Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018 28.09.1999 yildagi 447-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018
Hujjat 25.12.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

TURKMANISTONNING AVTOTRANSPORT VOSITALARI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRGANLIGI VA TRANZIT HARAKATLANGANLIGI UChUN YOʻL YIGʻIMLARI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turkmaniston avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtishi uchun yoʻl yigʻimlari stavkalarining teng amal qiluvchi miqdorlarini oʻzaro tartibga solishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1999-yil 1-oktabrdan boshlab Turkmaniston avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelishi va uning hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtishi uchun yigʻimlar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Turkmanistonning avtotransport vositalaridan yigʻim undirish olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta hisob raqamiga oʻtkazilgan holda bevosita bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining boʻlimlari tomonidan erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bojxona organlari tomonidan avtotransport vositasi haydovchisiga beriladigan, boʻlish muddatlari va harakatlanish yoʻnalishi koʻrsatilgan, belgilangan namunadagi yoʻnalish varaqasi Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelish yoki uning hududi orqali tranzit boʻyicha oʻtish huquqiga ruxsatnoma hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harakatlanish yoʻnalishini va boʻlish muddatlarini oʻzgartirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining joylardagi organlari ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtganda, bojxona nazoratidan tashqari, bojxona organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 28-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
447-son

Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 28-sentabrdagi
447-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stavkalari

Avtotransport vositasining turi‎

Stavkalar
‎ (AQSh dollarida ‎

1. Quyidagi miqdorda yuk koʻtaradigan yuk avtotransport vositalari: ‎
10 tonnagacha‎

50‎

10 tonnadan 20 tonnagacha‎

100‎

20 tonnadan ortigʻi‎

150‎

2. Oʻrinlar soni quyidagicha boʻlgan avtobuslar:‎
12 oʻrindan kam‎

25‎

13 oʻrindan 30 oʻringacha‎

50‎

30 oʻrindan ortigʻi‎

100‎

3. Tranzit boʻyicha oʻtuvchi yengil avtotransport vositalari‎

30‎

4. Tranzit boʻyicha oʻtuvchi mototsikllar‎

15‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 9-son, 59-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda; 2015-y., 44-son, 565-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)