29.03.2017 yildagi PQ-2856-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.03.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish, pilla, xom ipak, ipak kalava ishlab chiqarish va ularni chuqur qayta ishlashning samarali usullarini keng joriy etish, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishni taʼminlaydigan yagona va yaxlit tashkiliy-texnologik tizimni barpo etish asosida pillachilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, tijorat banklari va pillachilik tarmogʻi tashkilotlarining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari va pillachilik tarmogʻi tashkilotlari muassisligida yangidan tashkil etiladigan “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlari — “Janubipaksanoat”, “Shimolipaksanoat”, “Markazipaksanoat”, “Vodiyipaksanoat” va “Toshkentipaksanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Pilla” hududiy birlashmalari negizida tashkil etiladigan hududiy “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman va tumanlararo “Pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari negizida tashkil etiladigan tuman “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish, pillani qayta ishlash hamda ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ozuqa bazasini takomillashtirish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqning ozuqa bazasini mustahkamlash, tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida sugʻoriladigan yer maydonlari ajratish boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipak qurti parvarish qilinmaydigan davrlarda pillaxonalar va tutzorlarda ikkilamchi faoliyatni amalga oshirish hisobiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ipak qurti urugʻi va pilla yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, parvarish qilish va sifatli urugʻ ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududlari boʻyicha pilla yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash, pilla tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari boʻyicha pilla yetishtirish uchun buyurtmalarni joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifatli pilla yetishtirish va tayyorlash, uni dastlabki qayta ishlash, xom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) pillani chuqur qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va uning sifatini yanada yaxshilash, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini oʻzlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlari olib borish, ipak mahsulotlari narxini shakllantirishning maqbul mexanizmini yaratish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tayyor ipak mahsulotlari eksporti hajmini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tarmoqni jadal rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pillachilik tarmogʻini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil yuritish hamda ichki va tashqi bozordagi narxlar monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, imtiyoz va yengilliklar berish, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning mablagʻlarini jalb qilish orqali Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar manfaatlarini koʻzlab, davlat bojini toʻlamasdan sudga daʼvo arizalari tayyorlash va taqdim etish hamda davlat organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlari va pillachilik tarmogʻining boshqa tashkilotlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining muassislari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bukhara Brilliant Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonasi hamda Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan pillachilik tarmogʻining boshqa tashkilotlari “Janubipaksanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Asakabank” ATB hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan pillachilik tarmogʻining boshqa tashkilotlari “Shimolipaksanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agrobank” ATB hamda Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlarida joylashgan pillachilik tarmogʻining boshqa tashkilotlari “Markazipaksanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida joylashgan pillachilik tarmogʻining boshqa tashkilotlari “Vodiyipaksanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB hamda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida joylashgan pillachilik tarmogʻining boshqa tashkilotlari “Toshkentipaksanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyatning muassislari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi, uning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 40 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi hamda “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlarining namunaviy tuzilmasi 1, 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisiga, zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining raisi va uning oʻrinbosarlari muassislar umumiy yigʻilishining qarori bilan saylanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga koʻra tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati va “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlarining joriy taʼminoti va faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi pillachilik tarmogʻi tashkilotlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va “Ipaksanoat” mintaqaviy jamiyatlarini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) 4-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2017 — 2021-yillarda pillachilik tarmogʻini kompleks ravishda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarga eʼtiborni qaratsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushma va uning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, pillachilik sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi tutzorlarni barpo etish, tut qatorlarini kengaytirish va mavjud tutzorlarni modernizatsiya qilish orqali pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipak qurti urugʻining mahsuldor zotlarini yaratish va joriy etish, importni qisqartirish va kelgusida respublikaning ichki ehtiyojini toʻliq taʼminlash maqsadida ularni ishlab chiqarish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pilla yetishtirish va tayyorlash hajmlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish, sifatini yanada yaxshilash, ipak qurtining mahsuldorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pillaga dastlabki ishlov berishning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini xatlovdan oʻtkazish, ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pillachilik tarmogʻi tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun koʻmir, polietilen, polipropilen, mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash materiallarini oʻz vaqtida, tartibga solinadigan narxlar boʻyicha ajratish orqali belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish hamda pillachilik tarmogʻining xoʻjalik yurituvchi subyektlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifat menejmentining zamonaviy usullarini, tayyor mahsulotning xaridorgir turlari va dizaynini keng joriy etish, uning xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirilishi va standartlashtirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida pillachilik tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini takomillashtirish va yangilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2023-yil 1-yanvargacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish, pillani yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlash, tayyor ipak mahsulotlar hamda pillachilik tarmogʻi uchun yordamchi materiallarni (sunʼiy pilla oʻrash dastalari) ishlab chiqarishdan olinadigan daromadlar — yuridik shaxslarning yagona soliq toʻlovini toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish, pillani tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan pilla yigirish va ipak gazlama toʻqish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti koʻchatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urugʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi (kasanachi)lar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pilla yetishtiruvchi tashkilotlar — pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilar va boshqa ishchi-pillakorlar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovdan ozod etilsin va bundan boʻshagan mablagʻlar kasanachilar va ishchi-pillakorlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Mehnat vazirligining pillachilikni, pillachilik tarmogʻi ishchilari va tirik pilla yetishtirish bilan shugʻullanuvchi kasanachilarni qonun hujjatlarida tasdiqlangan toʻliq bir mavsum ishlangan davrlari ularga pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra pillachilik tarmogʻida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra pillachilik tarmogʻida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining buyurtmanomalariga koʻra pillachilik tarmogʻida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga Uyushma aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab sudga daʼvo arizalarini taqdim etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini belgilangan tartibda telekommunikatsiya tarmoqlariga, jumladan, hukumat aloqasiga ulashni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Toshkent shahri hokimligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini joylashtirish uchun Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoil ota koʻchasidagi 1-a uydan ijara haqi boʻyicha “nol” stavkasini belgilagan holda zarur maydon ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 29-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2856-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkiliy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi



Buxoro (1), Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1) va Xorazm (1) viloyatidagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Samarqand (1), Navoiy (1) va Jizzax (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Fargʻona (1), Namangan (1) va Andijon (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari

Toshkent (1) va Sirdaryo (1) viloyatlaridagi hududiy “Agropilla” MCHJlari



Samarqand (14), Navoiy (5) va Jizzax (12) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Fargʻona (15), Namangan (12) va Andijon (14) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Toshkent (10) vaSirdaryo (8) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Buxoro (10), Qashqadaryo (12) va Surxondaryo (12) viloyatlaridagi tuman “Agropilla” MCHJlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (7) va Xorazm (10) viloyatidagi tuman “Agropilla” MCHJlari



Samarqand (3), Navoiy (1) va Jizzax* viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Fargʻona (4), Namangan (2) va Andijon (4) viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Toshkent (2) va Sirdaryo* viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Buxoro*, Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (1) viloyatlarida joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi* va Xorazm viloyatida (1) joylashgan ipak qurti urugʻini ishlab chiqarish boʻyicha tashkilotlar



Samarqand (4), Navoiy (2) va Jizzax (1) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

Fargʻona (5), Namangan (4) va Andijon (4) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

Toshkent (1) va Sirdaryo* viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (1) va Xorazm (1) viloyatidagi pillani qayta ishlash tashkilotlari


Buxoro (4), Qashqadaryo (1) va Surxondaryo (2) viloyatlaridagi pillani qayta ishlash tashkilotlari




Fargʻona (3), Namangan (2) va Andijon* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

Toshkent* va Sirdaryo* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi* va Xorazm* viloyatidagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari

Samarqand*, Navoiy* va Jizzax* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari


Buxoro (1), Qashqadaryo* va Surxondaryo* viloyatlaridagi ipak gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlari


Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti



Tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti (1)**

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ushbu tashkilotlarning “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasiga kiritish yoki undan chiqarish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Yangi korxonalarni tashkil etish koʻzda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Ilmiy-tadqiqot sohasida “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Z.T. Mirzayev

Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh raisi

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh raisi oʻrinbosari

A.J. Vaxabov

qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

moliya vaziri oʻrinbosari

Sh.O. Tulyaganov

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari

A.A. Usmanov

adliya vaziri oʻrinbosari

D.A. Xidoyatov

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

B.Ya. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

X.A. Shakirov

Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

I.U. Haydarov

“Oʻzbekyengilsanoat” AJ raisi

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamenti mudiri, Ishchi guruh kotibi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 204-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 07/18/4047/2269-son, 01.08.2019-y., 07/19/4411/3500-son; 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son; 05.06.2023-y., 06/23/85/0325-son; 08.05.2024-y., 06/24/72/0331-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)