07.11.2002 yildagi 385-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.11.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmonini va Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorini bajarish yuzasidan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti respublikaning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha bazaviy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa va axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayoniga oʻqitishning zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish, taʼlim muassasalari faoliyatini oʻquv-metodik taʼminlashga hamda respublika taʼlim tizimi uchun yagona axborot-kommunikatsiya makonini yaratishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim dasturlari va standartlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda qatnashish, aloqa va axborot texnologiyalari sohasida oʻquv-metodik qoʻllanmalar elektron kutubxonasi tizimini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlar oʻquv muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqa va axborot texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, xizmatlar va texnologiyalarning yangi turlarini joriy etish sohasida hamkorlikni kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2003/2004 oʻquv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida professor-oʻqituvchilar tarkibining amaldagi soni doirasida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun bakalavriat dasturi boʻyicha pedagoglar tayyorlash uchun maxsus sirtqi boʻlim ochish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet rektorati Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2002-yil oxirigacha Universitetning yangi tuzilmasini va shtatlar roʻyxatini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv-laboratoriya binolarini qurish va rekonstruksiya qilishni, ularni zamonaviy asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlashni 2003-yildan boshlab respublika investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv-laboratoriya va sport-sogʻlomlashtirish binolarini qurishning loyiha-smeta hujjatlari 2002-yil oxirigacha tayyorlanishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 2003-yildan boshlab davlat budjeti, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hamda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga zarur mablagʻ ajratishni nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtlari talabalariga stipendiyalar toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qaroriga ilovaning 8-bandidagi “va informatika” soʻzlari “informatika, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 7-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
385-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 169-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2017-y., 23-son, 474-modda)