15.06.2017 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisiga, zaruriyat boʻlganda Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida, oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli koʻchasi, 13-a uy manzilidagi binoga joylashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga Markaz binosini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilsin hamda zarur analitik laboratoriya asbob-uskunalari va priborlar, kompyuter texnikasi, mebel va boshqa anjomlar bilan jihozlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T.Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
377-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 377-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

* Boʻlim pulli xizmatlardan tushadigan mablagʻlar hisobiga faoliyat koʻrsatadi, shtatidagi xodimlar soni ishlar hajmiga bogʻliq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 377-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida analitik (laboratoriya) nazoratni taʼminlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz oʻz faoliyatida Davlat ekologiya qoʻmitasiga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Davlat ekologiya qoʻmitasining qarorlari va buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Markaz oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, shuningdek bankda hisob raqamlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika atmosfera havosi, yer yuzasidagi suvlar, tuproq, hayvonot va oʻsimlik dunyosining ifloslanish manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, analitik nazorat natijalarini tizimlashtirish va umumlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni koʻmish (joylashtirish)da ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, radiatsiya xavfsizligi taʼminlanishining analitik nazoratini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilishi yuzasidan inspeksiyaviy analitik nazorat, ifloslantirish manbalari monitoringi boʻyicha ishlarni amalga oshirishda rahbarlik qilish hamda tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oqova va tashlanmalar, chiqindilar, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi namunalarini olish hamda ularning fizik-kimyoviy analizlarini olib borishning ilgʻor usullarini oʻzlashtirish, takomillashtirish, zarur holatlarda, ishlab chiqish, qayta mukammal ishlash va joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atmosferaga moddalar tashlanmalari nazorati va arbitraj oʻlchovlari oʻtkazilishini, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi va chiqarib tashlanadigan oqova suvlar sifati analiz qilinishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) respublika atmosfera havosi, yer usti suvlari, tuproq, hayvonot va oʻsimlik dunyosining ifloslanish manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, analitik nazorat natijalarini tizimlashtirish va umumlashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha geoaxborot tizimlari texnologiyalari asosida analitik nazorat va ifloslantiruvchi manbalar monitoringining axborot-kartografik maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning axborot byulletenlari va boshqa rasmiy nashrlarini hamda tabiiy muhitning holati toʻgʻrisidagi materiallar va boshqa maʼlumotlar chop etilishini tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat monitoringi tizimida atrof muhit holatini kuzatishni amalga oshirish, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish manbalari monitoringi va analitik nazorat natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atmosfera havosiga zararli moddalarning tashlanishi, oqova suvlarning sifati, tuproqning va suv resurslarining ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan belgilangan tartibda taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitning (havo, suv va tuproq) radionuklidlar va boshqa xavfli moddalar bilan ifloslanishi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularning Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tang vaziyatlarni boshqarish markaziga va uning hududiy boshqarmalarining axborot-tahlil xizmatlariga (tezkor navbatchilar guruhlariga), shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazilishini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhit holati toʻgʻrisida”gi milliy maʼruzaning atrof muhit va uning ifloslanish manbalari davlat monitoringi tizimi toʻgʻrisidagi qismi boʻyicha maʼlumotlarni tayyorlashda qatnashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) chiqindilarni koʻmish (joylashtirish)da ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, radiatsiya xavfsizligi taʼminlanishining analitik nazoratini tashkil etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy va sanoat chiqindilari yigʻilgan, xom ashyo chiqindixonalari va zaharli moddalarni koʻmish shoxobchalari joylashtirilgan hududlar tuprogʻi ifloslanishining analitik nazoratini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
antropogen manbalar, shuningdek ularning taʼsir etadigan zonasining atrofi va yaqinida radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini analitik nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori darajada xavfli obyektlar hamda intensiv sanoat va qishloq xoʻjaligi faoliyati yuritiladigan hududlarda ekologik vaziyat yuzasidan analitik nazoratni olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganadi, tahlil qiladi va amaliyotga joriy etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitning yuqori darajada ifloslanishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini tashkil qilishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilishi yuzasidan inspeksiyaviy analitik nazorat, ifloslantirish manbalari monitoringi boʻyicha ishlarni amalga oshirishda rahbarlik qilish hamda tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitning ifloslanish manbalari va yer usti ekotizimi monitoringi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Toshkent shahri va viloyatlar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining atrof muhitning ifloslanishi monitoringi boʻlimlari, shu jumladan vazirlik va idoralarining ekologik xizmatlariga uslubiy rahbarlikni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhit obyektlari (atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproq va suv quyqalari)ni, shuningdek xoʻjalik faoliyatini olib borish jarayonida yuzaga keladigan antropogen manbalar (atmosferaga tashlamalar va suvga oqovalar tashlash manbalari va tuproq ifloslanishi)ning tarkibi va xossalari koʻrsatkichlari miqdorini aniqlashga qaratilgan oʻlchashlarni bajarish uslublari sohasida qoʻllaniladigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari, davlatlararo standartlar va oʻlchashlarni bajarish uslublari hisobini yuritishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida standartlashtirish boʻyicha ishlar va oʻlchovlar (sinovlar) oʻtkazish yuzasidan tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof tabiiy muhit va ularni ifloslanish manbalari davlat monitoringi tizimi faoliyat yuritishida ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslarini ifloslantiruvchi manbalar, atmosfera havosiga zararli moddalarni tashlanishi, tuproqning ifloslanishi va tozalash inshootlarining ishlash samaradorligi monitoringini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining atrof-muhitni ifloslanishi monitoringi boʻlimlari, Toshkent shahri va viloyatlar boʻyicha ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ekoanalitik laboratoriyalari mutaxassislarini monitoring oʻtkazish, atrof muhit obyektlarini va ularning ifloslanish manbalarini analitik nazorat qilish masalalari boʻyicha tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oqova va tashlanmalar, chiqindilar, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi namunalarini olish hamda ularning fizik-kimyoviy analizlarini olib borishning ilgʻor usullarini oʻzlashtirish, takomillashtirish, zarur holatlarda, ishlab chiqish, qayta mukammal ishlash va joriy qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy oʻlchov uslublarini oʻzlashtirish, oʻlchashlarni bajarish uslublari va ilgʻor uslubiyotlarini takomillashtirish hamda zarur holatlarda ularni ishlab chiqish, qayta ishlash va amaliyotga tatbiq etish ishlarini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatga olish uchun taqdim etilayotgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining atrof muhitga taʼsirini baholash, ularni qoʻllashda tabiatni muhofaza qilish meʼyorlari va qoidalarini belgilash maqsadida ekologik baholashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tegishli tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi texnik boshqaruv sohasidagi meʼyoriy hujjatlar fondini shakllantiradi va yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologik taʼminlash talablariga muvofiq tahlillar, oʻlchovlar, test sinovlari natijalarining yagona va talab etiladigan aniqligini taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida oʻlchovlarni bajarishda qoʻllaniladigan ifloslantiruvchi moddalarning oʻlchovlarini bajarishning amaldagi shahodatlangan va vaqtincha ruxsat berilgan uslublarini ishlab chiqishni va nashr etishni amalga oshiradi, shuningdek uslubiy markaz haqida maʼlumotlar majmuini tashkil etishni taʼminlash maqsadida butun jahon maʼlumotlar Internet tarmogʻidagi oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirishni va doimiy ravishda yangilashni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini olib boruvchi korxonalarning ekoanalitik laboratoriyalari faoliyatini belgilangan tartibda nazorat qilib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kimyoviy tahlillarni bajarishda talab etiladigan ishonchlilik, aniqlik va yagonalikni taʼminlash maqsadida laboratoriyalararo taqqoslama sinovlar va boshqa tashqi nazorat shakllarini olib borishda ishtirok etadi va ularni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashlamalar, oqovalar va tuproq ifloslanishi boʻyicha namunalar olish va ularning fizik-kimyoviy tahlillarini oʻtkazishning ilgʻor uslublarini qoʻllash yuzasidan xorijiy davlatlarning tajribasini oʻrganish, tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish ishlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy va oʻquv, shu jumladan chet el tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi hamda atrof muhit obyektlarini ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslantiruvchi manbalardan oqovalar va tashlamalar tashlanishining analitik nazorati masalalari boʻyicha xalqaro ilmiy forum va konferensiyalarni tashkil etish va oʻtkazishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) atmosferaga moddalar tashlanmalari nazorati va arbitraj oʻlchovlari oʻtkazilishini, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi va chiqarib tashlanadigan oqova suvlar sifati analiz qilinishini taʼminlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bahsli holatlar va kelishmovchiliklar kelib chiqqan vaziyatlarda shahodatlash doirasiga mos ravishda nazorat obyektlarida namunalar olish va ularni dastlabki qayta ishlashni bajaradi, olingan namunalarning zarur miqdoriy, kimyoviy tahlilini va vizual kuzatishlarini oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariya holatlarida ifloslantiruvchi moddalarning oqovalari va tashlamalarini chiqarishda hamda (zaharli va xavfli) chiqindilarni joylashtirishda nazorat tahlillarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida quyidagilarning analitik (laboratoriya) nazoratini amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turgʻun manbalardan atmosfera havosiga tashlanadigan zaharli moddalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarning koʻchma manbalari tomonidan atmosfera havosiga tashlanadigan zaharli moddalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv obyektlariga tashlanadigan oqova suvlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oqova suvlar tashlaydigan manbalar joylashgan hududlardagi yer usti suvlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerlar (jumladan tuproq)ni ifloslantiruvchi manbalar joylashgan yoki potensial ifloslantiruvchilari boʻlgan hududlarning analitik (laboratoriya) nazoratini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq atrof muhit obyektlarida ifloslantiruvchi moddalarning oqovalari va tashlamalarini chiqarishning fizik-kimyoviy tahlillarini oʻtkazish masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz vakolatiga kiradigan statistik maʼlumotlarni, hisobotlarni, analitik materiallarni, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruv organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va boshqa davlat korxonalaridan soʻrash va bepul olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqni ifloslantiruvchi manbalar, oqova va yer usti suvlari, tashlama manbalari monitoringini yuritish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda kirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida akkreditatsiya doirasiga muvofiq fizik-kimyoviy tahlillar oʻtkazish, analitik ishlarning bajarilish tartibini belgilovchi oʻlchashlarni bajarish uslublari va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha xizmatlarni hamda oʻz vakolatlari doirasida boshqa xizmatlar turlarini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar (ishlar) uchun toʻlov miqdorini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar oʻtkazish hamda boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz xodimlarining ijtimoiy himoyasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Markaz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va akkreditatsiya doirasiga muvofiq fizik-kimyoviy tahlillar oʻtkazishdan, analitik ishlarning bajarilish tartibini belgilovchi oʻlchashlarni bajarish uslublari va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishdan tushadigan toʻlovlar va Markaz ixtiyoridagi boshqa mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Markazning faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Markazga belgilangan tartibda Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lovozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktorning Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi Markazning xarajatlari smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Direktor:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz faoliyatini umumiy boshqarishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda ijro intizomi holati boʻyicha bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz oʻrinbosari va Markazning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz boʻlimlari (xizmati) nizomini va Markaz xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida Markaz xodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda Hayʼat majlislarida, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan olib boriladigan oʻzi mutasaddi boʻlgan sohaga oid yigʻilishlarda qatnashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktor qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Markaz direktori vaqtincha yoʻqligida uning vazifalarini oʻrinbosari bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Markaz direktorining oʻrinbosari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazoratidagi boʻlimlarga bevosita rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda nazoratidagi boʻlimlarda ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha hujjatlar loyihasini va materiallarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashni tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz ish rejasida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni talab qilinadigan davr mobaynida amalga oshirish va muvofiqlashtirishni taʼminlaydi hamda oʻrganilgan masalalarning tanqidiy tahlili asosida Markaz direktoriga muhokama uchun takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologiya qoʻmitasi Hayʼat yigʻilishlarida muhokama qilishga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar tayyorlash uchun boʻlim boshliqlari va mutaxassislar bilan majlislar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktori topshirigʻiga binoan chiquvchi xatlarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktoriga tegishli mutaxassislar majburiyatlarini taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktoriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazifalar taqsimotiga koʻra boshqa tegishli funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Markaz xodimlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari hisoblanadi va ular quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarda belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona namunadagi formali kiyim-bosh kiyish va farqlovchi belgilarga ega boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologiya qoʻmitasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarimaga tortish tarzidagi maʼmuriy choralarni qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rejali va qisqa muddatli tekshiruvlarda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Markaz xodimlariga toʻlanadigan ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim oylik maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha va ustama haqlar, shuningdek ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetdan ajratiladigan va budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, budjet muassasalarini va tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari Markaz xodimlariga toʻlanadigan ish haqi va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 504-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)