O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati besh yilni, kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa o‘n yilni tashkil etadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-iyun,
382-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 537-modda)