29.06.2017 yildagi PQ-3101-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 23.04.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mintaqada ishlab chiqarish, mavjud texnika va texnologiyalardan foydalanish, xizmat ko‘rsatishning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish, muhandislik ta’limini rivojlantirishda jahon tajribasini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va sifatini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (keyingi o‘rinlarda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)

T/r

Tadbirlar mazmuni

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun mas’ullar

I. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish

1.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi)ni o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2017-yil avgust

-

Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (Lavozimi bo‘yicha)

2.

Filialning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini tuzish va tasdiqlash.

2017-yil avgust

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (Lavozimi bo‘yicha)

3.

Filialni yuqori malakali rahbar kadrlar bilan ta’minlash.

2017-yil avgust

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

4.

Filialning Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash, unga kadrlarning potensial iste’molchilari — viloyat korxonalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralar vakillarini kiritish.

2017-yil avgust

-

Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

5.

Filial professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida respublikaning boshqa hududlaridan taklif etilgan olim va mutaxassislarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida Termiz shahrida qurilayotgan arzon uy joylardan imtiyozli shartlar asosida ajratish:

2017-yil — 25 ta;

2018-yil — 20 ta;

2019-yil — 20 ta;

2020-yil — 15 ta.

20172020-yillar

Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari

Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov),
Termiz shahar hokimligi (Xudayberdiyev)

II. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash

6.

Filialga ajratilgan Termiz shahri, Sulton Saodat ko‘chasi, 288 “a”-uy manzilda joylashgan Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyining binolari va inshootlarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2018-yildan boshlab

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov),
Moliya vazirligi (Xodjayev)

7.

Filial ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)ga mos zamonaviy o‘quv laboratoriya bazasini tashkil etish.

2018-yil sentyabr

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Turdimov),
Moliya vazirligi (Xodjayev)

III. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining o‘quv-metodik va pedagogik ta’minotini tashkil etish

8.

Filialning ta’lim yo‘nalishlarini (mutaxassisliklarini) tasdiqlangan o‘quv rejalari va fanlar dasturlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlash.

2017-yil avgust

-

Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

9.

Filialda maxsus fanlar bo‘yicha �ashg‘ulotlar olib borishga jalb qilish uchun Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan malakali pedagog kadrlar tarkibini shakllantirish.

2017-yil avgust

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

10.

Filialni o‘quv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan ta’minlash. Filialning axborot-resurs markazini tashkil etish.

2017-yil oktyabr

Filialning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

11.

Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar o‘qish uchun Filialda masofadan o‘qitish elementlarini joriy etish uchun texnik, dasturiy va metodik shart-sharoitlar yaratish.

2018-yil dekabr

Filialning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

12.

Filial kafedralarining ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni va xo‘jalik shartnomalarini bajarishni tashkil etish.

20182023-yillar

Davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha tushgan mablag‘lar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

13.

Mintaqaning yetakchi korxonalari va tashkilotlari bilan birga qo‘shma ilmiy- tadqiqot va ilmiy-metodik ishlanmalarni tashkil etish.

2018-yildan boshlab

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov)

14.

Filial professor-o‘qituvchilarini Toshkent davlat texnika universitetida va chet el oliy ta’lim muassasalarida malaka va tajriba orttirishlarini tashkil etish.

2018-yildan boshlab

Filialning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, “Iste’dod” jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika
universiteti (Turobjonov),
“Iste’dod” jamg‘armasi (Pardayev)

15.

Axborotlar, to‘plangan tajriba va mutaxassislarning keng almashinuvini ta’minlash. Filialda ma’ruzalar va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlarini taklif etish.

Doimiy ravishda

Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning grantlari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Toshkent davlat texnika universiteti (Turobjonov), Toshkent davlat texnika universiteti huzurida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (Maxmudov)

Oldingi tahrirga qarang.

Ilmiy kengash

R E K T O R

Vasiylik kengashi



O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor

Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor

Rektor yordamchisi


Xalqaro aloqalar bo‘limi


O‘quv-metodik boshqarma

“Ma’naviyat va

ma’rifat” bo‘limi

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi

Bosh muhandis

Ichki inspeksiya va monitoring bo‘limi

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi


Bosh energetik

Marketing bo‘limi

Magistratura bo‘limi

Kuratorlar kengashi

(jamoatchilik organi)


Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi

Rejalashtirish-moliya bo‘limi

Akademik litseylar

Kadrlar bo‘limi

Axborot texnologiyalari markazi

“Texnika maskani”** gazetasi tahririyati(jamoatchilik organi)


Buxgalteriya

Muhandis-pedagog kadrlar malakasini oshirish tarmoq markazi

1-bo‘lim

Ilmiy-tadqiqot qismi**

Axborot-resurs markazi

Ekspluatatsiya-xo‘jalik xizmati

2-bo‘lim

Talabalar uylari

(10 korpus)

Ilmiy loyihalar va innovatsiyalar markazi**

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali


Tahririyat-nashriyot bo‘limi

Yuriskonsult

Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi


O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi

Kanselyariya va arxiv

Fakultetlararo umumta’lim kafedralari

O‘qitishning texnik vositalari bo‘limi

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali


Avtomatlashtirilgan

telefon stansiyasi

Sport kompleksi


Bosmaxona*


FAKULTETLAR



Mexanika fakulteti

Mashinasozlik fakulteti

Elektronika va avtomatika fakulteti

Energetika fakulteti

Muhandislik geologiyasi va tog‘-kon ishi fakulteti

Muhandislik-texnologiya fakulteti


Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar

Kafedralar


Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar

Laboratoriyalar


“Brichmulla” o‘quv-geologiya poligoni

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PF-5983-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 06/20/5983/0490-son)