Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 410-sonli “Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 25-iyuldagi F-1218-son farmoyishi bilan tashkil etilgan fuqarolarning yollanib (kunbay) ishlashi to‘g‘risidagi masalani o‘rganish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlar bajarilishi masalalari o‘rganib chiqildi.
Tahlillar vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi ko‘pchilik shaxslar, eng avvalo yoshlar, ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligini, zarur mehnat ko‘nikmalari, kasblar va malakaga ega emasligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga fuqarolarning muayyan qismi vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish bahonasi bilan o‘z oilaviy majburiyatlarini bajarishdan, o‘z oilalarini moddiy ta’minlashdan bosh tortishining ko‘plab hollari mavjud, ular pasport tizimi qoidalarini buzmoqdalar.
Joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan hodisalarni tug‘diruvchi sabablarni o‘rganish bo‘yicha ishlar juda qoniqarsiz olib borilayotganligini normal hol deb hisoblash mumkin emas, kichik va o‘rta biznesni, xizmat ko‘rsatish sohasini, kasanachilik mehnatini hamda aholini mehnat faoliyatiga jalb etishning boshqa shakllarini keng rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanmayapti.
Ishsizlikning sabablarini o‘rganish va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining va uning joylardagi organlarining ishini qoniqarli deb bo‘lmaydi. Mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy organlari tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari zarur samara bermayapti, ularda vaqtinchalik bir martalik ishlarni izlovchi shaxslar, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar faol qatnashmayapti.
Ish bilan mashg‘ul bo‘lmagan aholi bilan ishlash, fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan ichki ishlar organlari, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro hamkorligi sust tashkil etilgan.
Fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan o‘z-o‘zidan shakllanayotgan joylarda zarur jamoat tartibi va zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarning yo‘qligiga toqat qilib bo‘lmaydi.
Vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarning mehnat faoliyatini tartibga solish, ular uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Obidov), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuqorida bayon etilgan salbiy hollarni keltirib chiqargan sabablarni, shuningdek fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan ta’minlash bozorini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish mas’uliyati yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasida mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish shahar va tuman bo‘limlari huzurida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va bo‘sh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, o‘z ishini tashkil etish va yuritish masalalari bo‘yicha maslahat va kasbga yo‘llash xizmatlari ko‘rsatish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish;
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
huzurida ushbu Markazlar tashkil etiladigan mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish shahar (tuman) bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazining direktori hisoblanadi;
Markaz direktorining va ichki ishlar organlari shahar (tuman) bo‘limining Markazda doimiy bo‘luvchi mas’ul xodimining mehnatiga tegishli ravishda mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish shahar (tuman) bo‘limlari va ichki ishlar bo‘limlari tomonidan haq to‘lanadi;
Markazlarni barpo etish va ularga sarflanadigan joriy xarajatlar, shu jumladan Markazning bitta shtatdagi mutaxassisi mehnatiga Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga haq to‘lanadi;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga xizmatlar Markaz tomonidan tekin ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Markazlar xodimlari o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishlari ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar, ularning vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarga nisbatan o‘z xizmat mavqeyini suiiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan joylarni hisobga olgan holda ikki hafta muddatda Markazlarning joylashtirilishini belgilasinlar va bir oy muddatda ushbu Markazlarni tashkil etsinlar;
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari huzurida ovqatlanish shoxobchalari tashkil etilishini va ish izlovchi fuqarolar uchun boshqa zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda aholining, birinchi navbatda kasb tayyorgarligiga ega bo‘lmagan yoshlarning, ayollarning va sudning hukmi bilan jazoni o‘tagan shaxslarning ish bilan ta’minlanishi darajasini oshirish yuzasidan dasturiy maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. Ushbu dasturlarda kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni, kasanachilik mehnatini rivojlantirish, maishiy xizmatlar sohasini kengaytirish yo‘li bilan fuqarolarni doimiy yashash joylarida ishga joylashtirish nazarda tutilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun doimiy yashash joyidan tashqariga muntazam ravishda ketib qolayotgan, oilani moddiy ta’minlashga oid majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib yurgan, jamoatga zid turmush tarzi olib borayotgan shaxslarni ular doimiy yashaydigan joylarda ish bilan ta’minlash maqsadida monitoring olib borsinlar.
6. O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyurtmalari bo‘yicha Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlarini zarur telefon aloqasi bilan jihozlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, basharti vaqtinchalik bir martalik ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari orqali bajarilsa, bunday ishlardan olingan fuqarolarning daromadlarini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoyberganov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazining vazifalari, funksiyalari va faoliyati tartibini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazi (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasida mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish shahar (tuman) bo‘limi huzurida fuqarolarning vaqtinchalik bir martalik mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Markaz yuridik shaxs huquqlari bilan tashkil etiladi va o‘z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Markazlarni joylashtirish vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollashning shakllangan joylari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarga yangidan tashkil etilgan va bo‘sh ish joylarida ishga joylashish, kasb-kor tayyorgarligi, o‘z ishini tashkil etish va yuritish masalalari bo‘yicha maslahat va kasbga yo‘llash xizmatlari ko‘rsatish;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashda ish beruvchi xususiy shaxslarga ko‘maklashish;
vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolarni keng xabardor qilish uchun xususiy ish beruvchilar tomonidan beriladigan ish turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
vaqtinchalik bir martalik ishga yollanuvchi fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishda jamoat tartibiga rioya qilish, pasport rejimi qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligining asosiy qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish;
manfaatdor ish beruvchilar va vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi shaxslar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini muntazam ravishda o‘tkazish;
Markazda vaqtinchalik bir martalik ish izlovchi fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
jamoat tartibini saqlash, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari buzilishining oldini olish.
5. Markazning ish vaqti va tartibi shahar (tuman) hokimligi tomonidan mazkur joyda fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlarning bajarilishi borasida yuzaga kelgan xususiyatlarni e’tiborga olgan holda belgilanadi. Qoidaga ko‘ra, Markazning ish vaqti soat 6.00 da boshlanadi, ishni tugatish vaqti soat 16.00. Markaz dam olish kunlarisiz ishlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Huzurida ushbu Markazlar tashkil etiladigan shahar (tuman) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazining direktori hisoblanadi.
Markaz direktoriga ish haqi shahar (tuman) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limlari tomonidan to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Markazning shtatdagi xodimlariga sarflanadigan xarajatlar Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Markazda doimiy bo‘luvchi shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limi xodimining mehnatiga tegishli shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limi tomonidan haq to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarga xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarning muayyan turlarini bajarishga doir mavjud buyurtmanomalari to‘g‘risida ma’lumotlar berishga;
xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga doir buyurtmanomalarini qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarning aniq turlariga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida ma’lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab turishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollanishda, shuningdek yangidan tashkil etilayotgan va bo‘sh ish o‘rinlariga doimiy asosda ishga kirishda fuqarolarga ko‘maklashishga;
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar, kasb-hunarga o‘qitish va qayta o‘qitish, o‘z ishini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish masalalari bo‘yicha fuqarolarga maslahat xizmatlari ko‘rsatishga;
zarurat bo‘lganda aniq masalalarni hal etish uchun mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining boshqa mutaxassislarini jalb etishga yoki yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda yordam olish uchun fuqarolarni tegishli mahalliy organlarga yo‘llashga;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Markazga murojaat qilgan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari rasmiylashtirilishida ko‘maklashishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan fuqarolar tomonidan jamoat tartibiga, pasport rejimiga rioya etilishini ta’minlashga;
vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolar tomonidan huquqni buzishlarning oldini olish yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishga majburdir.
vaqtinchalik bir martalik ishlarga doir takliflar va tuman (shahar) korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Markaz xodimlarining mehnat va ish bilan ta’minlash to‘g‘risida amaldagi qonun normalari, shuningdek ayrim ish turlari bo‘yicha xavfsiz ish usullari to‘g‘risidagi maslahatni;
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash masalalari yuzasidan Markazga murojaat qilgan hollarda mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishda ko‘makni tekin olish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Fuqarolar vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari, qonun hujjatlarida belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolar tomonidan bajarilgan ishlar uchun ish haqini og‘zaki kelishuvga muvofiq to‘liq hajmda va o‘z vaqtida to‘lashga;
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishni bajarayotgan vaqtida ularga zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni ta’minlashga;
yollangan xodim tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilishi va xodim vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan vaqtida u bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar to‘g‘risida Markazga yoki vakolatli organlarga zudlik bilan xabar berishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan faoliyat turlariga kiritilgan vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish uchun fuqarolarni yollashga;
16 yoshga to‘lmagan shaxslarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga mustaqil ravishda yollashga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazi ko‘rgazmali axborotlar o‘rin olgan stendlar bilan jihozlanadi, ularda:
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarni ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar bilan ta’minlash maqsadida Markaz ovqatlanish shoxobchasi, sanitariya uzellari, shuningdek o‘tiradigan joylar bilan jihozlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Markazni barpo etish va uni joriy ta’minlash xarajatlari Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga Markaz bepul xizmat ko‘rsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Nizom fuqarolar va ish beruvchilarni Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazining faoliyat ko‘rsatish qoidalari bilan tanishtirish maqsadida qulay va ko‘rinarli joyga joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.