17.01.2017 yildagi PF-4933-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TADBIRKORLIK MAQSADLARIDA FOYDALANISH UCHUN DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI SOTISHNI JADALLASHTIRISH VA UNING TARTIB-TAOMILLARINI YANADA SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga davlat mulki boʻlgan nostrategik obyektlarni, shu jumladan davlat koʻchmas mulk obyektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladi, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan mablagʻlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi ish oʻrinlari yaratish imkonini bergan asosiy fondlarni modernizatsiyalashtirgan va mukammal taʼmirdan chiqargan davlat mulki obyektining ijarachisiga uni xususiylashtirishda ijaraga olingan obyektni birinchi navbatda sotib olish uchun ustun huquq beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov va auksionning birdan bir qatnashchisidan savdo shartlariga toʻliq mos keladigan taklif tushganida davlat mulki obyektini xarid qilish-sotish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishga ruxsat beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yilning 1-iyulidan boshlab davlat mulki obyektlarini baholash aktivlar qiymatiga taʼsir qiluvchi bozorning joriy konyunkturasini va obyektiv omillar yigʻindisini hisobga oluvchi yangilangan milliy standartlar asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlari va davlat ulushlari boʻyicha xarid toʻlovlarini toʻlash muddati davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda Hukumat yoki Tender savdolarini oʻtkazuvchi davlat komissiyasining qarorlarida boshqacha tartib oʻrnatilmagan boʻlsa, 3 yilgacha muddatni tashkil etishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati xulosasiga muvofiq yaroqsiz deb topilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini buzish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar taqiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining talabgor rezidentlaridan tanlov savdolarida davlat mulki obyektlarini sotish vaqtida buyurtmanoma va biznes-rejadan boshqa hujjatlarni talab qilish, davlat mulkining strategik obyektlarini sotish hollari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlar tomonidan xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan, obyektlar qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish masalalarini oʻrtaga qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat mulki obyektlarini sotishda xalqaro amaliyotda keng foydalanilayotgan quyidagi shakllar joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fond birjasida aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan elektron shaklda oʻtkaziladigan tanlov va auksion.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yilning 1-apreliga qadar aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxati hamda ularning aksiyalarini xalqaro amaliyotga muvofiq aholiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etish tartibi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda davlat mulki obyektlarini sotish boʻyicha hududiy tanlov komissiyalari zimmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini oʻz vaqtida topish va roʻyxatini aniqlash hamda ularni tanlov savdolariga tezkorlik bilan qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarining ommaviy axborot vositalarida, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida albatta eʼlon qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq belgilangan mezonlarga, shu jumladan, investitsiyalarning hajmlari va yangi ish oʻrinlari yaratish shartlariga rioya etilgan holda savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar rasmiy nashr etilgan kundan boshlab 60 kundan oshmagan muddatda davlat mulki obyektlarini sotish boʻyicha tanlov oʻtkazishni tashkil qilish vazifasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan respublika mintaqalarida oʻtkazilgan yoppasiga xatlov natijalari boʻyicha xususiy mulk qilib, shu jumladan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish uchun 600 tadan koʻproq foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari aniqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda xatlov natijalariga koʻra aniqlangan davlat mulki obyektlarini xususiy mulk qilib, shu jumladan “nol” xarid qiymatida sotish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki strategik obyektlarining yagona roʻyxatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Umumbelgilangan soliqlar toʻlovchi davlat mulki obyektlarining sotib oluvchilari — tashkilotlar oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab 12 oy muddatga yangi sotib olinayotgan davlat mulki obyektlari boʻyicha mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshagan mablagʻlar xususiylashtirilgan obyektlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yoʻnaltirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 17-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4933-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 3-son, 41-modda, 27-son, 608-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 06/19/5666/2636-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)