Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2003 20.08.1999 yildagi 397-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2003
Hujjat 18.04.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QURILIShI TUGALLANMAGAN OBYEKTLAR VA ASOSIY FONDLAR QURILIShINI VAQTINChA TOʻXTATIB QOʻYISh VA QAYTADAN BOShLASh TARTIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-sonli “Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlashning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 20-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
397-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
20-avgustdagi 397-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlashning mazkur tartibi (keyingi oʻrinlarda Tartib deb ataladi) “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlashning yagona qoidalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Tartibga rioya qilish investitsiya jarayonining barcha qatnashchilari, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvining tegishli organlari uchun oʻz vakolatlari doirasida majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Tartibda qoʻllanilgan asosiy atamalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha toʻxtatib qoʻyish — qurilishi tugallanmagan obyektlar yoki asosiy fondlarning tegishli qaror bilan belgilanadigan davrda saqlanishini taʼminlash chora-tadbirlari kompleksi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugallanmagan qurilish — qurilishi tugallanmagan obyektda sarflangan amaldagi ishlab chiqarish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlar (vositalar) — uzoq muddat (bir yildan ortiq) davomida ishlatiladigan hamda ijaraga berish uchun ham foydalaniladigan moddiy aktivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki qiymat — asosiy fondlar (vositalar)ni sotib olish uchun amaldagi xarajatlar, shu jumladan, ularni keltirish, oʻrnatish, montaj qilish va foydalanishga topshirish xarajatlari, toʻlangan va qoplanmaydigan soliqlar (yigʻimlar), shuningdek, asosiy fondlarni ishchi holatiga keltirish bilan bogʻlik har qanday boshqa xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoldiq qiymat — asosiy fondlarning buxgalteriya hisobi va hisobotiga muvofiq jamlangan amortizatsiya summasi chiqarib tashlangan dastlabki qiymati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. VAQTINChA TOʻXTATIB QOʻYISh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar vaqtincha toʻxtatib qoʻyilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishi tugallanmagan obyektlar — kapital mablagʻ bilan taʼminlanmagan yoki ular qurilishi uchun bundan keyin mablagʻ qoʻyish maqsadga muvofiq emasligi asoslanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlar — texnik darajasi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda yoki ulardan ishlab chiqarish maqsadlarida 3 oydan ortiq muddatga foydalanish zarurati boʻlmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga muvofiq budjet mablagʻlari va banklarning kreditlari, shuningdek, hukumat kafolatlari ostida xorijiy kreditlar hisobiga olib borilayotgan obyektlar boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashlar asosida olib borilayotgan obyektlar boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra olib borilayotgan asosiy fondlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibiy oʻzgartirishni amalga oshiruvchi iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlari boʻyicha;
(5-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mulkida davlat ulushi boʻlgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mablagʻ bilan taʼminlovchi bankning xulosasi boʻlgan taqdirda asosiy fondlar boʻyicha mol-mulk egasi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qurilishi tugallanmagan obyektlar yoki asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi taklif:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi va mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda tarkibiy oʻzgartirishni amalga oshiruvchi korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllaniladigan korxonalar boʻyicha Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
(6-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishgan holda va mablagʻ bilan taʼminlovchi bankning xulosasi mavjud boʻlganda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tarkibiy oʻzgartirishni amalga oshiruvchi korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda kiritilgan iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimosnomaga konservatsiya qilish zarurligini asoslovchi hujjatlar (hisob-kitoblar) hamda konservatsiya qilinadigan tugallanmagan qurilish obyektlari va (yoki) asosiy fondlar roʻyxati ilova qilinadi, bunda muddatlari tamom boʻlgan tugallanmagan qurilish obyektlari va ular boʻyicha eskirish toʻliq hisoblangan asosiy fondlar alohida ajratib koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konservatsiya qilish Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining taklifiga koʻra tarkibiy oʻzgartirish yoki bankrotlik tartiboti davri uchun amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror asosida buyurtmachi (investor) yoki korxona rahbari qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida farmoyish (buyruq) chiqaradi, unda asosiy fondlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va saqlanishini taʼminlash ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ishlab chiqish muddatlari, shuningdek, ushbu obyektlar, asosiy fondlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar saqlanishi uchun javobgar tashkilot belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi farmoyish (buyruq) asosida bir oy muddatda quyidagilar tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha pudratchi bilan birgalikda qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida dalolatnoma, unda qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish sanasida obyektlarda bajarilgan ish hajimlarining smeta qiymati koʻrsatiladi, qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va boshqa obyektlar qurilishiga berish yoki sotish kerak boʻlgan montaj qilinmagan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar vedomosti ilova* qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy fondlar boʻyicha qurilishni vaqtincha toʻxtab qoʻyish toʻgʻrisida dalolatnoma, unda qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish sanasiga obyektlarda bajarilgan ish hajmlarining smeta qiymati koʻrsatiladi, qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va boshqa obyektlar qurilishga berish yoki sotish kerak boʻlgan montaj qilinmagan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar vedomosti ilova qilinadi (2-ilova*). Koʻrsatib oʻtilgan dalolatnomalar va vedomostlar mustaqil auditorlik firmasi bilan birgalikda tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar, ularning konstruktiv elementlari, montaj qilinmagan asbob-uskunalari va foydalanilmagan materiallar saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan ishlar va xarajatlar roʻyxati (3-ilova*). Qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan roʻyxat loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqqan loyiha tashkiloti ishtirokida, asosiy fondlar boʻyicha esa mustaqil auditorlik firmasi ishtirokida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Koʻrsatib oʻtilgan roʻyxat asosida loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachi (investor) yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning topshirigʻiga koʻra smeta tuziladi va zaruriyat boʻlganda, qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtab qoʻyish ishlarini olib borish uchun ishchi chizmalar, shuningdek, ularning saqlanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar smetasi tuziladi, ular keyinchalik buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Buyurtmachi (investor) qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 oy muddatda pudrat tashkilot bilan qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguncha bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlari uchun hisob-kitob qilishga, materiallar va konstruksiyalar yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalar bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi munosabati bilan pudrat tashkilot koʻrgan zararni va moddiy boyliklarni boshqa obyektlarga tashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar buyurtmachi tomonidan qurilish uchun banklarning kreditlari, shuningdek, xorijiy kreditlar jalb etilgan hollarda, ular kredit shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda toʻlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. QURILIShNI QAYTADAN BOShLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qurilishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi qaror investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilar bilan kelishuv boʻyicha qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi qaror asosida buyurtmachi (investor) yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt qurilishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida farmoyish (buyruq) chiqaradi, unda zarur ishlarni bajarishga doir hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish tartibi va muddatlari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Buyurtmachi (investor) yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qurilishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi farmoyish (buyruq) asosida hamda qurilishni qaytadan boshlash dalolatnomalari asosida bir oy muddatda quyidagilar tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha qurilishni qaytadan boshlash sanasida bajarilgan ishlar hajmi qiymati koʻrsatilgan holda qurilishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi obyektlar boʻyicha dalolatnoma, unga qurilishi vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallarning holatiga qisqacha tavsif berilgan vedomostlar ilova qilinadi (4-ilova*);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*4-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlar boʻyicha — qurilishni qaytadan boshlash sanasiga asosiy fondlarning balans va qoldiq qiymati koʻrsatilgan holda qurilishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi dalolatnoma, unga qurilishi vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallarning holatiga qisqacha tavsifi berilgan vedomostlar ilova qilinadi (5-ilova*).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*5-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Dalolatnomaning 13-bandida koʻrsatib oʻtilganlar va vedomostlar asosida buyurtmachi (investor) yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt zarur qurilishni qaytadan boshlash ishlarini olib borish uchun hujjatlarni oʻz kuchlari bilan yoki loyiha tashkilotini jalb etgan holda belgilangan tartibda tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qurilishni qaytadan boshlash ishlarini olib borish uchun smetada nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini bajarish pudrat tashkilot tomonidan qoʻshimcha bitim boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimda qurilishi tugallanmagan obyektlar, asosiy fondlar, asbob-uskunalar, konstruktiv elementlar va materiallar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash ishlarini bajarish va buyurtmachi (investor) yoki xoʻjalik yurituvchi subyektga topshirish muddatlari nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilganligi uchun hisob-kitoblar qurilish-montaj ishlarining bajarilgan hajmlarini qabul qilish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash boʻyicha pudratchi tomonidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari pudrat ishlari hajmiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qurilishi tugallanmagan obyektlari qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash boʻyicha ishlar va xarajatlar, shu jumladan, vaqtincha toʻxtatib qoʻyish davrida ularning saqlanishini taʼminlash hamda qaytadan boshlash vaqtidagi tiklash ishlari mazkur qurilish uning hisobiga amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash manbaidan, obyekt qiymatining yigʻma smeta hisob-kitobi doirasida haq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektning smeta qiymati oshib ketgan taqdirda loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va qayta tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash boʻyicha ishlar va xarajatlar, shu jumladan, vaqtincha toʻxtatib qoʻyish davrida ularning saqlanishini taʼminlash hamda qaytadan boshlash vaqtidagi tiklash ishlariga xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz mablagʻlari hisobiga smeta doirasida haq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar buyurtmachi tomonidan qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash hujjatlarning ishonchli rasmiylashtirilishi ustidan mazkur Tartibga ilovalar va vedomostlarga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-sonli qaroriga asosan 7-19-bandlar tegishli ravishda 8-20-bandlar deb hisoblangan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 8-son, 48-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 62-modda)