10.07.2017 yildagi PQ-3119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-4974-sonli Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash va Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish masalalari boʻyicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlash, geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya Ijro apparatining tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvali 3, 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin, unda Komissiyaning huquqiy maqomini hamda idoraviy mukofotlarni taʼsis etish masalalari boʻyicha yagona talablarni belgilash, davlat mukofotlarini topshirish, taqib yurish va saqlash, ularning tasvirlaridan foydalanish, shuningdek, davlat mukofotlariga taqdimnoma kiritish tartibi nazarda tutilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Komissiya Ijro apparati xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan kafolatlar, mehnatga haq toʻlash shartlari va imtiyozlar joriy etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Komissiya Ijro apparati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi binolari majmuining 1-korpusiga, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti belgilangan tartibda Komissiya Ijro apparatining joylashuvini, uning mebel, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek, belgilangan limitlarga muvofiq transport vositalari ajratilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 10-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3119-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-iyuldagi PQ-3119-sonli qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

N. Yoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi

N. Ismoilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri

Z. Nizomiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Komissiya raisining oʻrinbosari

U. Ismailov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Komissiya raisining oʻrinbosari

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Spichrayteri, Komissiya raisining oʻrinbosari

V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi

R. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

T. Xudaybergenov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

A. Abduvoxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

R. Kasimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

lavozimiga koʻra

Z. Xaydarov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti rahbari

Q. Quranbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

A. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri

Dj. Kuchkarov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri

E. Ganiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

T. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

O. Murodov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

I. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi

A. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

R. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

B. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri

B. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

U. Aʼlamov

“Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori

Sh. Javlonov

Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi raisi

Sh. Djalilov

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Respublika boshqaruvi raisi

K. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

A. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

A. Nuriddinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

R. Abdullayev

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

B. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

B. Djumayev

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori

M. Ashurov

“Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi bosh direktori

E. Azimbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

lavozimiga koʻra

Komissiya ijro apparati rahbari, Komissiya kotibi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-iyuldagi PQ-3119-sonli qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiyaning (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tarkibi va ishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida doimiy ishlaydigan maslahat va kengash organi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash va Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat mukofotlari deb yuritiladi) berish masalalari boʻyicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini, shuningdek, geraldika sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya tuzilmasida uning ishchi organi hisoblangan Ijro apparati faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Komissiyaning asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mukofotlari bilan taqdirlash masalalari boʻyicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishiga va geraldika sohasida yagona davlat siyosati yuritilishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlariga munosib nomzodlarni tanlashni taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mukofotlash boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlari tizimini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlarda davlat mukofotlari boʻyicha ish amaliyotini oʻrganish, umumlashtirish va takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari komplektlarini shakllantirish, yangi davlat va idoraviy mukofotlarning nizomlari, eskizlari va tavsiflari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiy ramzlar va farqlovchi belgilarni yaratish hamda ulardan foydalanish ishlarini geraldik jihatdan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va idoraviy mukofotlar, shuningdek, ularga tenglashtirilgan boshqa mukofotlarning geraldik tavsiflarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlari va geraldika masalalariga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlarning idoraviy mukofotlarni taʼsis etish masalalariga doir faoliyatlarini muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Komissiyaning funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Komissiya oʻziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritilgan taqdimnomalarni koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlariga tavsiya etilgan nomzodlarni tavsiflovchi maʼlumotlarni hamda ularning faoliyat koʻrsatayotgan sohada erishgan yutuqlarini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlarini taʼsis etish va bekor qilish toʻgʻrisidagi masalalarni hamda davlat mukofotlari va geraldika sohasiga doir qonun loyihalari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yangi davlat va idoraviy mukofotlarining nizomlari, eskizlari va tavsiflari loyihalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlarda davlat mukofotlari boʻyicha ish amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish ishlarini tashkil etish, shuningdek, ularning mazkur yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat mukofotlari va geraldikaga oid masalalar yuzasidan axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlarning idoraviy mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiy ramzlar va farqlovchi belgilarni taʼsis etish hamda ulardan foydalanishga oid geraldik ekspertiza xulosalarini koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldika masalalari boʻyicha xulosalarni tayyorlash va vakolat doirasida tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga izoh berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlar uchun rasmiy ramzlar va farqlovchi belgilarni taʼsis etish hamda ulardan foydalanish masalalari boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldik ramzlar va idoraviy mukofotlarni ishlab chiqish, taʼsis etish, tayyorlash va hisobga olishga oid nazariy, amaliy va texnik meʼyorlarni oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlarga davlat va idoraviy mukofotlar, shuningdek, geraldikaga oid masalalar yuzasidan uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlari va geraldika masalalari boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish, shuningdek, mukofotlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldika nazariyasi va tarixi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mukofotlari bilan taqdirlash va geraldika masalalariga doir alohida topshiriqlarini bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Komissiya vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Komissiya oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi vakolatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlariga munosib nomzodlarni aniqlaydi va ularni mukofotlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflarni kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va geraldika masalalariga oid qonunlari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlardan davlat mukofotlari va geraldika masalalari bilan bogʻliq zaruriy material va maʼlumotlarni oʻrnatilgan tartibda oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlar rahbarlariga ular tomonidan chiqarilgan idoraviy mukofotlar va geraldika masalalariga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa qonunosti hujjatlariga zid kelgan hollarda ularni bekor qilish toʻgʻrisida rasmiy murojaatnomalarni kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya oʻzining yigʻilishlarida vakolat doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida davlat mukofotlari va geraldikaga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlar tomonidan davlat mukofotlari va geraldika masalalari boʻyicha kamchilik va nuqsonlarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya vakolat doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlar vakillarini, shuningdek, ijodiy, ilmiy, taʼlim va boshqa muassasalarning olim va mutaxassislarini jalb qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ekspert kengashlari va ishchi guruhlarni tuzishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Komissiya tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Komissiya tarkibiga Komissiya raisi, uning ikkita oʻrinbosari, kotibi va Komissiya aʼzolari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisi, uning ikkita oʻrinbosari va Komissiya aʼzolari Komissiya faoliyatini amalga oshirishda jamoatchilik asosida ishtirok etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya kotibi Komissiya Ijro apparatining rahbari hisoblanadi va oʻz faoliyatini doimiy asosda olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Komissiya aʼzolari uning yigʻilishlarida almashuv huquqisiz ishtirok etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Komissiya ishini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Komissiya oʻz ishini yigʻilish shaklida tashkil etib, unga rais rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Komissiya yigʻilishlari navbatdagi va navbatdan tashqari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navbatdagi yigʻilishlar tegishli materiallarning toʻplanishiga qarab, har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navbatdan tashqari yigʻilishlar alohida hollarda Komissiya vakolatlari doirasiga kiradigan, zudlik bilan hal qilinishi zarur boʻlgan masalalar yuzasidan chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yigʻilishlarning kun tartibi, shuningdek, ularni oʻtkazish joyi va vaqti Komissiya raisi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yigʻilishlar Komissiya aʼzolarining umumiy sonidan kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Komissiya yigʻilishlarini Komissiya raisi olib boradi, Komissiya raisi qatnashmagan hollarda — uning topshirigʻiga koʻra yigʻilishni rais oʻrinbosarlaridan biri olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Komissiya qarorlari yigʻilishda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining koʻpchilik qismi ovoz bergan holda qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, yigʻilishga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni Komissiya raisi yoki yigʻilishga raislik qilgan uning oʻrinbosari va Komissiya kotibi imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Komissiya ishi bilan bogʻliq axborotlar oshkor qilinmaydigan maʼlumot hisoblanadi va eʼlon qilinishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻilishlarda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari Komissiya ishi bilan bogʻliq axborotlarni tarqatgan holatlarda oʻrnatilgan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlarni oʻzida mujassam etgan materiallar Komissiyaning yopiq yigʻilishlarida Komissiyaning vakolatli aʼzolari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlar oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Komissiya Ijro apparati
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ijro apparatini rahbar — Komissiya kotibi boshqaradi va uning maqomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bosh konsultantiga tenglashtiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ijro apparati Komissiya faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnik va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash maqsadida tashkil etiladi va oʻz faoliyati boʻyicha Komissiyaga hisobdor boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ijro apparati tarkibiga davlat mukofotlari va geraldika masalalari boʻyicha guruhlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat mukofotlari masalalari boʻyicha guruh tarkibiga guruh rahbari, mutaxassis va inspektor-ish yurituvchi kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat mukofotlari masalalari boʻyicha guruh rahbari oʻz maqomiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yetakchi konsultantiga tenglashtiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Davlat mukofotlari masalalari boʻyicha guruh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan materiallarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilishni amalga oshiradi, nomzodlarning tavsiflovchi maʼlumotlarini va davlat mukofotiga munosibligini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistik va tahliliy hujjatlarni hamda nomzodlarni tavsiflovchi maʼlumotlarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlar haqida yagona maʼlumotlar bankini shakllantiradi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlar hujjatlari boʻyicha statistik hisob-kitob va arxiv ishini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mukofotlash boʻyicha kelib tushgan materiallarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshiradi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyani davlat mukofotlari masalalari boʻyicha zaruriy axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, nomzodlarning faoliyatini joylarga chiqib oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlardan davlat mukofotlariga tavsiya etilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi materiallarni tahlil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlarning mukofotlash boʻyicha ish amaliyotini joylarga chiqib oʻrganadi va umumlashtiradi, ularning mazkur yoʻnalishdagi faoliyatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlari masalalariga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining ijrosi yuzasidan oʻz vakolati doirasida nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarning davlat mukofotlari tizimidagi tajribasini oʻrganadi, tahlil qiladi va ularning ilgʻor tajribalarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflarni kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlari masalalari boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan xizmat doirasida yozishmalarni olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mukofotlash tizimini takomillashtirish boʻyicha uslubiy va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mukofotlari boʻyicha Komissiya yigʻilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan zarur hujjatlarni, materiallarni va takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa topshiriqlarni bajaradi.

25. Geraldika masalalari boʻyicha guruh tarkibiga guruh rahbari, mutaxassis va inspektor-ish yurituvchi kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Geraldika masalalari boʻyicha guruh rahbari oʻz maqomiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining yetakchi konsultantiga tenglashtiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Geraldika masalalari boʻyicha guruh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldika masalalariga oid materiallarni yigʻish, qayta ishlash, umumlashtirish va tahlil qilishni amalga oshiradi, shuningdek, davlat ramzlarini qoʻllash amaliyotini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa idora va tashkilotlarning amaldagi idoraviy mukofotlarini oʻrganadi va koʻrib chiqadi, kamchilik va nuqsonlar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi idoraviy mukofotlarni taʼsis etishda davlat ramzlari va farqlovchi belgilardan foydalanishga oid masalalarni koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy mukofotlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bankini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldika va idoraviy mukofotlarga oid hujjatlar boʻyicha hisob-kitob va arxiv ishini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldika va idoraviy mukofotlar boʻyicha kelib tushgan materiallarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshiradi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyani geraldika masalalari boʻyicha zaruriy axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldika va idoraviy mukofotlar masalalari boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan xizmat doirasida yozishmalarni olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldika nazariyasi va tarixi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldikaga oid masalalar boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geraldika va idoraviy mukofotlar boʻyicha Komissiya yigʻilishlari kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan zaruriy hujjatlarni, materiallarni va takliflarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa topshiriqlarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Komissiya Ijro apparati rahbari va guruhlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Komissiya Ijro apparati mutaxassislari va inspektor-ish yurituvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Komissiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari davlat mukofotlari va geraldika shuʼbasi tomonidan muvofiqlashtiriladi va yoʻnaltiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Komissiya faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-iyuldagi PQ-3119-sonli qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya Ijro apparatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-iyuldagi PQ-3119-sonli qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiyaning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SHTATLAR JADVALI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya

Komissiya raisi (jamoatchilik asosida)

1

Komissiya raisining oʻrinbosari (jamoatchilik asosida)

2

Komissiya kotibi — Ijro apparati rahbari (doimiy asosda)

1

Komissiya aʼzolari (jamoatchilik asosida)

31

Jami Komissiya aʼzolari

35

Ijro apparati

I. Komissiya kotibi — Ijro apparati rahbari

1

II. Davlat mukofotlari masalalari boʻyicha guruh

3

Guruh rahbari

1

Mutaxassis

1

Inspektor — ish yurituvchi

1

III. Geraldika masalalari boʻyicha guruh

3

Guruh rahbari

1

Mutaxassis

1

Inspektor — ish yurituvchi

1

Ijro apparati boʻyicha jami

7

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 639-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)