LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3024-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davyergeodezkadastr deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Davyergeodezkadastr yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi), tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, shuningdek qo‘mita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar Davyergeodezkadastrning yagona tizimini tashkil etadi.
5. Davyergeodezkadastr o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Davyergeodezkadastr o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Davyergeodezkadastrning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy tusga ega qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
8. Davyergeodezkadastr yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
9. Davyergeodezkadastrning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, “S” mavzesi, 100097.
yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;
erdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan uni buzganlik uchun aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish orqali amalga oshirish;
yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini, shuningdek, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodeziya ma’lumotlari va kartografiya materiallaridan foydalangan holda sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi ishlashini ta’minlash;
aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda, kartografik monitoringni amalga oshirish;
ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasini, ko‘chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich o‘tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish;
sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik subyektlariga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish;
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro grantlarni jalb etish;
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo‘yicha tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta’minlash.
11. Davyergeodezkadastr o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash sohasida:
yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yer resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
yer fondining holatini kuzatish, o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida yerlar monitoringini amalga oshiradi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
qishloq xo‘jaligi yerlarining olib qo‘yilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi nobudgarchiligining o‘rnini qoplash uchun kelib tushadigan mablag‘larni jamlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish bilan bog‘liq yer tuzish, geodeziya, kartografiya, topografiya, gidrografiya va o‘z vakolati doirasida boshqa ishlarni tizimli asosda tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha geodeziya ma’lumotlari, yerni masofadan zondlash, yer tuzish, topografik, kartografik, gidrografik va boshqa materiallar bilan ta’minlaydi;
geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, geografik obyektlarning nomlarini maqbullashtirish ishlarini amalga oshiradi, geografik obyektlar nomlari davlat reyestrini yuritadi;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarni belgilangan tartibda geodeziya ma’lumotlari va kartografiya materiallari bilan ta’minlaydi;
b) yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
yer tuzish, yerdan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish sohalarida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
tuproqlarning sifatini baholash maqsadida tuproq s’yomkasini, tuproqlarning bonitirovkasini o‘tkazadi;
geodeziya punktlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirishda zichlik me’yorlarini va davlat topografiya xaritalari hamda planlarini davriy yangilash me’yorlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarini hisobga olishni va yuritishni tashkil etadi;
v) yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish sohasida:
erga oid munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirishga, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini oldini olish va bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlaydi;
foydalanmayotgan va samarasiz tarzda foydalanayotgan yerlarni aniqlash, ularni o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yish va belgilangan maqsadda foydalanish, jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ajratib berish yuzasidan takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda yer resurslaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash, yer munosabatlarini tartibga solish, yer qonunchiligiga rioya qilish, yerlardan samarasiz foydalanishning o‘z vaqtida oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini tizimli tashkil etadi va amalga oshiradi;
g) Davlat kadastrlari yagona tizimini, shu jumladan davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasida:
davlat kadastrlarini yuritishni takomillashtirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini ta’minlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan tarmoq kadastr axborotlarini yig‘ish, tahlil qilish, turkumlash, saqlash va yangilashni amalga oshiradi;
jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan bino va inshootlarning inventarizatsiya qiymatini belgilaydi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va ko‘chmas mulkka doir bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining tumanlar va shaharlarning yer kadastri navbatchi xaritalarini elektron shaklida yuritadi;
ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish bo‘yicha materiallarni tayyorlaydi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
d) uchuvchisiz uchish apparatlardan foydalangan holda qishloq xo‘jalik yerlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodeziya ma’lumotlari va kartografiya materiallardan foydalangan holda sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi ishlashini ta’minlash sohasida:
sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimining ishlashini ta’minlash uchun geodeziya ma’lumotlari, kartografiya materiallarini yaratadi hamda yangilab boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi hududini masofadan zondlash, geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishda istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;
erni masofadan zondlash materiallaridan foydalanish faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda geodeziya, kartografiya va yerni masofadan zondlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni tashkil etadi;
davlat maqsadidagi hamda maxsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya xaritalari va planlarini yaratadi, yangilaydi va nashr qiladi;
umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy ma’lumotnoma va boshqa mavzuli xaritalarni hamda tarmoqlararo maqsaddagi atlaslarni, o‘quv kartografiya qo‘llanmalarini tuzadi va nashr qiladi;
davlat maqsadidagi va maxsus maqsaddagi geoaxborot tizimlarini yaratadi, rivojlantiradi va yuritadi;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-texnologiya ishlarini bajaradi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
j) ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasini, ko‘chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich o‘tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish sohasida:
ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasini, ko‘chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga bosqichma-bosqich o‘tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratadi va doimiy ravishda yangilab borishni ta’minlaydi;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi;
manfaatdor vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda o‘zaro elektron axborot almashuvini ta’minlaydi;
z) sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida fuqarolarga hamda tadbirkorlik subyektlariga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish sohasida:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatadi;
i) yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro grantlarni jalb etish sohasida:
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil etadi, xalqaro grantlarni jalb etishni ta’minlaydi;
k) yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo‘yicha tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta’minlash sohasida:
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo‘yicha tizimli ravishda, shuningdek masofaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llagan holda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni ta’minlaydi;
12. Davyergeodezkadastr o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar hamda tizimiga kiruvchi tashkilotlar orqali bajaradi.
13. Davyergeodezkadastr o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha tekshirishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan, davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
aybdor fuqarolar va mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda vakolati doirasida ma’muriy javobgarlikka tortish, yer qonunchiligi buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha da’volar taqdim etish, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarning javobgarligi masalasini hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish;
er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni to‘xtatish to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishini belgilangan tartibda tekshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilanishi bilan bog‘liq arxiv materiallarini o‘rganishda ishtirok etish, vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, dyelimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish texnologiyasini ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegara chizig‘ini joyida tekshirish va aniqlash;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun belgilangan tartibda zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;
sohaga oid muammolar bo‘yicha jamoatchilik, maslahat, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, yig‘ilishlar chaqirish hamda uzoq muddatli dasturlarni, hududiy kompleks sxemalarni, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga sohaga oid kadrlar zaxirasini tayyorlash uchun buyurtma va yo‘llanmalar berish;
belgilangan tartibda markaziy apparat va uning tizimiga kiruvchi hududiy boshqarmalar hamda tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanishni tashkil etish;
Davyergeodezkadastr xodimlarini mehnatiga haq to‘lash, rag‘batlantirish, mukofotlash va boshqa rag‘batlantirishlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
14. Davyergeodezkadastr o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqli.
Davyergeodezkadastr, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa turdagi hujjatlarni chiqarishga haqli.
15. Davyergeodezkadastr va uning mansabdor shaxslari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar.
16. Davyergeodezkadastrga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davyergeodezkadastr raisining O‘zbekiston Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Davyergeodezkadastr raisi maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari hamda moddiy va ijtimoiy ta’minoti bo‘yicha vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Davyergeodezkadastr raisi ayni bir vaqtda yerlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Davyergeodezkadastr faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Davyergeodezkadastr nomidan vakillik qiladi yoxud qo‘mita nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi;
belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Davyergeodezkadastrning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarning shtat jadvalini, shuningdek Davyergeodezkadastrning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va tizimiga kiruvchi tashkilotlar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Davyergeodezkadastrga ajratilgan moliyaviy va moddiy mablag‘larni belgilangan tartibda tasarruf etadi;
belgilangan tartibda markaziy apparat va hududiy boshqarmalar tuzilmasi va nizomlarini, shuningdek tizimga kiruvchi tashkilotlar ustavlarini va tuzilmasini tasdiqlaydi;
belgilangan tartibda Davyergeodezkadastr markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Davyergeodezkadastr vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, rais o‘rinbosarlarining, qo‘mitaning, uning hududiy boshqarmalari va tizimga kiruvchi tashkilotlarining boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;
zarur bo‘lganda markaziy apparatning, hududiy boshqarmalar va tizimga kiruvchi tashkilotlarning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy shtatlar soniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritadi;
Davyergeodezkadastr, hududiy boshqarmalar va tizimga kiruvchi tashkilotlar xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Davyergeodezkadastr tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi, shuningdek soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarga Davyergeodezkadastrning ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlari hamda boshqa rag‘batlantirishlar bilan taqdirlaydi;
Davyergeodezkadastr nazoratidagi bo‘linmalarga bevosita rahbarlik qiladilar va qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlarini — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Davyergeodezkadastr raisi tomonidan;
Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari boshliqlarini — Davyergeodezkadastr bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari tomonidan;
Davyergeodezkadastr tizimiga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlarini — qo‘mita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy boshqarmalar Davyergeodezkadastrga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga hisobot beradi.
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari ayni bir vaqtda tegishli hududlarda yerlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Davyergeodezkadastrda, uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini muvofiqlashtiradigan, qo‘mita raisi (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i, hududiy boshqarmalari, tizimga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Davyergeodezkadastr raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davyergeodezkadastrning mazkur Nizomda nazarda tutilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
kadrlarni Davyergeodezkadastr nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tanlash, joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Davyergeodezkadastrning hududiy boshqarmalari va qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarining har chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
Davyergeodezkadastr rahbarlari va xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini Davyergeodezkadastr hududiy boshqarmalari va qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
23. Hay’at majlislariga boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davyergeodezkadastr vakolatlariga kiruvchi masalalarga aloqador boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
Majlisda Hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi hozir bo‘lganda Hay’at majlisi vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
24. Hay’at tomonidan qabul qilingan qarorlar Davyergeodezkadastr qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Davyergeodezkadastr raisi va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, bunda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga xabar qilinadi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga ma’lum qilishlari mumkin.
25. Davyergeodezkadastr huzurida ilmiy-texnik Kengash tuziladi. Ilmiy-texnik Kengash to‘g‘risida nizom va uning shaxsiy tarkibi qo‘mita Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
26. Davyergeodezkadastr, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi va uning tarkibidagi Davlat kartografiya-geodeziya fondi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini saqlab turish va moddiy-texnik ta’minlash, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
27. Davyergeodezkadastr xodimlariga qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan va respublikaning tegishli tarmoq kasaba uyushmasi bilan kelishiladigan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq har oyda uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun ustama to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Davyergeodezkadastr tizimida uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun to‘lanadigan ustamalar faqat asosiy ish joyi bo‘yicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Ish staji bo‘yicha guruh | Uzluksiz staj uchun ustama miqdori |
3 yildan 5 yilgacha | 20 foiz |
5 yildan 10 yilgacha | 35 foiz |
10 yildan 15 yilgacha | 50 foiz |
15 yildan va undan ortiq | 60 foiz |
Keyingi tahrirga qarang.
29. Davyergeodezkadastr, hududiy boshqarmalar va qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, xususan, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va umumiy foydalanish bo‘yicha axborot tizimlarini joriy etish, dasturiy vositalar bilan ta’minlash hamda qo‘mita xodimlarining malakasini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy rag‘batlantirish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun qo‘shimcha manba sifatida Davyergeodezkadastrning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari hamda tizimga kiruvchi tashkilotlarning jami bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorida ajratmalar o‘tkazishi hisobiga shakllantiriladi.
30. Davyergeodezkadastr qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soha xodimlarining hayotini sug‘urtalash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.
31. Xodimlarning ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va ustamalar, rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat bo‘ladi.
32. Davyergeodezkadastrni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davyergeodezkadastr deb ataladi) amaldagi shtatlariga qo‘shimcha ravishda kiritilgan shtat birliklarini saqlash, Davyergeodezkadastrning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, uning xodimlarini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish maqsadida tashkil etiladi.
3. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan Davyergeodezkadastrning yagona shaxsiy hisobvarag‘ida jamlanadi.
Davyergeodezkadastr organlari tomonidan yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganligi yoki ularni yaroqsiz holga tushirganligi, xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqilganligi, davlat yer kadastrini yuritish qoidalari buzilganligi, chegara va cheklov belgilarini yo‘q qilinganligi yoki shikastlanganligi uchun solinadigan jarimalarning 100 foizi;
fuqarolarning uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirilmaganligi uchun undiriladigan jarimalarning 10 foizi;
kadastr hujjatlarini texnik xatlovdan o‘tkazish va rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlariga belgilangan narxlarni 25 foizga oshirish hisobiga tushadigan mablag‘larning (soliqlar hisoblangandan keyin) 100 foizi;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Jamg‘armaning mablag‘laridan foydalanish Jamg‘armaning har yili tasdiqlanadigan daromadlari va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qaroriga muvofiq Davyergeodezkadastrning amaldagi shtatlariga qo‘shimcha ravishda kiritilgan shtat birliklarini saqlash;
yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
Davyergeodezkadastr tizimi organlari xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlar;
xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek, boshqa moddiy-texnika vositalarini sotib olish, ularga servis xizmati ko‘rsatish, ehtiyot qismlari va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash;
xodimlarni rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, xizmat turar joylari qurish, tibbiy xizmat ko‘rsatish;
tarmoqqa oid ilmiy ishlar, innovatsiya loyihalari va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ixtirolar, ilmiy ishlar yaratishni rag‘batlantirish, tarmoq masalalariga oid metodik ko‘rsatmalar va maqolalarni nashr etish, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazish;
Jamg‘arma mablag‘lari Davyergeodezkadastrga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun ham ishlatiladi.
7. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash Davyergeodezkadastr raisi boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Kuzatuv kengashi tarkibi Davyergeodezkadastr raisi tomonidan tasdiqlanadi va unga lavozimiga ko‘ra Davyergeodezkadastr raisi o‘rinbosarlari, Iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i kiradi.
Kuzatuv kengashi uning majlisida ushbu kengash tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan tadbirlarni jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishini belgilaydi;
9. Kuzatuv kengashi majlisi har chorakda bir marotaba, zarur bo‘lganda navbatdan tashqari hollarda chaqiriladi.
10. Jamg‘arma mablag‘larini to‘plash va sarflashni tezkor boshqarish Davyergeodezkadastrning Iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Kuzatuv kengashiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha moliyalashtirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
12. Jamg‘arma bo‘yicha mablag‘lar tushumi va harakati hisobi Davyergeodezkadastr tomonidan alohida yuritiladi.
13. Hududiy organlarning g‘aznachilik hisob raqamlarida jamlangan mablag‘lardan foydalanish haqida hisobotlar belgilangan tartibda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasigacha Davyergeodezkadastrga taqdim etiladi.
14. Davyergeodezkadastr tomonidan har chorakdan keyingi oyning 15-sanasida Jamg‘arma mablag‘larini jamlanishi va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kuzatuv kengashiga taqdim etadi.
15. Hisobotlar hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasigacha Davyergeodezkadastr tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
16. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
18. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
19. Jamg‘arma mablag‘larining to‘g‘ri shakllantirilishi va foydalanilishi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan amalga oshiriladi.
20. Jamg‘armani tugatish yoki qayta tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-yanvardagi 19-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Geodeziya va kartografiya boshqarmasini tashkil etish haqida”gi qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining 1 — 10 va 12-bandlari, shuningdek qarorga 1 — 6-ilovalar (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga 1-ilovaning 54-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarorining 10-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 41-42-son, 483-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori) gi qaroriga ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda).