O‘zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari doirasida identifikatlashtirish, iste’molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belgiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berilganligi;
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alanadigan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish uchun “EAN Uzbekistan” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazi tashkil etilganligi;
“O‘zdavstandart” markazi tomonidan shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash tizimini joriy etish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shtrixli kodlash tizimini qo‘llash tartibini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni turli manbalardagi shtrixli kodlar original-maketlari bilan ta’minlash funksiyalari yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda “O‘zdavstandart” markazi bilan birgalikda 1999-yil sentyabr oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdo korxonalari vakillarini ko‘rsatib o‘tilgan tizimni qo‘llash xususiyatlari bilan tanishtirish uchun “O‘zbekiston Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli kodlash)” mavzuida respublika seminari o‘tkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi etiketkalar yoki o‘rash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni tamg‘alashni — 2000-yil 1-martgacha;
Belgilab qo‘yilsinki, o‘z mahsulotiga “EAN International” shtrixli kodini uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari undan ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
6. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholini va tovar ishlab chiqaruvchilarni O‘zbekiston Respublikasida tovarlarni shtrixli kodlashni joriy etish tartibi, qoidalari va muddatlari to‘g‘risida keng xabardor qilishni ta’minlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
tovar — bevosita yoki ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali sotish uchun tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan va/yoki yetkazib beriladigan (iste’mol qilish va ishlab chiqarish maqsadidagi) mehnat mahsuloti;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ishlab chiqarish, savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yoxud xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlar;
EAN shtrixli kodi — tovar birliklarini identifikatlashtirish va ularni tamg‘alash uchun “EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi qoidalarida belgilangan o‘lchamlar bilan va joylashtirilgan holda izchil joylashtirilgan parallel shtrixlar va ular o‘rtasidagi oraliqdagi kombinatsiyalar bilan ifodalangan raqamli kod;
Keyingi tahrirga qarang.
1. Tovarlarni EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alash “O‘zdavstandart” markazi, “EAN International” — tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasining standartlari va me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tovarlari EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alanishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlari tashkilotning va O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlariga muvofiq ishlab chiqariladigan mahsulotning shtrixli kodida foydalaniladigan tovar kodini olish uchun “EAN Uzbekistan” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazida ro‘yxatdan o‘tadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari — shtrixli kodlashtirilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar (tovarlar)ni tayyorlovchilar “O‘zdavstandart” markaziga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Davlat reyestriga kiritish va shtrixli kodlarning original-maketlarini olish uchun davlat standartlari talablariga muvofiq mahsulotlar haqidagi axborotni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tadbirkorlik faoliyati subyekti — shtrixli kod qo‘yilgan mahsulotlar (tovarlar)ni tayyorlovchi buyurtmachining talabiga ko‘ra uni yetkazib berish boshlangunga qadar ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun buyurtmachiga mahsulotlar (tovarlar)ning asosiy iste’mol tavsifnomalari to‘g‘risida axborot beradi.
5. “EAN Uzbekistan” markazida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ishlab chiqariladigan va yoki sotiladigan mahsulotlar (tovarlar)ni EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alash huquqiga ega emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari shtrixli kodlash bo‘yicha standartlar va mazkur Nizom talablarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulotlar (tovarlar)ni EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alash tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan ushbu Nizom qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan respublikada ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlar (tovarlar) tamg‘alanadi, quyidagilar:
me’yoriy hujjatlarda (Davlat standartlari, tarmoq standartlari, texnik shartlar, amal qilinuvchi texnik materiallar, korxona standartlari va boshqalarda) o‘rash-joylash yoki etiketka yopishtirish nazarda tutilmagan yoxud texnik sabablarga ko‘ra ularda EAN shtrixli kodlarini ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan;
keyinchalik ishlov beriladigan va chakana savdoda sotilmaydigan ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalar va detallar holidagi;
respublikaga keltirilayotgan va tayyorlagan mamlakat kodiga ega bo‘lgan mahsulotlar (tovarlar) bundan mustasno.
Shtrixli kodni yozib qo‘yishning texnikaviy imkoniyatini “EAN Uzbekistan” avtomatik identifikatlashtirish markazi belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mahsulotlarga (tovarlarga) qo‘shimcha ishlov beradigan (qadoqlash, idishga qayta joylash va boshqalar) tadbirkorlik faoliyati subyektlari ularni EAN shtrixli kodi bilan tamg‘alashni ta’minlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ulgurji savdo korxonalari chakana savdoga “EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasining yoki “UCC” Shimoliy Amerika Xalqaro tashkilotining shtrixli kodlari bilan (qayta kodlashsiz) tamg‘alangan tovarlarni yuboradilar.
Ulgurji savdo korxonalari tayyorlovchilardan, vositachilik tashkilotlari va jismoniy shaxslardan mahsulotlar (tovarlar) yetkazib berish yuzasidan shartnomalar (kontraktlar) tuzishda mahsulotga (tovarga) va ular joylangan idishlarga ro‘yxatdan o‘tkazilgan shtrixli kodlarni yozib qo‘yish to‘g‘risidagi talabni kiritadilar.
11. Ulgurji savdo korxonalari, shtrixli kodlar bilan tamg‘alanmagan mahsulotlar (tovarlar) qabul qilingan taqdirda, ularni mustaqil ravishda EAN shtrixli kodi bilan tamg‘alashni ta’minlaydilar.
12. Chakana savdo korxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni (tovarlarni) sotuvchi boshqa korxonalar ulgurji va to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib beruvchilardan ro‘yxatdan o‘tkazilgan shtrixli kodlarsiz mahsulotlar (tovarlar)ni qabul qilish huquqiga ega emas, shtrixli kodlash muddatlari ushbu qarorda belgilangan mahsulotlar (tovarlar)ning tegishli toifasini shtrixli kodlash joriy etish boshlangungacha ulgurji savdo korxonasiga kelib tushgan mahsulot (tovar)lar bundan mustasno.
13. Chakana savdo korxonalari, shtrixli kodlar bilan tamg‘alanmagan mahsulotlar (tovarlar) qabul qilingan taqdirda, ularni mustaqil ravishda EAN shtrixli kodi bilan tamg‘alashni ta’minlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.