Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan qurilish inshootlari uchun qurilish, rekonstruksiya, texnik qayta qurollantirish, loyiha tayyorlash, materiallar, konstruksiyalar va jihozlarni xarid qilish boʻyicha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomning 16-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1757-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2007-yil 27-noyabrdagi 9-son qarori (roʻyxat raqami 1757, 2008-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan qurilish inshootlari uchun qurilish, rekonstruksiya, texnik qayta qurollantirish, loyiha tayyorlash, materiallar, konstruksiyalar va jihozlarni xarid qilish boʻyicha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomning 16-bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B.ZAKIROV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-iyun,
1/12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 671-modda)