18.07.2017 yildagi PF-5116-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni taʼminlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, soliq maʼmuriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yigʻish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish holati soliq maʼmuriyatchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda nazorat samaradorligini, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlamayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlarining ularga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotsiz xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan “soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti”dan foydalanish manfaatdorligini oshirish boʻyicha faol ish tashkil etilmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, soliq organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi soliq solish obyektlarini toʻliq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida yigʻish uchun mavjud resurslarni safarbar qilish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, soliqqa oid huquqiy munosabatlarning ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, soliq siyosatining oʻrta muddatli va istiqbolli yoʻnalishlarini ishlab chiqish, soliq solishning dolzarb muammolarini tadqiq etish, shuningdek budjetga soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyati takomillashtirishni talab qilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, soliq nazoratini tashkil qilish mexanizmlarining mukammal emasligi, shu jumladan soliq tekshiruvi obyektlarining zarur tahlilsiz belgilanishi soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni barvaqt profilaktika qilish samaradorligini pasaytirmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, soliq nizolarini sudgacha hal etish – soliq apellyatsiyasi instituti imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi soliq toʻlovchilarning sud organlariga murojaatlari koʻpayishiga olib kelmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, soliq solish tizimining murakkabligi va bir xil soliq solish bazasiga ega soliqlarning yetarli darajada unifikatsiya qilinmaganligi, soliq qonunchiligining oʻzgaruvchanligi soliq toʻlovchilar tomonidan oʻz soliq majburiyatlarini toʻliq bajarish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchidan, soliq organlarining Davlat budjetiga tushumlar toʻliqligini taʼminlash faoliyati ustidan tashqi nazorat mexanizmlarining mavjud emasligi soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish va soliq toʻlovchilarni hisobga olish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchidan, soliq toʻlovchilarning soliqlarni toʻlash boʻyicha oʻz konstitutsiyaviy burchini ixtiyoriy bajarishini taʼminlashga qaratilgan huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni takomillashtirish talab etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻqqizinchidan, bozorlar va savdo komplekslari faoliyati ustidan samarali soliq nazorati oʻrnatilmaganligi mahalliy budjetlarni toʻldirish uchun mavjud rezervlarni toʻliq safarbar qilish, shuningdek naqd pul mablagʻlarining kafolatli qaytishini taʼminlamayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻninchidan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yigʻish koʻrsatkichlarini yaxshilash, korrupsiya koʻrinishlarini profilaktika qilish, shuningdek soliq organlarida xizmat qilishga halol va yuqori malakali kadrlarni jalb etish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasidagi soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek soliq maʼmuriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yoʻnalishlari hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilgʻor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq toʻlovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotsiz elektron xizmat koʻrsatishga toʻliq oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazaning oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini taʼminlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bogʻliq boʻlgan ishonchli axborotni oʻz muddatida taqdim etish boʻyicha masʼuliyatini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq toʻlovchilarga har tomonlama koʻmaklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish obyektlarini toʻliq qamrab olishni taʼminlash va soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama koʻmaklashish, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish, oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yoʻl qoʻymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, soliq solish masalalarida, shu jumladan respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qoʻshimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchidan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, soliq organlarini maʼnaviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash va ular uchun xizmatni oʻtashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, 2018-yil 1-yanvardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari va halol soliq toʻlovchilar oʻrtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama koʻmaklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq maʼmuriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga toʻqnash kelgan halol soliq toʻlovchilar – xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq taʼtillari berilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtkazilgan kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni qaytarish yoki hisobga olish soliq toʻlovchi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini 5 bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtinchalik toʻxtatib turish vakolati beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi maʼlumotlarning onlayn rejimida berilishini taʼminlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq tekshiruvi obyektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish, shuningdek soliq organlari tomonidan yuqori likvidli mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish hajmining doimiy hisobi va nazoratini amalga oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi, natijasi boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat soliq xizmati organlarining shtatlar sonini qisqartirish hisobidan cheklangan shtat soni 41 nafardan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning toʻliqligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilsin, unga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish tizimi, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini tahlil qilish va baholash asosida budjet daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash va ularning safarbar etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlar turlari va hududlar kesimida soliq va bojxona toʻlovlarining yigʻiluvchanlik darajasini tizimli tahlil qilish, uning tarmoq va hududlar kesimida pasayishiga taʼsir etuvchi omillar va ularning oqibatlarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarning oʻziga xos xususiyatlari va soliq toʻlash salohiyatini hisobga olgan holda Davlat budjeti daromadlari prognoz koʻrsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazani toʻliq qamrab olish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish, manzilli yoʻnalishlar va nazorat dasturlarini, shu jumladan soliq va boshqa moliya organlarining axborot tizimlari maʼlumotlarini tahlil va monitoring qilish asosida shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan maʼlumotlar bazalarining ishonchliligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yigʻiluvchanligi va soliq toʻlovchilar hisobining toʻliqligini taʼminlashda moliya va soliq organlarining masʼuliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama koʻmaklashish choralarini koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati va soliq maʼmuriyatchiligining samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda koʻrsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boʻyicha maxsus boshqarma negizida Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot-tahlil bosh boshqarmasining Texnik boshqarmasi negizida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bosh boshqarmasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot-tahlil bosh boshqarmasi Tahlil va prognozlashtirish bosh boshqarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish metodologiyasi boshqarmasi Metodologiya va soliq organlarini modernizatsiya qilish boshqarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot xizmati Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik boʻlim Yuridik boshqarmaga aylantirilsin va uning tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida tegishli boʻlinmalari (shuʼbalari) boʻlgan soliq nizolarini sudgacha hal etish boʻlimi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, mazkur Farmonning 5 — 7-bandlarida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining yangi tuzilmalarini tashkil etish va amaldagi tarkibiy tuzilmalarini oʻzgartirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari yangi lavozimini joriy etish davlat soliq xizmati organlari asosiy xodimlarining belgilangan shtatlar soni doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Soliq qonunchiligi va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha Ishchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi komissiya (J.Qoʻchqorov) Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Dasturda belgilangan muddatlarda kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi hamda metodologiyasini tubdan takomillashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning soliq yukini yanada kamaytirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni “yirik soliq toʻlovchilar” toifasiga kiritish mezonlarini belgilashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir xil soliq solish obyektlariga ega boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni birlashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun qoʻshimcha mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etishni va ushbu miqdor oshgan korxonaga, kichik tadbirkorlik subyekti maqomini saqlab qolgan holda, qoʻshimcha soliq majburiyatlarini belgilashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda faoliyatini amalga oshiradigan, shuningdek dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalarini optimallashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni chakana sotish huquqi uchun yigʻimning hududlar boʻyicha tabaqalashtirilgan stavkalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
halol, shu jumladan ish oʻrinlarini va mehnatga haq toʻlash fondini legallashtiradigan soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish choralarini joriy etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻida savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Soliq akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirishni.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-yanvariga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarga davlat soliq xizmati organlarining barcha davlat xizmatlaridan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron foydalanish imkoniyatini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga taqdim etiladigan axborotning mazmunini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK korxonalarining soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini elektron raqamli imzo bilan toʻliq taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlarining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan maʼlumotlar bazasi ishonchliligini auditdan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorining amal qilishi tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 2021-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Dasturni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan uskuna, dasturiy va moddiy-texnik vositalar bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvlari uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari va Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 18-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5116-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq xizmati organlari faoliyati va soliq maʼmuriyatchiligining samaradorligini oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlarining oʻz vaqtida va toʻliq hisobga olinishini yanada taʼminlash, shuningdek, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish

1.

Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga toʻqnash kelgan va halol soliq toʻlovchi hisoblangan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliq taʼtillari berish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

2.

Oʻtkazilgan kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq toʻlovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan hollarda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirishning sud tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Oliy sud (K. Kamilov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

3.

Soliq maslahatchilari instituti faoliyatini takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
DSQ (B. Parpiyev),
Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

4.

Davlat soliq xizmati organlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning valyuta mablagʻlaridan soliq qarzini undirish tartibini joriy etish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning valyuta hisob raqamlariga taqdimnomalar qoʻyilishini bekor qilish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil
1-oktabr

DSQ (B. Parpiyev),

Oliy sud (K. Kamilov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

5.

Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi mavjud jismoniy shaxslarga bankrotlikning qoʻllanishini nazarda tutadigan bankrotlik tartib-taomillarini takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov),

Oliy sud (K. Kamilov),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

6.

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatga olishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun baholash va hujjatlarni tayyorlash tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil
10-oktabr

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi
(A. Abdullayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), DSQ (B. Parpiyev),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov)

7.

Xorijiy tajribani oʻrganish asosida soliq hisoboti shakllarini unifikatsiya qilish va soddalashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-fevral

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov)

II. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va soliq nazorati jarayonini avtomatlashtirish

8.

Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi maʼlumotlarning onlayn rejimida uzatilishini taʼminlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy etish, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizimni bosqichma-bosqich kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil
1-sentabr

DSQ (B. Parpiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)

9.

Soliq tekshiruvi obyektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)

10.

Soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga taqdim etiladigan axborotlarning mazmunini tanqidiy qayta koʻrib chiqish.

Oʻrganish oʻtkazish

2018-yil
1-yanvar

DSQ (B. Parpiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Soliq solishning yangi obyektlari va soliq solinadigan bazani (koʻchmas mol-mulk, uning huquqiy maqomi oʻzgarishi, soliq toʻlovchilar soni, berilgan ijro hujjatlari, energiya resurslarining quvvati va haqiqiy isteʼmoli hamda boshqalar haqidagi maʼlumotlar) kengaytirish boʻyicha axborotlarni taqdim etish maqsadida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK korxonalari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini taʼminlash.

Kompleks
chora-tadbirlar

2018-yil
1-yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

DSQ (B. Parpiyev),

“Yergeodezkadastr” davlat
qoʻmitasi (A. Abdullayev),

Davlat statistika qoʻmitasi
(B. Begalov),
Adliya vazirligi (M. Ikramov),
Oliy sud (K. Kamilov),“Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), “Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev)

12.

Tadbirkorlik subyektlarini elektron raqamli imzo bilan toʻliq taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-yanvar

DSQ (B. Parpiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)

13.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga barcha davlat xizmatlarini elektron shaklda, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatish tizimini joriy etish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2018-yil
1-yanvar

DSQ (B. Parpiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil
15-avgust

DSQ (B. Parpiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

15.

Avtomatlashtirilgan hisob tizimini (“onlayn” rejimida) joriy etish yoʻli bilan alkogolli va tamaki mahsulotlari, tabiiy gaz, neft mahsulotlari va oʻsimlik yogʻiga soliq solish hisobining toʻliqligini taʼminlash uchun ularni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining jismoniy koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), “Oʻzbekneftgaz” MXK (A. Sultanov), “Oʻzvinosanoat-xolding
(Sh. Raximov), “Oʻzbekozikovqat-xolding” XK (T. Jalilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Soliq nazorati shakllari va uslublarining samaradorligini yanada oshirish

16.

Soliq organlari va halol soliq toʻlovchilar oʻrtasida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining yangi shakli — soliq monitoringini joriy etish.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

17.

Soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajaradigan halol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini joriy etish.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

18.

Internet tarmogʻida savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

19.

Soliq nazoratini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarida rejali tekshirishlar oʻtkazish uchun soliq toʻlovchilarni tanlab olish asoslarini aniqlashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil
1-dekabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Bosh prokuratura (I. Abdullayev)

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

20.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni “yirik soliq toʻlovchilar” toifasiga kiritishning aniq mezonlarini belgilash.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

21.

Kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlari tomonidan 5 bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtinchalik toʻxtatib turish vakolatini amalga oshirish mexanizmini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil
1-dekabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov),
Bosh prokuratura (I. Abdullayev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov)

22.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, shuningdek, soliq solinadigan bazani aniqlashtirish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Mehnat vazirligi (A. Abduxakimov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

IV. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni unifikatsiya qilish va soddalashtirish

23.

Quyidagilar orqali soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq solishni soddalashtirish:

bir xil soliq solish obyektlariga ega boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni birlashtirish;

tovar aylanmasidan kelib chiqqan holda, tayyorlov tashkilotlari uchun yagona soliq toʻlovini toʻlash tartibini belgilash;

soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun qoʻshimcha mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etish va ushbu miqdor oshgan korxonaga, kichik tadbirkorlik subyekti maqomini saqlab qolgan holda, qoʻshimcha soliq majburiyatlarini belgilash.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Quyidagilarni:

borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda faoliyatini amalga oshiradigan, shuningdek, dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun optimallashtirilgan qatiy soliq stavkalarini;

alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni chakana sotish huquqi uchun yigʻimning hududlar boʻyicha tabaqalashtirilgan stavkalarini;

avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari uchun yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovini yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliqdan kam boʻlmagan miqdorda toʻlash tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil
1-dekabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Quyidagilar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish:

yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning kassasiga kelib tushgan naqd pullar bilan hisob-kitob qilish va naqd pullarni xarajat qilishning cheklangan miqdorini belgilash;

ish oʻrinlarini va mehnatga haq toʻlash fondini ixtiyoriy legallashtiradigan tadbirkorlik subyektlari uchun yagona ijtimoiy toʻlov stavkalarini bosqichma-bosqich pasaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil
1-dekabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Tashkilotlarni tibbiyot muassasalari toifasiga kiritishning aniq mezonlarini belgilash, shuningdek, imtiyozlarning faqat tibbiy xizmatlar qismida taqdim etilishini aniqlashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil
1-oktabr

DSQ (B. Parpiyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

27.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlangan summalarini qaytarish boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish jarayonini qisqartirishni nazarda tutgan holda, eksport qiladigan korxonalarga qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish mexanizmini soddalashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil
1-noyabr

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

DSQ (B. Parpiyev), DBQ (M.Toxiriy),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov),
Savdo-sanoat palatasi
(A. Ikramov)

28.

Ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni soliq toʻlovchi vakolatli organlarga murojaat qilgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida qaytarish yoki hisobga olish tartibini belgilash.

Qonun loyihasi

2017-yil
1-noyabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

V. Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va boshqa tashkiliy chora-tadbirlar

29.

Quyidagilarga qaratilgan Davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish;

davlat soliq xizmati organlarining binolarini kapital qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash;

chora-tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga ajratmalar miqdorini oshirish hisobidan belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil
1-sentabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

30.

Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq maʼmuriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga berilishi munosabati bilan davlat soliq xizmati organlarining vazifa va funksiyalari, tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017-yil
1-dekabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

31.

Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq organlari va oʻquv yurtlari bilan tajriba almashishni kengaytirish.

Kompleks
chora-tadbirlar

2017-yil
1-sentabr

DSQ (B. Parpiyev),

TIV (A. Kamilov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Oliy taʼlim vazirligi (I. Majidov)

32.

Davlat soliq xizmati organlarining masʼuliyati, ochiqligi, shaffofligini oshirish va soliq toʻlovchilarning oʻzaro hamkorlik natijalaridan qanoatlanganligini nazarda tutadigan faoliyatini baholash, shuningdek, ular xodimlarining xizmat koʻrsatish tezkorligi, vakolatliligi va xushmuomalaligi koʻrsatkichlarini baholash mexanizmini ishlab chiqish hamda joriy etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil
15-oktabr

DSQ (B. Parpiyev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramo�)

33.

Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini, shu jumladan, xodimlarni ularning ish natijalarini hisobga olgan holda yakka tartibda ragʻbatlantirish tartibini joriy etish orqali takomillashtirish.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi buyrugʻi

2017-yil
15-sentabr

DSQ (B. Parpiyev),

Adliya vazirligi (M. Ikramov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev)

34.

Mehnatning koʻchib yurish xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat vazifalarini bajaradigan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash yoki shahar yoʻlovchi transportidan (marshrut va yoʻnalishli taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl kartochkalari berish tartibi va miqdorini tasdiqlash.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi buyrugʻi

2017-yil
15-sentabr

DSQ (B. Parpiyev)

35.

Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining formali (maxsus) kiyim-boshi va farqlovchi belgilarining yangi namunalarini tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil
1-sentabr

DSQ (B. Parpiyev),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev)

36.

Davlat soliq xizmati organlarida formali (maxsus) kiyim-boshni kiyib yurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi buyrugʻi

2017-yil
15-sentabr

DSQ (B. Parpiyev)

37.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha mablagʻlar yigʻilishini amalga oshirish uchun uchastka soliq inspektorlarini toʻlov terminallari bilan taʼminlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2017-yil
1-oktabr

DSQ (B. Parpiyev),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Normativ-huquqiy hujjatlar turlari oʻzgarishi, shuningdek, tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qonunchiligi va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha Ishchi komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Kuchkarov J.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari,
Ishchi komissiya raisi

2.

Golishev V.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

3.

Murodov O.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

4.

Xodjayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

5.

Saidova G.K.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

6.

Ikramov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

7.

Abduxakimov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

8.

Mavlonov B.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari

9.

Akmalov K.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari

10.

Shermatov Sh.X.

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

11.

Parpiyev B.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

12.

Toxiriy M.V.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

13.

Axmedxodjayev A.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

14.

Gulyamov R.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

15.

Dusanov Z.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi

16.

Ikramov A.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

17.

Gadoyev E.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari — Soliq akademiyasi rektori.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Ishchi komissiyaning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 684-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)