Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024 18.01.2017 yildagi PQ-2732-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024
Hujjat 18.01.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon iqtisodiyotidagi uzoqqa choʻzilgan inqirozli holatlar, narxlarning beqarorligi hamda xalqaro va mintaqaviy bozorlarda talabning pasayishi davom etayotgan sharoitda Oʻzbekiston Respublikasining eksport va investitsiya salohiyatini samarali roʻyobga chiqarish va yanada oshirish masalalari mamlakatning eng muhim ustuvor tashqi siyosat strategiyasi sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar va kengashlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyati tahlili hamkor davlatlar bilan oʻzaro aloqalarda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish boʻyicha yetarlicha choralar koʻrilmayotganidan dalolat bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari bilan tizimli va doimiy asosda shugʻullanmayapti, dunyo va mintaqaviy bozorlardagi rivojlanish jarayonlari hamda surʼatlarini, ularga mahalliy tovarlar va xizmatlarni olib chiqish imkoniyatlarini chuqur oʻrganmayapti, mamlakatga ilgʻor texnologiyalar, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, imtiyozli kreditlar, grantlar va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb qilish, shuningdek, oʻzaro savdo-sotiqni, eng avvalo, mahalliy tovarlar va xizmatlarni eksportga yetkazib berishni oʻstirish uchun zaxiralar va yangi manbalar izlamayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik va ilmiy-taʼlim sohasidagi hamkorligini tubdan barqaror rivojlantirish va kengaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar va kengashlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari (keyingi oʻrinlarda — hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari)ning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi eng muhim vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirish, mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy sohadagi kompleks iqtisodiy, savdo, moliyaviy va boshqa manfaatlarini tartibga soluvchi ikki tomonlama va koʻp tomonlama huquqiy hujjatlar ijrosining borishini monitoring qilish, ularning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish, akkreditatsiya qilingan mamlakatda yoki vakil qilinayotgan xalqaro tashkilotning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga mahalliy tovarlar va xizmatlarning eksport hajmlarini oshirish, ikki tomonlama tovar almashuv nomenklaturasini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qoʻllash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya jarayonlarida xorijiy davlatlarning faol ishtirokini, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga va infratuzilmani rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarni, shuningdek, ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari akkreditatsiyadan oʻtgan va faoliyat koʻrsatayotgan mamlakatda ularning huquqiy himoyasini hamda iqtisodiy va moliyaviy manfaatlarini ilgari surishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilish, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalarining ishtirok etishini taʼminlash, shuningdek, respublikaning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari va ilmiy markazlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirishga, qoʻshma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirishga, shuningdek, ilgʻor texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar va kengashlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq ushbu qarorda belgilangan eng muhim vazifalarni roʻyobga chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari quyidagilarni amalga oshiradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi chet el kompaniyalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan sheriklik munosabatlarini oʻrnatish hamda kontraktlar tuzish orqali Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yoʻnalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, ularni tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va kompaniyalarini Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida, eng avvalo, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini va infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga jalb qilish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida hamkorlikda ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar, butlovchi va ehtiyot qismlar koʻrinishidagi sanoat mahsulotlarini xorijiy ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari uchun eksportga yetkazib berishni taʼminlagan holda xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha bitimlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xususiy kompaniyalarining ochiq tenderlarida ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarning yetakchi turistik kompaniyalari va sohaga ixtisoslashgan tashkilotlari orasida Oʻzbekiston Respublikasining madaniy-tarixiy va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, ularni milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va Oʻzbekiston Respublikasining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma tadqiqot va taʼlim dasturlari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari, ilmiy markazlar va yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirishga, shuningdek, ilgʻor texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari hamda hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlarining raislari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik faol rivojlanayotgan va uni yanada kengaytirish uchun yetarlicha salohiyat mavjud boʻlgan xorijiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatxonalari tarkibiga savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi shtat birligini qoʻshimcha kiritish yuzasidan har tomonlama asoslantirilgan takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalarida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 238-son qarori 2 va 4-bandlari hamda ushbu qarorga 2-ilova;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 102-son qarori 1-bandi ikkinchi xatboshisi va ushbu qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 18-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2732-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi missiyalari va vakolatxonalari (keyingi oʻrinlarda — xorijdagi muassasalar) faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xorijdagi muassasalar oʻzi ishlab turgan mamlakatda yoki xalqaro tashkilotda Oʻzbekiston Respublikasini ifodalovchi davlat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi muassasalar xorijda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini, shuningdek, respublika fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish maqsadida tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xorijdagi muassasalarni ochish, xodimlarning cheklangan soni bilan birga ularning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xorijdagi muassasalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) boshchilik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik xizmati organlari tizimiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xorijdagi muassasalar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, qonunchilikning boshqa hujjatlari, Tashqi ishlar vazirligining koʻrsatmalari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xorijdagi muassasalar yuridik shaxs boʻlib, oʻz nomi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xorijdagi muassasalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarini ishlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Xorijdagi muassasalarning asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi xorijdagi diplomatik muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) siyosiy-diplomatik sohada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasini ifoda etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy yoʻnalishini amalga oshirishni taʼminlash, milliy manfaatlarni himoya qilish va qatʼiy talab etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi obroʻsi va ijobiy imijini mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining eng muhim jihatlari toʻgʻrisidagi xolis va ishonarli axborotlarni xorijda keng tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlat bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida siyosiy-diplomatik sohada, shuningdek, xavfsizlik sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatning qonun chiqaruvchi organlari bilan qonun ijodkorligi va huquq amaliyotini qoʻllash, parlament nazorati va oʻzaro hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarida parlamentlararo hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki tomonlama va koʻp tomonlama munosabatlarning turli jihatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarning ijro etilishini tizimli monitoring qilish, ularni amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish, oʻzi ishlab turgan mamlakat bilan hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mintaqada yuz berayotgan muhim jarayonlarning eng soʻnggi rivojlanish tendensiyalari va voqealar, dunyodagi kuchlar muvozanatiga taʼsir koʻrsatuvchi tizimli omillar, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka tahdidlar va xatarlar holatini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy holatni tizimli ravishda oʻrganish, uning Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga taʼsirini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligini oʻzi ishlab turgan mamlakat va undan tashqarida sodir boʻlayotgan joriy voqealar, dunyo siyosati va iqtisodiyotining Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga daxldor eng muhim masalalarini prognoz baholashni oʻz ichiga olgan dolzarb axborot-tahliliy materiallar bilan muntazam ravishda taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirishni taʼminlash, oʻzi ishlab turgan mamlakatda respublikamizning iqtisodiy manfaatlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, iqtisodiyot tarmoqlarining tendensiyalari va rivojlanish surʼatlari hamda uning tashqi iqtisodiy siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini oʻzi ishlab turgan mamlakatga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga mahalliy tovarlar va xizmatlarning eksport hajmlarini koʻpaytirish, oʻzaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini kengaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qoʻllash boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakat tashkilotlari va kompaniyalarining Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etishini, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalar jalb qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilish, milliy sayyohlik mahsulotlari (madaniy-maʼrifiy, rekreatsion, tibbiyot, ekologik, gastronomik, ishbilarmonlik va boshqa turlar)ni ilgari surish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalarining ishtirok etishini taʼminlash, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) madaniy-gumanitar sohada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlat bilan madaniy-gumanitar aloqalarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga, sanʼat arboblari, ijodiy jamoalar va ijrochilarning oʻzaro tashriflarini tashkil qilishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining madaniyat va sport sohasidagi xalqaro tuzilmalar va institutlarda qatnashishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) taʼlim va ilmiy-texnikaviy sohada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning taʼlim, ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyatini, yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalari faoliyatini chuqur tahlil qilish, ular bilan qoʻshma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga ilgʻor texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni jalb qilishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek, davlatning mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining mulkiy huquqlari har tomonlama himoya qilinishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun diplomatik vakolatxonalar quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi, uning vakillari, diplomatik korpus va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan rasmiy aloqalarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplomatik va boshqa xalqaro-huquqiy vositalar yordamida Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, mintaqaviy va xalqaro rivojlanishning eng muhim masalalarida mamlakatimizning xalqaro siyosiy va iqtisodiy tashabbuslari, yondashuvlari va pozitsiyasini ilgari surishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning rasmiylari va jamoatchilik vakillariga Oʻzbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosatining muhim jihatlarini, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotida olib borilayotgan islohotlar va yangilanishlar natijalarini aks ettiruvchi xolis va haqqoniy axborotni yetkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, oʻzi ishlab turgan davlatning ichki va tashqi siyosati, uning ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holatiga va kelgusi rivojiga taʼsiri istiqbollari boʻyicha batafsil va tezkor axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlat bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, ilmiy-maʼrifiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni izchil yoʻlga qoʻyish yuzasidan amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari, muassasalari va boshqa tashkilotlari bilan oʻzi ishlab turgan davlat oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va olib borishda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat, hukumat rahbarlari va boshqa yuqori martabali shaxslarning tashriflarini axborot va protokol-tashkiliy jihatdan taʼminlash, shuningdek, hukumatlararo komissiyalarning yigʻilishlari, siyosiy maslahatlashuvlar, biznes-forumlar, koʻrgazmalar, taqdimotlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va oʻzi ishlab turgan davlat qonun chiqaruvchi organlari vakillarining oʻzaro tashriflarini tashkillashtirish, parlamentlararo doʻstlik va hamkorlik guruhlari (uyushmalar, jamiyatlar)ni tuzish, ular oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik va hamjihatlik bitimlarini imzolash uchun sharoit yaratadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlat bilan xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash, imzolash va ularni amalda ijro etishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatga Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarining barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga oʻzi ishlab turgan davlatdagi yetakchi kompaniyalar va tashkilotlar orasidan ishonchli savdo, investitsiyaviy va texnologik sheriklar izlab topish, uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazish, birgalikda hamkorlik loyihalarini roʻyobga chiqarish boʻyicha kontraktlar va bitimlar tuzishda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yoʻnalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, ularni tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning sanoat va ishlab chiqarish dasturlarini oʻrganib chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari doirasida ularning kafolatlangan eksportini taʼminlagan holda, xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha bitimlarida, shuningdek, oʻzi ishlab turgan davlatdagi xususiy kompaniyalarning ochiq tenderlarida ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning yetakchi turistik kompaniyalari va sohaga ixtisoslashgan tashkilotlari orasida Oʻzbekiston Respublikasining madaniy-tarixiy va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, ularni milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va Oʻzbekiston Respublikasining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish yuzasidan faol chora-tadbirlar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma tadqiqot va taʼlim dasturlari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari, ilmiy markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirishga, shuningdek, ilgʻor texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijda koʻrgazmalar, festivallar, konsertlar, taqdimotlar, professional va havaskor sanʼat jamoalarining tanlovlari, musobaqalar va boshqa madaniy hamda sport tadbirlarini tashkillashtirish va oʻtkazishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, konservatsiyalash, rekonstruksiya qilish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishga oʻzi ishlab turgan davlatning yetakchi ekspertlarini va soha tashkilotlarini jalb qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida akademik va talabalar almashuvlarini tashkillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlarining vakolatxonalari va filiallarini taʼsis etishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻzi ishlab turgan davlatdagi yetakchi taʼlim muassasalarida oʻqishini tashkil etish, mamlakatimizda talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan grant mablagʻlarini jalb qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatdagi jamoat va siyosiy doiralar, yetakchi tahliliy markazlar va tadqiqot muassasalari, biznes hamjamiyati, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida xalqaro anjumanlar va seminarlar, davra suhbatlari, brifinglar va boshqa tadbirlar tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimli ravishda oʻzi ishlab turgan mamlakatdagi davlat organlari, nufuzli jamoat va siyosiy, ekspert-tahliliy, madaniy va ishbilarmon doiralar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari orasidan aloqa bazasini shakllantiradi va kengaytiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatdagi Oʻzbekiston Respublikasining davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalari vakolatxonalari, ularning delegatsiyalari va mutaxassislar guruhlarining ishini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va milliy markazlar bilan aloqalar oʻrnatish va rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolari va yuridik shaxslariga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatadi va oʻzi ishlab turgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli boʻlgan mol-mulk boʻyicha uning mulkiy huquqlarini hamda ushbu mol-mulkning yaxshi saqlanishi va undan oqilona foydalanilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi missiyalari va vakolatxonalarining asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar doirasidagi koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar, loyihalar va dasturlarda ishtiroki samarasini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tashkilotlar organlari yigʻilishlarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish va pozitsiyalarni kelishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tashkilotlar, ularning taʼsis organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar, qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va Tashqi ishlar vazirligini oʻz vaqtida xabardor qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Konsullik muassasalari Konsullik ustavida, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Zarur hollarda ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan alohida vazifalar va funksiyalarni bajarish Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi missiyalari va vakolatxonalari zimmasiga ham yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi muassasalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni bajarishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Xorijdagi muassasalar faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xorijdagi muassasaning rahbari oʻzi ishlab turgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining oliy rasmiy vakili hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy siyosatini olib borish, mamlakat manfaatlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oliy maʼlumotga ega boʻlgan, davlat tilida va chet tillarida erkin muloqot qila oladigan, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarlicha ishbilarmonlik, maʼnaviy va kasbiy sifatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasasi rahbari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tegishli ravishda quyidagilar xorijdagi muassasalarga rahbarlik qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) diplomatik vakolatxona rahbari — xorijiy davlat rahbari huzurida akkreditatsiyadan oʻtuvchi favqulodda va muxtor elchi, xorijiy davlat rahbari huzurida akkreditatsiyadan oʻtuvchi favqulodda va muxtor vakil yoki xorijiy davlatning tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiyadan oʻtuvchi ishlar vakili tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatda diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlmagan hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasining muvaqqat ishlar vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) konsullik muassasasi rahbari — bosh konsul, konsul, vitse-konsul, konsullik agenti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi konsullik boʻlimi mudiri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotdagi missiyasi yoki vakolatxonasi rahbari — Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotdagi missiyasi yoki doimiy vakili.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xorijdagi muassasa rahbari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi muassasaning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi muassasaga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlat yoki xalqaro tashkilot bilan munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, xorijdagi muassasa faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan Tashqi ishlar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi muassasa xodimlari oʻrtasida funksional majburiyatlarni taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi muassasa xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi muassasa xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga, shuningdek, diplomatik axloq-odob qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi muassasa xodimlarini yuqori lavozimga koʻtarish yoki ularga diplomatik martaba berish yuzasidan Tashqi ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar saqlanishini taʼminlash choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi muassasa mol-mulkining hisobi yuritilishini va saqlanishini, shuningdek, uning ehtiyojlari uchun ajratilayotgan moliyaviy mablagʻlar oqilona sarflanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatda xorijdagi muassasa, uning xodimlari va oila aʼzolarining xavfsizligini, xalqaro huquq normalari va oʻzi ishlab turgan davlatning qonunchiligiga muvofiq ularga beriladigan imtiyozlar va immunitetga rioya qilinishini taʼminlash choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasining oʻzi ishlab turgan davlat bilan muzokaralarini olib boradi va xalqaro shartnomalarini yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri rahbarligida oʻtkaziladigan xorijdagi muassasalar rahbarlari majlislarida qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi diplomatik muassasa rahbari ikki nafar — diplomatik vakolatxona xodimlari orasidan tayinlanadigan siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarga va diplomatik vakolatxonaning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi hisoblanadigan savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Xorijdagi muassasalarning shtat jadvali va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xorijdagi muassasalar rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi muassasalarda uzoq muddatli xizmat safarining uzluksiz davri uch yildan oshmasligi zarur. Xizmat taqozosi va xorijdagi muassasa xodimining roziligiga koʻra ushbu muddat koʻpi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddatli xizmat safarlari orasida Tashqi ishlar vazirligida, uning idoraviy tashkilotlari yoki hududiy boʻlinmalarida ishlash muddati kamida ikki yil boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi talablar xorijdagi muassasalarga rahbar sifatida diplomatik lavozimga tayinlangan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning uchinchi xatboshisidagi talablar diplomatik xizmat organlarida ishlashga Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridan jalb etiladigan xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xorijdagi muassasalar xodimlarining huquqlari va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xorijdagi muassasalar ishi har yili tasdiqlanadigan harakatlar rejalari “yoʻl xaritalari”) asosida tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xorijdagi muassasalarni moliyaviy taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijdagi muassasalarni moliyaviy taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri bilan birgalikda yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Xorijdagi muassasalar transport, xizmat binolari, aloqa vositalari va boshqa zarur mol-mulk bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Xorijdagi muassasalarda mol-mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va moliya-xoʻjalik faoliyatini olib borish muassasa ishlab turgan davlat qonunchiligining xususiyatlari va shartlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Xorijdagi muassasalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Xorijdagi muassasalar faoliyati samaradorligini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Quyidagilar xorijdagi muassasalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlat va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yillik harakatlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalda roʻyobga chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq amaliy ahamiyatga molik va oʻzaro manfaatli davlatlararo kelishuvlar va bitimlar tuzish maqsadida amalga oshiriladigan oliy, yuqori va boshqa darajalardagi tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralarni tashkillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro kun tartibidagi va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb muammolari, shuningdek, mamlakatning ichki rivojlanishi masalalari boʻyicha tashabbuslari, pozitsiyasi va yondashuvlarining oʻzi ishlab turgan davlat tomonidan, shu jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida siyosiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligini oʻzi ishlab turgan mamlakat va undan tashqarida sodir boʻlayotgan joriy voqealar, dunyo siyosati va iqtisodiyoti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga daxldor eng muhim masalalarini prognoz baholashni oʻz ichiga olgan dolzarb axborot-tahliliy materiallar bilan muntazam ravishda taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki tomonlama tovar aylanmasi nomenklaturasi, eng avvalo, oʻzi ishlab turgan davlat bozoriga mahalliy kompaniyalar va tashkilotlarning mahsulotlari va xizmatlarini eksportga yetkazib berish hajmlarini yanada oshirish va kengaytirishga qaratilgan tijorat bitimlarini bevosita xorijdagi muassasa ishtirokida tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini va infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilishga oʻzi ishlab turgan davlat tashkilotlarining toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari, grantlari, kreditlari, texnik koʻmaklashish vositalarini, ilgʻor texnologiyalari va ilmiy ishlanmalarini jalb qilish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini koʻpaytirish, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimiz hududlarining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish yuzasidan xorijiy sayyohlik kompaniyalari bilan bitimlar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning nufuzli matbuot va elektron nashrlarida, shuningdek, teleradio ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar va yangilanishlarning mohiyati va ahamiyatini, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-tarixiy va turistik salohiyatini ochib beruvchi xolis va haqqoniy axborotni tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining amaliy ahamiyatga molik xalqaro shartnomalarini tuzish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularning keng miqyosda ijro etilishiga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari (keyingi oʻrinlarda — maslahatchi) faoliyatining huquqiy asoslarini, shuningdek, asosiy vazifalari va funksiyalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maslahatchi oʻzi ishlab turgan davlat bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik uchun masʼul boʻlgan diplomatik xodim hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maslahatchi lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — TIAISV) va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — TIV) nomenklaturasiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maslahatchi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari (keyingi oʻrinlarda — diplomatik vakolatxona) rahbari boshchiligida amalga oshiradi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq barcha xatti-harakatlari va qarorlarini u bilan kelishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maslahatchi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, qonunchilikning boshqa hujjatlari, TIAISV va TIVning koʻrsatmalari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maslahatchining moddiy va ijtimoiy-maishiy taʼminoti diplomatik vakolatxonaning xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maslahatchi oʻz ish davrida diplomatik xodim uchun taqdim etilgan barcha imtiyozlar va immunitetdan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Maslahatchini lavozimga tayinlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda TIVga kiritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi ishlar vaziri buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maslahatchi lavozimiga oliy maʼlumotli, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, davlat tilida va chet tillarida erkin muloqot qila oladigan, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarlicha ishbilarmonlik, maʼnaviy va kasbiy sifatlarga ega boʻlgan shaxs tayinlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maslahatchi lavozimiga nomzodlar, qoidaga koʻra, TIAISV va uning idoraviy tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tegishli davlat organlari va tashkilotlari xodimlari orasidan taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Maslahatchi lavozimini egallagan shaxslar diplomatik vakolatxonalardagi xizmat muddati yakunlangach TIV tizimidan boʻshaydi va uzoq muddatli xizmat safariga joʻnab ketishidan avval lavozimda ishlagan davlat organi yoki tashkilotining kadrlar apparatiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maslahatchining diplomatik vakolatxonadagi uzoq muddatli xizmat safari uzluksiz davri uch yildan oshmasligi zarur. TIAISV taqdimnomasi va maslahatchining roziligiga koʻra ushbu muddat Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan koʻpi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Zarur hollarda tegishli tayyorgarlikdan oʻtishi, TIAISV va TIV, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari ish amaliyotini va oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishi uchun maslahatchi tasdiqlangan amaliyot oʻtash rejasiga muvofiq ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda TIAISV va TIV markaziy apparatining ushbu sohadagi tarkibiy boʻlinmalarida stajirovkani oʻtaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Maslahatchining asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirishni taʼminlash, oʻzi ishlab turgan mamlakatda respublikamizning iqtisodiy manfaatlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining oʻzi ishlab turgan davlat bilan tashqi iqtisodiy munosabatlari ahvolini kompleks tahlil qilish, shuning asosida ushbu munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy holatni, uning iqtisodiyot tarmoqlari rivoji tendensiyalari va surʼatlarini, mamlakat tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini tizimli ravishda oʻrganish, uning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga taʼsirini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini oʻzi ishlab turgan mamlakat bozorlariga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga mahalliy tovarlar va xizmatlarning eksport hajmlarini koʻpaytirish, oʻzaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini kengaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qoʻllash boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatning tashkilotlari va kompaniyalarini Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida faol ishtirok etishini, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalar jalb qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga xorijiy grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilish, milliy sayyohlik mahsulotlari (madaniy-maʼrifiy, rekreatsion, tibbiyot, ekologik, gastronomik, ishbilarmonlik va boshqa turlar)ni ilgari surish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalarining ishtirok etishini taʼminlash, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning taʼlim, ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyatini, yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalari faoliyatini chuqur tahlil qilish, ular bilan oʻzaro aloqalarning istiqbolli yoʻnalishlarida, eng avvalo, qoʻshma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga ilgʻor texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni jalb qilishga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Maslahatchi oʻz zimmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplomatik va boshqa xalqaro-huquqiy vositalar yordamida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini qonunchilik va tuzilgan tijorat bitimlari va kelishuvlariga muvofiq ravishda himoya qilish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki tomonlama munosabatlarning aniq yoʻnalishlari boʻyicha oʻzi ishlab turgan davlat bilan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollarini, iqtisodiyotni tartibga solish sohasidagi qonunchiligini va uni qoʻllash amaliyotini, tovarlar, ishlar, xizmatlar va investitsiyalar bozorlari konyunkturasini, Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamda boshqa mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy munosabatlarini oʻrganadi, TIAISV, TIV va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlariga baho va amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga olgan tegishli materiallarni yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlat bozorlariga Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarining barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga oʻzi ishlab turgan davlatdagi yetakchi kompaniyalar va tashkilotlar orasidan ishonchli savdo, investitsiyaviy va texnologik sheriklar izlab topish, uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazish, birgalikda hamkorlik loyihalarini roʻyobga chiqarish boʻyicha kontraktlar va bitimlar tuzishda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi mahsulotlarining oʻzi ishlab turgan davlat bozorlariga kamsitishlarsiz kirishi uchun qulay sharoitni taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, mahalliy kompaniya va tashkilotlarning tovarlari va xizmatlariga nisbatan oʻzi ishlab turgan davlat tomonidan majburiyatlarning buzilish holatlarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini huquqiy, narx-navo, valyuta, moliya masalalari, sifatga qoʻyiladigan talablar, yetkazib beriladigan mahsulotning texnik tavsiflari, shuningdek, ularni qiziqtiruvchi boshqa axborotlar bilan metodik, axborot va maslahat taʼminotini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yoʻnalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini oʻzi ishlab turgan davlat hududi orqali tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga va infratuzilmani rivojlantirishga oʻzi ishlab turgan davlat tashkilotlarining toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari, ilgʻor texnologiyalari va zamonaviy menejmentini jalb qilish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ish olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning sanoat va ishlab chiqarish dasturlarini oʻrganib chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari doirasida ularning kafolatlangan eksportini taʼminlagan holda, xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida ustuvor ijtimoiy ahamiyatga molik, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat va sport sohalaridagi, shuningdek, transport, energetika va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish dasturlari va loyihalarini amalga oshirish uchun oʻzi ishlab turgan davlat tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari va texnik koʻmak vositalarini jalb qilishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha bitimlarida, shuningdek, oʻzi ishlab turgan davlatdagi xususiy kompaniyalarning ochiq tenderlarida ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning yetakchi turistik kompaniyalari va sohaga ixtisoslashgan muassasalari orasida Oʻzbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, ularni milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va Oʻzbekiston Respublikasining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga jalb qilishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatdagi yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari, ilmiy markazlar va yuqori texnologiyali kompaniyalar bilan qoʻshma tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ilgʻor texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirish borasida aniq chora-tadbirlar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatning davlat organlari va ishbilarmon doiralari bilan, shuningdek, uning hududida joylashgan boshqa mamlakatlar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar vakolatxonalari bilan aloqa oʻrnatadi va muloqot olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, oʻzi ishlab turgan davlat bilan oʻzaro manfaatli va amaliy ahamiyatga molik shartnomalar hamda uning tijorat subyektlari bilan tashqi iqtisodiy bitimlar tuzish boʻyicha ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarga tayyorgarlik koʻrishda, ularni oʻtkazishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning tashkilotlari va kompaniyalarini Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmalar, sanoat yarmarkalari, biznes-forumlar, kooperatsiya birjalari va boshqa iqtisodiy tadbirlarda qatnashish uchun jalb qilish boʻyicha faol ish olib boradi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻzi ishlab turgan davlatda oʻtkaziladigan xuddi shunday tadbirlarda qatnashishi uchun ularga yordam beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning ishbilarmon doiralari va ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, taklif qilinayotgan tashqi savdo va investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi axborotlar tarqatilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq maslahatchi zimmasiga boshqa vazifalar va funksiyalar ham yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Maslahatchining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maslahatchi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida muzokaralar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ikki tomonlama va koʻp tomonlama hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro konferensiyalar, uchrashuvlar, forumlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va oʻzi ishlab turgan mamlakatning davlat organlari va ishbilarmon doiralaridan maslahatchi vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, axborot-maʼlumot materiallari va boshqa maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish, ularni manfaatdor tomonlarga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlat qonunchiligi talablari va diplomatik vakolatxona rahbariyati tomonidan oʻrnatilgan tartibga muvofiq oʻzi ishlab turgan mamlakatdagi davlat muassasalari, kompaniyalari va tashkilotlarining rasmiy vakillari bilan ish yuzasidan muloqot olib borish, yozishmalarni amalga oshirish, shuningdek, uchinchi davlatlarning vakolatxonalari va tashkilotlari bilan lozim darajada muloqotda boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TIAISV va TIV bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalar, qoʻmitalar hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va hamkorlikning boshqa sohalari boʻyicha organlarning yigʻilishlarida ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Maslahatchi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari harakatlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning Oʻzbekiston Respublikasi va oʻzi ishlab turgan davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorlik boʻyicha qismi asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining harakatlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) TIAISV vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha dastlab u bilan kelishilgan holda TIV tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Maslahatchi faoliyati samaradorligi Oʻzbekiston Respublikasining oʻzi ishlab turgan davlat bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini rivojlantirish boʻyicha amaliy ish natijalarini tahlil qilish asosida TIAISV va TIV tomonidan baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar maslahatchi faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining oʻzi ishlab turgan davlat bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini rivojlantirish boʻyicha yillik harakatlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalda roʻyobga chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq amaliy ahamiyatga molik va oʻzaro manfaatli davlatlararo kelishuvlar va bitimlar tuzish maqsadida amalga oshiriladigan turli darajalardagi tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralarni tashkillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki tomonlama tovar aylanmasi nomenklaturasi, eng avvalo, oʻzi ishlab turgan davlat bozorlariga Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlarini eksportga yetkazib berish hajmlarini yanada oshirish va kengaytirishga qaratilgan tijorat bitimlarini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini va infratuzilmani rivojlantirish uchun oʻzi ishlab turgan davlat tashkilotlarining toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari, grantlari, kreditlari, texnik koʻmaklashish vositalarini, ilgʻor texnologiyalari va ilmiy ishlanmalarini jalb qilish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini koʻpaytirish, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimiz hududlarining sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish boʻyicha xorijiy sayyohlik kompaniyalari bilan bitimlar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi ishlab turgan davlatning nufuzli matbuot va elektron nashrlarida, shuningdek, teleradio ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar va yangilanishlarning mohiyati va ahamiyatini, Oʻzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik salohiyatini ochib beruvchi xolis va haqqoniy axborotni keng tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining amaliy ahamiyatga molik xalqaro shartnomalarini tuzish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularning keng miqyosda ijro etilishiga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Maslahatchi ushbu Nizomga muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning ijrosi uchun shaxsan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar va kengashlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar va kengashlar)ning Oʻzbekistonga oid qismlari (keyingi oʻrinlarda — hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari) faoliyatining huquqiy asoslarini, shuningdek, ularning vazifa va funksiyalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hukumatlararo komissiyalar ikki tomonlama oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, oʻzaro munosabatlarning boshqa sohalarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari maslahat organi boʻlib, hukumatlararo komissiyalarda Oʻzbekiston Respublikasini ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va xalqaro huquq normalariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbarligi ostida amalga oshiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat organlari, tashkilotlari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari vazifalari, funksiyalari va vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, ikki tomonlama oʻzaro aloqalarning boshqa ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish ustidan monitoringni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, ikki tomonlama oʻzaro aloqalarning boshqa ustuvor yoʻnalishlarida hamkorlikning joriy holatini tahlil qilish va uni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyatining xorijiy davlat, hukumat va xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralari kun tartibini tuzish va qayta ishlab chiqish, muhokamaga kiritilgan masalalar boʻyicha pozitsiyalarni belgilashda ishtirok etish, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi tashriflardan kutilayotgan natijalar va yakunlarni kompleks baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon doiralari hamkorligini yoʻlga qoʻyish va kengaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlari mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berishni tashkil qilish hisobiga xorijiy taraf bilan kelishgan holda oʻzaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish boʻyicha choralar ishlab chiqish va qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport va tranzit, xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish sohasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranziti uchun preferensiya rejimlarini qoʻllash boʻyicha kelishilgan siyosatni olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini va infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalari, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga sayyohlar oqimini jalb qilishga, milliy sayyohlik mahsulotlari (madaniy-maʼrifiy, rekreatsion, tibbiyot, ekologik, gastronomik, ishbilarmonlik va boshqa turlar)ni ilgari surish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda ularning yetakchi xorijiy sayyohlik kompaniyalari ishtirok etishiga, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi yetakchi taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan eng avvalo milliy taʼlim tizimiga ilgʻor amaliyot va standartlarni joriy qilish, oʻquv jarayonini tashkil qilish metodlarini takomillashtirish, qoʻshma tadqiqot dasturlari va ishlanmalarini oʻtkazishga yoʻnaltirilgan hamkorlikni oʻrnatish va kengaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatlarni oʻzaro inobatga olish, konstruktiv muloqot va xalqaro huquq normalari asosida Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy ochiq suv oqimlaridan oqilona va adolatli foydalanish, shuningdek, ekologik barqarorlikni taʼminlash masalalarini hal qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda boshqa ikki tomonlama ahdlashuvlar, shuningdek, hukumatlararo komissiyalar majlislarida qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Koʻrsatilgan vazifalarni bajarish uchun hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, oʻzaro foydali va uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatishga tayyor boʻlgan chet ellik kontragentlarni aniqlashda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan aniq loyiha va dasturlar boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi, taraflarning oʻz shartnomaviy majburiyatlarini bajarishiga yordam beradi, yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal qilishda koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi chet el kompaniyalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar tuzish orqali Oʻzbekiston Respublikasi kompaniyalari va tashkilotlarining mahsulotlari va xizmatlari tashqi bozorlarga barqaror va uzoq muddatli eksportga yetkazib berilishini tashkillashtirishga har tomonlama koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy kompaniya va tashkilotlarning xalqaro pudrat, servis va boshqa, shu jumladan sanoat va infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish, davlat xaridlari doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha bitimlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlar kompaniyalarining ochiq tenderlarida ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tranzit salohiyatini mustahkamlash, uni xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga integratsiya qilish, tashqi savdo yuklarini eksport qilish uchun mavjud transport yoʻnalishlari samaradorligini oshirish va yangilaridan foydalanish, ularni tashishda imtiyozlar va preferensiyalar taqdim qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va kompaniyalarini Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya jarayonlarida, xususan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini va infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilishga oid ustuvor dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga jalb qilish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida hamkorlikda ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar, butlovchi va ehtiyot qismlar koʻrinishidagi sanoat mahsulotlarini xorijiy ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari uchun eksportga yetkazib berishni taʼminlagan holda xorijiy mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari bilan mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish doirasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida ustuvor ijtimoiy ahamiyatga molik, eng avvalo, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat va sport sohalaridagi, transport, energetika hamda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa yoʻnalishlardagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik koʻmak vositalarini jalb qilish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda Oʻzbekiston Respublikasining madaniy-tarixiy va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish, shuningdek, milliy sayyohlik mahsulotlarini ilgari surish va mamlakatning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga xorijiy mamlakatlarning jalb qilinishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma tadqiqot va taʼlim dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, ilgʻor texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish yoʻli bilan yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari, ilmiy markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining transchegaraviy daryolar suv-energiya resurslaridan samarali foydalanishi yuzasidan, shuningdek, qoʻshni davlatlar hududidagi suv xoʻjaligi obyektlariga xizmat koʻrsatish, taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, ularning xavfsiz va uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini cheklash va ularning transchegaraviy taʼsirini pasaytirish, ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning ekologik jihatdan asoslangan texnologiyalari va usullarini ishlab chiqish hamda qoʻllashga qaratilgan uzoq muddatli loyiha va dasturlarni ishlab chiqishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqish, ularni xorijiy hamkorlar bilan kelishish va tuzish boʻyicha choralar koʻradi, shuningdek, ulardan kelib chiqadigan oʻzaro majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalar majlislarida qabul qilinadigan, hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlariga taalluqli boʻlgan bayonnoma qarorlarining bajarilishini monitoring qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning xorijiy qismlari bilan ish yuzasidan aloqada boʻladi, ularning oʻzaro munosabatlarga taalluqli boʻlgan murojaatlari tezkorlik bilan koʻrib chiqilishida zarur yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari, tashkilotlari, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining murojaatlari hukumatlararo komissiyalarning xorijiy qismlari tomonidan koʻrib chiqilishida koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida hukumatlararo komissiyalarning majlislarini tayyorlash va oʻtkazishni tashkillashtiradi, ularni chaqirish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik, moddiy-moliyaviy va boshqa masalalarning butun kompleksini hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama kelishuvlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlariga muvofiq hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlariga boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari quyidagi vakolatlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha zarur qarorlar qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning xorijiy qismlari bilan kelishilgan holda hukumatlararo komissiyalarning doimiy va vaqtincha qoʻshma kichik komissiyalari va idoralararo ishchi guruhlarini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari, tashkilotlari, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, shuningdek, xorijdagi muassasalaridan zarur axborot-tahlil va maʼlumotnoma materiallari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari, tashkilotlari, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari rahbarlari va ekspertlari ishtirokida majlislar chaqirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda yoki hukumatlararo komissiyalarning xorijiy qismlari koʻmagida xorijiy mamlakatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlariga ikki tomonlama hamkorlik va hukumatlararo komissiyalar faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat organlari, tashkilotlari, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini hamkorlik loyihalari, hukumatlararo komissiyalar tomonidan qabul qilinadigan kelishuvlar va bayonnoma qarorlari loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari faoliyatini tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari rais, rais oʻrinbosari, masʼul kotib va hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari aʼzolaridan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va uning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbarlari tarkibi, vazirlar va ularning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari rahbarlari orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislarining oʻrinbosarlari va aʼzolari, shuningdek, masʼul kotiblari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat organlari, tashkilotlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlari rahbarlari va masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari masʼul kotiblari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi masʼul xodimlari orasidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari tarkiblari Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarining joriy holati, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik xususiyati va koʻlami, muhokamaga kiritiladigan kun tartibidagi masalalar mazmuni, shuningdek, hukumatlararo komissiyalarning xorijiy qismlari tarkibidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda hukumatlararo komissiyalar majlislarini oʻtkazish, ularning kun tartibi, oʻtkazish muddatlari va joyi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalar majlislarining kun tartibi, oʻtkazish muddatlari va joyi boʻyicha Oʻzbekiston tomonining takliflarini hukumatlararo komissiyalarning xorijiy qismlari raislari bilan kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida yoki xorijda hukumatlararo komissiyalar majlislarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning majlislarini, zarur hollarda esa majlislar orasidagi davrda hukumatlararo komissiyalarning raisdoshlari bilan uchrashuvlarni oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning majlislari yakunlari boʻyicha qabul qilingan majlis bayonnomasi qarorlarini imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish boʻyicha aniq takliflar bilan birga hukumatlararo komissiyalarning majlislari natijalari toʻgʻrisida hisobotlar taqdim qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning samarali ishlashini tashkil etish boʻyicha boshqa choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari yoʻqligida mazkur vazifalarni ularning oʻrinbosarlari bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari aʼzolari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalar majlislarining kun tartibiga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha asoslangan takliflar oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el tarafi bilan ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazadi, oʻz vakolati doirasida kelishuvlar va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari va masʼul kotiblariga erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish boʻyicha aniq takliflar bilan birga oʻzining hukumatlararo komissiyalar majlislaridagi ishtiroki natijalari toʻgʻrisida batafsil hisobotlarni taqdim qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda kamida bir marta hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari masʼul kotiblariga hukumatlararo komissiyalar majlislari yakunlari boʻyicha qabul qilingan kelishuvlar hamda qarorlarni amalga oshirish jarayoni haqida axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning ishida samarali ishtirok etish yuzasidan boshqa choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari oldida turgan vazifalar va funksiyalar ijrosini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari bilan kelishilgan holda, masʼul kotib boshchiligida hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari kotibiyatlari tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari masʼul kotiblari quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalar majlislariga har tomonlama va sifatli tayyorgarlik ishlarining butun kompleksi muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari bilan kelishilgan holda navbatdagi yilga moʻljallangan hukumatlararo komissiyalarning majlislarini oʻtkazish rejasini koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislariga hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari aʼzoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun taqdim qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning xorijiy qismlari tarkibidagi oʻzgarishlarni monitoring qiladi va hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislarini bu haqida oʻz vaqtida xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat organlari, tashkilotlari, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga hukumatlararo komissiyalar faoliyati doirasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi, kelib tushgan takliflarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, ular asosida kun tartibi loyihasini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari, tashkilotlari, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining qabul qilingan yoki rad etilgan takliflarini asoslantirgan holda kun tartibi loyihasini, shuningdek, hukumatlararo komissiyalar majlislarini oʻtkazish muddatlari va joyi boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari bilan kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida yoki xorijda hukumatlararo komissiyalar majlislarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislariga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari aʼzolariga hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari majlislari va ular doirasida tashkil etiladigan boshqa tadbirlarni oʻtkazish muddatlari va joyi haqida xabar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari, tashkilotlari, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari vakillari hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari ishiga jalb qilinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalar majlislari, raisdoshlarning uchrashuvlari va muzokaralari, hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari majlislari uchun tegishli materiallar va hujjatlarni tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning bayonnoma qarorlari loyihalarini tayyorlaydi, majlislar yakunlari boʻyicha ularning qabul qilinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar bilan birga hukumatlararo komissiyalarning majlislari natijalari boʻyicha hisobotlarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari majlislarida erishilgan kelishuvlar, shuningdek, ularning yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning lozim darajada ijro etilishi ustidan monitoringni taʼminlaydi, har chorakda kamida bir marta umumlashtirilgan axborot tayyorlaydi va hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislariga taqdim qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumatlararo komissiyalarning samarali ishlashini tashkil qilish boʻyicha boshqa choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari raislari va ularning masʼul kotiblari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning lozim darajada bajarilishi hamda hukumatlararo komissiyalarning Oʻzbekistonga oid qismlari ishining natijadorligi uchun shaxsan javobgardir.