04.07.2017 yildagi 462-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarning mehnat stajini elektron hisobga olishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoniga muvofiq, shuningdek jismoniy shaxslarning mehnat stajini elektron hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida” 2015-yil 14-apreldagi 90-son qaroriga muvofiq 2016-yil 1-yanvardan boshlab, davlat soliq xizmatlariga taqdim etiladigan soliq boʻyicha hisobotlar asosida shakllantiriladigan, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yakka tartibda hisobga olishning Markazlashtirilgan elektron reyestri tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining jismoniy shaxslarning mehnat stajlarini elektron hisobga olishga bosqichma-bosqich oʻtish toʻgʻrisidagi quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkorlarni, dehqon xoʻjaliklari aʼzolarini, qoramol oʻstirish va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanayotgan shaxslarni hamda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boshqa subyektlari boʻyicha — 2018-yil 1-yanvardan boshlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan tashkilotlar boʻyicha — 2019-yil 1-yanvardan boshlab.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, mehnat staji (shu jumladan lavozim mavqeyi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrlari, mehnat taʼtilidagi va uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan davrlar) haqidagi maʼlumotlar har bir jismoniy shaxs boʻyicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari boʻyicha soliq hisoboti tarkibida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan birgalikda, bu boradagi ilgʻor amaliy tajribalarni oʻrganish asosida, jismoniy shaxslar mehnat stajining arxivga oid maʼlumotlarini, ularning kafolatlangan saqlanishini taʼminlovchi rezerv saqlash mexanizmini yaratish toʻgʻrisida takliflarni 2017-yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan birgalikda — 2019-yildan boshlab, fuqarolarga mehnat faoliyati haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat interaktiv xizmatining Davlat interaktiv xizmatlari koʻrsatishning yagona portali orqali taqdim etilishini joriy qilsin,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 4-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
462-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 620-modda)