidirib topishni taʼminlash uchun arxiv maʼlumotnomalarining anʼanaviy turlarini yaratishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat arxivlarining arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohasida, ilmiy tadqiqotlar natijalarini arxiv ishi amaliyotiga joriy etishda ilmiy-uslubiy ishlarini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi; arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish boʻyicha qoida, yoʻriqnoma va boshqa meʼyoriy uslubiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat arxivlaridagi hujjatlardan foydalanish tartibini belgilaydi, idoraviy arxivlardagi hujjatlardan foydalanish tartibini kelishib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv hujjatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-axborot adabiyotlarini nashr etishni tashkil qiladi, retrospektiv axborotga va hujjatlardan foydalanish samaradorligiga boʻlgan jamoatchilik ehtiyojlarini oʻrganish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaysi idoraga boʻysunishlaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan arxiv ishi sohasi boʻyicha qonun hujjatlari, arxiv fondlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishni taʼminlash hamda ish yuritishda hujjatlar tashkil etish talablari bajarilishini tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat arxivlari mulkdorlariga ushbu arxivlarning hujjatlarini butlash, saqlash va ulardan foydalanishda yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston hududida qadimgi hujjatli yodgorliklarni toʻplash uchun maxsus ruxsatnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtiradi, bevosita boʻysunuvchi arxiv muassasalari obyektlari qurilishini moliyalashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbosharxiv”ga bevosita boʻysunuvchi arxiv muassasalarini saqlash uchun xarajatlar toʻgʻrisida respublika budjeti loyihasiga takliflar ishlab chiqadi, ularni moliyalashni va sarf-xarajatlarni nazorat qilishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxivlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv ishi boshqaruvini hujjat bilan taʼminlash sohasidagi vatanimiz va chet el ilgʻor tajribasini oʻrganish va yoyish, arxiv muassasalari ish tajribasiga mehnatni tashkil etish va boshqaruvning ilgʻor shakllarini, xoʻjalik yuritishning yangi shartlarini joriy qilish va respublika arxiv muassasalari xodimlarining ish faoliyatini ragʻbatlantirish ishlarini tashkil etadi; xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha ishida qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini respublika tashqarisiga vaqtincha olib chiqib ketishga ruxsatnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika tashqarisida boʻlgan arxiv hujjatlarini qaytarish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va kiritadi, chet ellardagi Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlarini yoki ularning nusxalarini aniqlashni va ularni sotib olishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika arxivlari ish amaliyotiga hujjatlarni saqlash, taʼmirlash, konservatsiyalash, profilaktika ishlarini olib borish, ulardan nusxa olish, foydalanishning eng oqilona tizimlari va usullarini joriy etishni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv muassasalari, idoraviy arxivlar va respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlari ish yuritish xizmatlari xodimlari malakasini oshirishni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbosharxiv” tizimi arxiv muassasalari xodimlarining ish sharoitlarini, ularning ijtimoiy himoyasini yaxshilash masalalari hal etilishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarining oʻz vaqtida va puxta koʻrib chiqilishini tashkil etadi, ularda koʻtarilgan masalalarning toʻgʻri hal etilishiga erishadi; oʻzlariga qarashli muassasalar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi; konsullik soʻrovlar ijrosini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzbosharxiv” quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, qaysi idoraga boʻysunishlaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan arxiv ishlari va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi zarur materiallarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq davlat fondlari, muzeylar va kutubxonalarning qoʻlyozma boʻlimlari hamda vazirliklar, idoralar va respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi boshqa organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar ish yuritish xizmatlari vakillari axborotini eshitish; belgilangan tartibda ulardan arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha hujjatlarni tashkil etish ishlari masalalari boʻyicha zarur axborotlarni soʻrab olish; tashkilotlarga arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlarni tashkil etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika davlat arxivlaridan, tarmoq davlat fondlaridan, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, kutubxonalar va muzeylarning qoʻlyozmalar boʻlimlaridan, siyosiy, jamoat, diniy tashkilotlardan va birlashmalar, qoʻshma korxonalar va boshqa yuridik shaxslardan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimo saqlovchi fuqarolardan “Oʻzbosharxiv” respublika fondi katalogi uchun tegishli maʼlumotlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining oʻgʻirlanishiga, shikastlanishiga, ularni yashirishga yoki qonunga zid ravishda yoʻq qilishga sharoit yaratishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar va fuqarolar toʻgʻrisida tergov organlarini xabardor qilib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish masalalarini koʻrib chiqish uchun doimiy va vaqtinchalik idoralararo komissiyalar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika vazirliklari va idoralari tomonidan ishlab chiqiladigan arxiv ishi va ish yuritishdagi hujjatlarni tashkil etish masalalari boʻyicha qoida, nizom, yoʻriqnoma, oʻquv dasturlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarni kelishib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tashkilotlar, mansabdor va xususiy shaxslar, shuningdek, chet davlatlar bilan oʻz vakolati doirasida aloqalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya sohasidagi ishlarni bajarish uchun tanlovlar eʼlon qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbosharxiv”ning masʼul xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, respublika korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalari arxivlari va ish yuritish xizmatlariga borish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbosharxiv”ga boshliq boshchilik qiladi. “Oʻzbosharxiv” boshligʻi va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar va ozod etiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbosharxiv” boshligʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbosharxiv” faoliyatiga rahbarlik qiladi va “Oʻzbosharxiv” zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqarma boshligʻi va oʻrinbosari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan xodimlar soni va ish haqi toʻlash fondi doirasida shtat jadvali, lavozim okladlari va ularga qoʻshimchalarni, “Oʻzbosharxiv” markaziy apparat xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, tegishli davr uchun tasdiqlangan mablagʻlar doirasida uni saqlash uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbosharxiv” markaziy apparati xodimlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxivlari direktorlari va ularning oʻrinbosarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbosharxiv” tizimi organlari va muassasalari bajarishi majburiy boʻlgan oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari rahbarlari bilan birgalikda arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish masalalari yuzasidan buyruqlar, koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar va boshqa meʼyoriy hujjatlar chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida arxiv ishi boʻyicha masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv apparati tarkibiy boʻlinmalari va “Oʻzbosharxiv”ga bevosita boʻysunuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxivlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi boshligʻi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari arxiv boʻlimlari mudirlari tegishli ravishda “Oʻzbosharxiv” rahbariyati bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Oʻzbosharxiv” markaziy apparati tuzilmasi va uning xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzbosharxiv” tarkibida boshqarma boshligʻi (rais), lavozimi boʻyicha uning oʻrinbosari va “Oʻzbosharxiv” tizimi boshqa rahbar xodimlaridan iborat aʼzolari boʻlgan hayʼatga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayʼat tarkibi va uning aʼzolari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbosharxiv”ning maslahat organi hisoblanadigan hayʼati respublikada arxiv ishini rivojlantirish, davlat arxivlarini tashkil etish va uning faoliyati, hokimiyat va boshqaruv respublika organlari, ularga boʻysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxivlari ahvoli, ijroni tekshirish,kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini, eng muhim qoidalar va yoʻriqnomalar loyihalarini koʻrib chiqadi, respublika arxiv muassasalari va “Oʻzbosharxiv” tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining, shuningdek, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, respublika tarmoq fondlari rahbarlarining arxivlar va ish yuritishning ahvoli masalalari boʻyicha axborotlarini eshitadi, zarur qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Oʻzbosharxiv” huzurida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— respublikada arxiv ishi boʻyicha ilmiy muammolarni koʻrib chiquvchi ilmiy kengash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari tarkibini belgilash va hujjatlar qimmatini ekspertiza qilish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi faoliyat koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan kengashlar va komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlar, shuningdek, ularning tarkibi “Oʻzbosharxiv” boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʻzbosharxiv” yuridik shaxs hisoblanadi, respublika budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi, mustaqil balansga, banklarda schyotlarga ega boʻladi, uning tarkibiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxivlarining balanslarini hisobga olgan holda yigʻma balanslar tuzadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shuningdek, firma blanklariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qaroriga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NIZOM

1. “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hujjatlar saqlanishini taʼminlash, hisobini olish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish uchun respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda* idoraviy arxivlar tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* keyingi oʻrinlarda “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar” soʻzlari oʻrniga “tashkilot” soʻzi ishlatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Idoraviy arxiv yetakchi (bosh) boʻlgan tashkilot qoshida mustaqil muassasa yoki tarkibiy boʻlinma sifatida tashkil etiladi, u tashkilot rahbari yoki tashkilot toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hujjatlar bilan ishlashni yoʻlga qoʻyish uchun javobgar boʻlgan tarkibiy boʻlinma rahbariga boʻysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Idoraviy arxiv oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, yetakchi (bosh) va oʻz tashkilotining buyruqlari va koʻrsatmalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining qoidalari va yoʻriqnomalariga va mazkur Namunaviy nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Idoraviy arxiv mudiri (yoki arxiv uchun javobgar shaxs) va arxivning shtatdagi boshqa xodimlari tashkilot rahbari tomonidan ishga tayinlanadi va ishdan boʻshatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Idoraviy arxiv tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq ishlaydi va oʻz faoliyati haqida unga hisobot berib turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Arxiv xodimlarining xizmat doirasidagi vazifalari tashkilot rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yoʻriqnomasi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu Namunaviy nizomga muvofiq tashkilot oʻzining idoraviy arxivi toʻgʻrisidagi nizomini ishlab chiqadi va u Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining tegishli organi yoki muassasasi bilan kelishgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IDORAVIY ARXIV HUJJATLARINING TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Idoraviy arxiv hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1. Tashkilot tarkibiy boʻlinmalari hamda unga bevosita boʻysunadigan boʻlinmalarning (agar ularda amaliy jihatdan arxiv tashkil etishga ehtiyoj boʻlmasa) ish faoliyati jarayonida vujudga kelgan va ish yuritish davomida tugallangan hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2. Mazkur tashkilot tizimida boʻlib tugatilgan hamda undan oldin faoliyat koʻrsatgan tashkilot hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.3. Mazkur tashkilotda yoki unga qarashli boʻlgan tashkilotda ishlagan fan, texnika, madaniyat arboblari va ishlab chiqarish novatorlarining shaxsiy fondlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.4. Matbaa hujjatlari, shu jumladan, arxiv hujjatlarini toʻldiruvchi idoraviy nashrlar hamda arxivning ilmiy-tadqiqot, axborot-maʼlumotnoma va boshqa ishlari uchun zarur boʻlgan materiallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.5. Arxiv hujjatlari tarkibi va mazmunini ochib beruvchi ilmiy-maʼlumot apparati (hujjatlar roʻyxati, tarixiy maʼlumotnomalar, kataloglar, koʻrsatkichlar, sharxlar va hokazo).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mustaqil muassasa huquqiga ega boʻlgan, hujjatlarni arxivga topshiruvchi muassasalar roʻyxati va topshirish muddatlari huzurida arxiv faoliyat koʻrsatayotgan yetakchi (bosh) tashkilot rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining tegishli organi va muassasasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IDORAVIY ARXIVNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Idoraviy arxivning asosiy vazifalari: tashkilot hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlashdan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Idoraviy arxiv oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari bilan kelishilgan meʼyoriy-uslubiy hujjatlarga muvofiq tashkilotning tarkibiy boʻlinmalari hamda arxivni butlash manbalari hisoblangan boshqa tashkilotlarning ish yuritish jarayonida tugallangan hamda shaxsiy tarkib hujjatlarini qabul qiladi, hisobga oladi va saqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.2. Arxivga qabul qilingan yigʻmajildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.3. Arxivda saqlanayotgan hujjatlarga ilgari davlat tomonidan saqlashga topshirilgan hujjatlarning ilmiy-maʼlumot apparati bilan izchilligini hisobga olgan holda ilmiy-maʼlumot apparatini tashkil qiladi va toʻldirib boradi;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.4. Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etadi, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishda uslubiy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.5. Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan muddatlarda topshiradi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻz hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan idoraviy arxivlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning davlat hisobini yuritishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalariga taqdim etadi hamda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning idoraviy saqlanishi toʻgʻrisida tasdiqlangan statistik shakllar boʻyicha maʼlumotlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.7. Tashkilotning ish yuritish xizmati bilan birgalikda tarkibiy boʻlinmalar yigʻmajildlarining toʻgʻri shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi, yigʻmajildlar roʻyxatini tuzishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.8. Quyi tarkibiy boʻlinmalarda arxivlarning ahvolini va ish yuritish qanday yoʻlga qoʻyilganligini tekshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.9. Quyi tashkilotlarda saqlanayotgan hujjatlar hisobini olib boradi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.10. Hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham manfaatdor tashkilotlarga, ham fuqarolarga maʼlumotnomalar, hujjatlardan koʻchirmalar va nusxalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.11. Tizim tashkilotlari arxivlarining ish tajribasini oʻrganadi va umumlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.12. Tashkilotning oʻziga xosligini hisobga olgan holda arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlar bilan ishlash boʻyicha meʼyoriy-uslubiy hujjatlar (yoʻriqnoma, tavsiya, nizom, saqlash muddatlari koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxati va boshqalar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi organlari va muassasalari bilan kelishib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.13. Quyi tashkilotlar xodimlariga hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish va arxiv ishi masalalariga doir maslahatlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.14. Quyi tashkilotlarning ish yuritish xizmati va arxiv xodimlari malakasini oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IDORAVIY ARXIVNING HUQUQLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Idoraviy arxivga oʻziga yuklangan vazifalarni va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.1. Tashkilotning tarkibiy boʻlinmalari va quyi tashkilot arxivlariga oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.2. Tashkilotning tarkibiy boʻlinmalari va quyi tashkilot arxivlaridan arxiv ishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.3. Zarur hollarda ekspertlar va maslahatchilar sifatida tashkilotning malakali mutaxassislarini jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.4. Idoraviy arxiv huzurida arxiv ishiga koʻmaklashuvchi kengashlar va komissiyalar tashkil etish.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 10-son, 62-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 11-modda; 2004-y., 5-son, 53-modda; 11-son, 129-modda; 2005-y., 27-son, 191-modda; 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 27-son, 251-modda; 2010-y., 42-43-son, 362-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 29-son, 693-modda, 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 22.10.2018-y., 09/18/837/2076-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 09.10.2020-y., 09/20/634/1361-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)