Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PATENT BOJLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI VA PATENT BOJLARI STAVKALARINI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Belgilansinki, ular boʻyicha ish yuritish tugallanmagan ixtirolar yoki sanoat namunalariga dastlabki patentlar berishga, shuningdek amal qilish muddati tamom boʻlmagan ixtirolar yoki sanoat namunalariga dastlabki patentlar berishga buyurtmanomalar “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri kuchga kirgan kundan boshlab olti oy mobaynida tegishli patent bojlari toʻlangan taqdirda ariza beruvchi yoki patent egasining iltimosiga koʻra patent berish uchun buyurtmanomalarga aylantirilishi mumkin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun undiriladigan roʻyxatga olish yigʻimlarining miqdorlari toʻgʻrisida” 1995-yil 21-avgustdagi 331-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 30-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 123-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S.Karomatov va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 14-oktabr,
357-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining “Davlat bojlari, yigʻimlar va xorijiy valyutadagi soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1) 2-ilovaning VIII boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi boʻyicha
|
Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari huquqiy muhofaza qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatli xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun patent bojlari |
| Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan patent bojlari stavkalariga muvofiq” |
2) 2-ilovadagi Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar toʻlashdan tushgan valyuta tushumlarini taqsimlash jadvalining 11-bandida “Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarning turlari” ustunida “Sanoat mulki (ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari) obyektlariga muhofaza hujjatlari berilishiga, ularning kuchda boʻlishini saqlab turishga va sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa yuridik ahamiyatli xatti-harakatlar uchun buyurtmanomalar berilganligi uchun boj” soʻzlari “Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlar, maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari huquqiy muhofaza qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan yuridik ahamiyatli xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun patent bojlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 151-modda; 2003-y., 13-son, 103-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)