23.06.2017 yildagi 418-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbek xalqining atoqli farzandlari — vatanparvar shoir, dramaturg va publitsist, jamoat arbobi Hamid Olimjon hamda XX asr oʻzbek sheʼriyatida oʻz soʻzi va oʻrniga ega boʻlgan xalqimizning sevimli shoirasi, chin maʼnodagi sadoqat ramzi Zulfiya ijodini keng tartib qilish, ularning izdoshlarini kashf etish va isteʼdodlarini namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Jizzax viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-2018 oʻquv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojidan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahri Sharof Rashidov shoh koʻchasi 1-uyda yangidan qurilayotgan 540 oʻrinli Jizzax viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda malaka oshirish instituti deb ataladi) binosini maktab-internatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahri Islom Karimov koʻchasi 6-uyda joylashgan Sharof Rashidov tumani hokimligining sobiq binosini malaka oshirish institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jizzax viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab internat binosida amalga oshiriladigan ish hajmini aniqlash hamda 150 oʻrinli oʻquv binosi, 100 oʻrinli yotoqxona va 75 oʻrinli oshxonaga moslashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sharof Rashidov tumani hokimligining sobiq binosini 720 oʻrinli malaka oshirish institutiga moslashtirish va malaka oshirish institutiga biriktirilgan mavjud 150 oʻrinli yotoqxona binosini mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 1-sentabrga qadar maktab-internat, 2018-yil 1-avgustga qadar malaka oshirish instituti binolarini foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jizzax viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining maktab-internat va malaka oshirish instituti binolarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi etib Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh loyihachi tashkilot etib “Jizzax bunyodkor loyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh pudrat tashkiloti etib “Diamond” koʻp tarmoqli xususiy firmasini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab-internat binolarida bajariladigan qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka oshirish instituti binolarida bajariladigan qurilish-taʼmirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yilgi Investitsiya dasturi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-taʼmirlash ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini tizimli ravishda amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari, oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik diagnostika oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatning taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Jizzax viloyatining hokimi U.Y. Uzakov zimmalariga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 23-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
418-son