02.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1781-3
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qarori, 02.05.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1781-3
Дата вступления в силу
10.05.2017
Hujjat 10.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qaror qiladi:
1. 4-bandning “b” kichik bandidagi “ixtisoslashgan buxgalterlik firmasiga” degan so‘zlar “ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 6-bandning “v” va “g” kichik bandlaridagi “boshlang‘ich hujjatlar” degan so‘zlar “boshlang‘ich hisob hujjatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 10-banddagi “boshlang‘ich hujjatlar” degan so‘zlar “boshlang‘ich hisob hujjatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 14-bandning ikkinchi xatboshisi va 15-banddagi “muhr bilan tasdiqlanadi” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “boshlang‘ich hujjatlarda” degan so‘zlar “boshlang‘ich hisob hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “birlamchi hujjatlar” degan so‘zlar “boshlang‘ich hisob hujjatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 25-bandning birinchi xatboshisidagi “uzoq muddatli” degan so‘zlar “moliyaviy” degan so‘z bilan almashtirilsin.
8. 38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “birlamchi hujjatlardagi” degan so‘zlar “boshlang‘ich hisob hujjatlaridagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
z) izoh chiqarib tashlansin.
10. 2-ilovadagi “Boshlang‘ich hujjatning” degan so‘zlar “Boshlang‘ich hisob hujjatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 4-ilovadagi “uzoq muddatli” degan so‘zlar “moliyaviy” degan so‘z bilan almashtirilsin.