18.04.2001 yildagi 178-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AHOLIGA KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISHNI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoniga muvofiq hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifatini oshirish, kommunal xizmatlar haqining to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan kollektiv mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq uy-joy mulkdorlari shirkatlari tashkil etilishiga ko‘ra uy-joylardan foydalanish boshqarmalari va tashkilotlarini tugatsinlar yoki ularni uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnomalar bo‘yicha uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi xususiy va boshqa nodavlat pudrat tashkilotlariga aylantirsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy mulkdorlari shirkatlari tashkil etishning tasdiqlangan jadvallari amalga oshirilishini ta’minlash uchun 1991-yilgacha qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni dastavval mukammal ta’mirlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar, ta’mirlashni Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari va budjetdan tashqari manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlasinlar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy mulkdorlari shirkatlarini omborxonalar va xo‘jalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan turar joyga mo‘ljallanmagan binolar, shuningdek moddiy-texnika resurslari va jihozlar bilan ta’minlashga ko‘maklashsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir uy-joy mulkdorlari shirkati yer uchastkasi chegaralarini belgilasinlar va ularga belgilangan tartibda uchastkadan foydalanish huquqi yuzasidan davlat dalolatnomasi bersinlar. Belgilab qo‘yilsinki, yangi tashkil etilgan uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yer uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan davlat dalolatnomasi ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ikki oy mobaynida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimligi 2001-yil mobaynida shahardagi tumanlar kommunal-foydalanish boshqarmalarini tugatsin va ular negizida uy-joy mulkdorlari shirkatlariga, korxonalar va tashkilotlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik hisobidagi avariya-tiklash xizmatlari tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari balansida bo‘lgan turar joyga mo‘ljallanmagan binolarni va boshqa mol-mulkni ijaraga berishdan, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tegishli bo‘lgan hududdagi yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar egalaridan foydalanish xarajatlari uchun tushadigan mablag‘lar, ulardan keyinchalik aylanma mablag‘larni to‘ldirishda, uy-joyni mukammal tuzatish uchun moddiy-texnika resurslari zaxirasini yaratishda foydalanish uchun shirkatlarning depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 9–10-son, 85-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklariga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga joriy va mukammal ta’mirlashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslari, asbob-anjomlar va jihozlar sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kafilligi ostida imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 9–10-son, 85-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mamlakatning barcha hududi uchun kommunal xizmatlar tarif siyosatining yagona prinsiplarini joriy etish maqsadida “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash metodikasini qayta ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 1-yanvargacha boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda gaz, suv, issiqlik ta’minoti, markaziy isitish va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatishda texnologik nobudgarchiliklarning cheklangan normativlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 29-yanvardagi 47-f-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi huzurida tashkil etilgan kommunal xizmatlarga tarif siyosati bo‘yicha doimiy ishlovchi ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda mahalliy boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadigan uy-joy kommunal xizmatlarga tariflar, shuningdek kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilarga tariflardagi farqni qoplash uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy monitoring olib borilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mablag‘lar yig‘ilishini takomillashtirish maqsadida fuqarolarning arizalari bo‘yicha ularning ish joyidagi ish haqidan tegishlicha ushlab qolish yo‘li bilan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun haq to‘lanishini tashkil etish amaliyotini keng qo‘llasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi tomonidan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar har bir tijorat banki muassasasi va to‘lov qabul qilish kassalari orqali to‘lanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, uy-joy mulkdorlari va uy-joyni ijaraga oluvchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal xizmatlar uchun avans sifatida to‘langan to‘lovlarga, ushbu davrda tegishli tariflar ko‘paygan taqdirda qo‘shimcha haq to‘lashdan ozod etiladilar (o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan davr uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud qarzlar ular tomonidan 2001-yil 1-iyulgacha bo‘lgan davrda to‘langan taqdirda muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar summasidan penya to‘lashdan ozod etiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy-kommunal xizmatlar uchun 2001-yil 1-yanvargacha vujudga kelgan qarzlarni “Indeksatsiya” maxsus hisob raqamlaridan omonatlarni muddatidan oldin olish hisobiga to‘lashlari mumkin, ushbu mablag‘lar tegishli bank tomonidan omonatchilarning belgilangan namunadagi to‘lov topshiriqnomasi asosida naqdinasiz hisob-kitob yo‘li bilan uy-joy-kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxonalarga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat ko‘rsatish va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha namunaviy shartnoma (kontrakt) 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zkommunxizmat” agentligi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla qo‘mitalari) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nukus shahrida, viloyat markazlarida va Toshkent shahrida uy-joy mulkdorlari shirkatlari xodimlari va aholi bilan kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini isloh qilish, shirkatlar faoliyatini tashkil etish va ularning aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari masalalari bo‘yicha doimiy ishlovchi seminarlar tashkil etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy-kommunal xizmatlar uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilish yuzasidan kollektiv mas’uliyat tizimi samarali faoliyat ko‘rsatayotgan tumanlarning to‘plangan ijobiy tajribasini ommalashtirishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hukumatning 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zkommunxizmat” agentligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarorga muvofiq tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 18-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
178-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 18-apreldagi 178-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turar joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat ko‘rsatish va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY SHARTNOMA (KONTRAKT)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb ataladigan _________________ ________________uy-joy mulkdorlari (Yagona buyurtmachi xizmati, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati) bir tomondan, Ustav asosida va uy-joy fondidan foydalanish korxonasi nomidan ish ko‘ruvchi, keyingi o‘rinlarda “Bajaruvchi” deb ataluvchi_____________________ikkinchi tomondan, mazkur shartnoma (kontrakt)ni quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar.
(1-ilova kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 9–10-son, 85-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Shartnoma mavzusi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.__________________________shahar,__________________tuman____________________________ko‘chasi, ______________________uydagi manzilda joylashgan umumiy maydoni_________kv.m. bo‘lgan uy-joyning umumiy foydalaniladigan obyektlarini texnik xizmat ko‘rsatish uchun dalolatnoma bo‘yicha “Buyurtmachi” topshiradi, “Bajaruvchi” esa qabul qilib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Texnik xizmat ko‘rsatiladigan umumiy foydalaniladigan obyektlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tom;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yo‘laklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lift xo‘jaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik yerto‘lalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bittadan ortiq kvartiraga xizmat ko‘rsatuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxtalar — (lift, axlat o‘tish, gaz o‘tish shaxtalari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kvartiralar ichidan o‘tuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlarning xizmat ko‘rsatish chegaralari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jo‘mrakkacha suv quvurlari shahobchalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radiatorgacha isitish tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz tarmoqlari, shu jumladan gaz plitasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jo‘mrakkacha issiq suv ta’minoti tarmog‘i.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Tomonlarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Bajaruvchi” quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joydan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga rioya qilgan holda umumiy foydalaniladigan obyektlarga texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalaniladigan joylarni, uy ichki va kvartira ichki muhandislik tarmoqlarini (sovuq suv ta’minoti, issiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik tirgaklari va tarmoqlari, tom va zinapoya kataklari) zarur holatda saqlashni ta’minlovchi mukammal va joriy tuzatish ishlarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Buyurtmachi”dan asbob-uskunalar nosozligi to‘g‘risida yozma buyurtma tushganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sovuq va issiq suv ta’minoti va isitish asbob-uskunalarini 4 soatdan kechikmay tuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tomdan chakka o‘tishini bir kecha-kunduzda tuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) umumiy foydalaniladigan joylardagi elektr uskunalari nosozligini 1 kecha-kunduzda tuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) avariya tusidagi nosozlikni darhol tuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal xizmatlar (issiq va sovuq suv berish, kanalizatsiya, isitish, gaz, axlatni chiqarish) o‘z vaqtida ko‘rsatilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joyning yerto‘lasiga va tomiga begona shaxslarning kirishini to‘sish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish sifatining kafolatlangan darajasi va miqdori buzilishi munosabati bilan “Bajaruvchi”ning aybi bilan kelib chiqqan zararlarni “Buyurtmachi”ga qoplash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Burtmachi” quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur shartnoma bo‘yicha umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bajarilganligi, kommunal xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun o‘z vaqtida, biroq hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay haq to‘lash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joylardan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga hamda turar joylardan va uy atrofidagi hududdan foydalanish qoidalariga muvofiq umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kvartirada yoki turar joyga kirish joylarida o‘rnatilgan barcha o‘lchov priborlarining saqlanishi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, ular ishdan chiqqan taqdirda bir kecha-kunduzdan kechikmay “Bajaruvi”ga yozma ravishda xabar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhandislik kommunikatsiyalarini ivirsitmaslik va ularning oldini to‘sib qo‘ymaslik hamda sanitariya va yong‘inga qarshi talablarga rioya qilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariya vaziyatida istalgan vaqtda “Bajaruvchi”ga turar joyga kirish imkoniyatini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Buyurtmachi” quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur shartnomaga muvofiq ishlar noto‘liq va sifatsiz bajarilgan taqdirda umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash summasi qayta hisoblab chiqilishini “Bajaruvchi”dan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlar “Bajaruvchi” tomonidan o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda ushbu ishlarni o‘z kuchlari bilan bajarish, xarajatlarni esa “Bajaruvchi”ning hisobiga o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat ko‘rsatishga va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlarga yo‘naltirilgan pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bajaruvchi” bilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sudga murojaat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘z majburiyatlari muddatida bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”ga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun xizmat ko‘rsatish yoki xizmatlar qiymatining 1 foizi miqdorida penya to‘laydi. Undirilgan penya miqdori ishlar (xizmatlar)ning umumiy qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Bajaruvchi” quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
materiallar, energiya manbalari, yoqilg‘i va hokazolar narxlari oshgan taqdirda umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lash tarifini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklif bilan, biroq bir yilda bir martadan ko‘p emas, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lovlar summasining 0,5 foizi miqdorida penya hisoblash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy va undan ko‘p vaqt davomida kommunal xizmatlar uchun haq to‘lanmagan taqdirda (uzishdan 3 kun oldin iste’molchini suv va gaz ta’minoti manbalaridan uzib qo‘yish, “Buyurtmachi” hisobidan haq to‘langandan keyin ulash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Buyurtmachi” bilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Alohida shartlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Shartnoma muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur Shartnoma 200____ yil “______” _________dan 200_____yil “_____”___________gacha muddatga tuzildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Shartnoma shartlari, agar ushbu o‘zgarishlar uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasa, tomonlarning kelishuviga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir nusxa “Buyurtmachi”da ikkinchi nusxasi “Bajaruvchi”da qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Tomonlarning rekvizitlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachi‎‎ Bajaruvchi‎
Manzil:_____________________
‎____________________________
‎Bank hisob raqami:___________
‎FO_________________________
‎Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami______________________‎
Manzil:_____________________ ‎____________________________ ‎Bank hisob raqami:___________ ‎FO_________________________ ‎Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami______________________‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: “Bajaruvchi”ning funksiyalarini xizmatlarni bevosita iste’molchiga ko‘rsatgan holda kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar (suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik, gaz elektr ta’minoti, axlatni tashish va boshqa turlar) bajargan taqdirda, “Xizmatlar ko‘rsatuvchi” va “Buyurtmachi” o‘rtasida mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni ta’minlashning umumiy prinsiplariga amal qilgan holda xizmatlarning har bir turi bo‘yicha alohida shartnomalar tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 15-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 18-apreldagi 178-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetining “O‘zbekiston SSR shaharlarida dvorniklar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1943-yil 31-maydagi 649-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Mamlakatda sog‘liqni saqlashni yanada yaxshilash va meditsina fanini rivojlantirish tadbirlari to‘g‘risida” 1968-yil 5-iyuldagi qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 8-avgustdagi 386-son qarori (O‘zSSR QT, 1968y., 6-son, 42-modda) 12-bandining “v” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. SSSR Ministrlar Sovetining “Shaxsiy pensiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1977-yil 19-dekabrdagi 1128-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 14-yanvardagi 11-son qarori (O‘zSSR QT, 1978-y., 1-son, 2-modda)ga ilova qilingan Shaxsiy pensiyalar to‘g‘risidagi Nizomning 27-28-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarining moddiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” 1978-yil 10-noyabrdagi 907-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 11-dekabrdagi 738-son qarori (O‘zSSR QT, 1978-y., 12-son, 44-modda) 2-bandining “d” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. SSSR Ministrlar Sovetining “harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan iste’foga chiqarilgan shaxslar va ularning oilalari uchun imtiyozlar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1981-yil 17-fevraldagi 193-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 2-martdagi 179-son qaroriga ilova qilingan harbiy xizmatchilar, harbiy majburiyatlilar, harbiy xizmatdan iste’foga chiqarilgan shaxslar va ularning oilalari uchun imtiyozlar to‘g‘risidagi Nizomning 25-26-bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. SSSR Ministrlar Sovetining “Vatan urushi nogironlari va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun imtiyozlar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1981-yil 23-fevraldagi 209-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 2-martdagi 182-son qaroriga ilova qilingan Vatan urushi nogironlari va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun imtiyozlar to‘g‘risidagi Nizomning 17-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 7-iyuldagi 544-son qarori (O‘zSSR QT, 1981-y., 7-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Vatan urushi invalidlariga va boquvchisidan judo bo‘lganligi sababli halok bo‘lgan harbiy xizmatchi uchun pensiya olayotgan oilalarga turar joy maydoni va kommunal xizmatiga haq to‘lash, shuningdek, Vatan urushi invalidlariga passajir transportida qatnash yuzasidan imtiyozlar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning I bo‘limi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRda Vatan urushining invalidlari va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida hamda SSSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 23-fevraldagi 209-son qarorida ko‘rsatilgan imtiyozlarni qo‘llanish tartibi haqida” 1981-yil 11-maydagi 407-son qarori (O‘zSSR QT, 1981y., 5-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Vatan urushi invalidlari va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun belgilangan imtiyozlar ro‘yxati III bo‘limining 3-bandi va IV bo‘limi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilarining, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari, Sovet Ittifoqi qahramonlari va Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan kishilarning moddiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash masalasi bo‘yicha” 1984-yil 26-iyuldagi 812 va 813-son qarorlari yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984-yil 4-sentabrdagi 456-son qarori 1-bandi “i” kichik bandining beshinchi xat boshi, “k” va “l” kichik bandlari va 2-bandining “g” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari uchun tayinlangan imtiyozlarni Leningrad shahri qamalda bo‘lgan davrda shaharning korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan hamda “Leningrad mudofaasi uchun” medali bilan mukofotlangan grajdanlarga joriy etish to‘g‘risida” 1985-yil 14-maydagi 416-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 14-iyundagi 311-son qarori (O‘zSSR QT, 1985y., 6-son, 26-modda) 1-bandining “a” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Aholi salomatligini yanada yaxshilash va sog‘liqni saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1988-yil 20-iyundagi 764-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 31-oktabrdagi 392-son qarori 19-bandi “j” kichik bandining to‘rtinchi xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston Ko‘rlar jamiyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning sotsial sohasini rivojlantirish choralari to‘g‘risida” 1990-yil 28-iyundagi 251-son qarori (O‘zSSR QT, 1990y., 6-son, 21-modda)ning 7-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli qaroriga asosan 2016-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 432-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSR Energetika va elektrlashtirish vazirligi tizimidagi hamda SSSR Energetika va elektrlashtirish vazirligining O‘zbekiston SSR hududida joylashgan korxonalaridagi kadrlarni mustahkamlash bo‘yicha ayrim chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 1-iyundagi 152-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Pensiyalar, stipendiyalar va noishlab chiqarish soha xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 8-yanvardagi 3-son qarori 5-bandining turar joy-kommunal xizmatlar bo‘yicha imtiyozlarni joriy qilishga oid qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va o‘quv-yordamchi xodimlariga qo‘shimcha imtiyozlar berish haqida” 1992-yil 5-fevraldagi Farmonini bajarish choralari to‘g‘risida” 1992-yil 13-martdagi 128-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 8-son, 40-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2015-y., 32-son, 432-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)