19.07.1999 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MUDDATI OʻTKAZIB YUBORILGAN DEBITORLIK QARZLAR PAYDO BOʻLGANLIGI UCHUN VAZIRLIKLAR, IDORALAR, XOʻJALIK BIRLASHMALARI VA KORXONALAR RAHBARLARINING JAVOBGARLIGINI OSHIRISH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov intizomini mustahkamlash, muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar paydo boʻlishi va koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar rahbarlarining amaldagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Muhamedov), Energetika va elektrlashtirish vazirligi (Otayev), “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi (Zaynutdinov), “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni (Kucherskiy), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ermetov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov) rahbarlarining muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish boʻyicha ishlari qoniqarsiz ekanligi qayd etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarni 1999-yil 1-oktabrgacha tugatish boʻyicha ular tomonidan uzil-kesil choralar koʻrilmagan va uning oʻsishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan qatʼiy choralar koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari tomonidan 1999-yilning birinchi yarim yilligida muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlar paydo boʻlishi, toʻlovga qodir boʻlmagan isteʼmolchilarga mahsulot yuklab joʻnatish hollari boʻyicha 295 jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga (Xudoyqulov) xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslarini muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarga yoʻl qoʻyganligi, shuningdek joylardagi davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslarini korxonalarning moliyaviy ahvoli yomonlashishiga va ularning qarzlari oʻsishiga olib keluvchi farmoyishlar berganligi uchun javobgarlikka tortish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarga ogʻishmay rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlariga, joylardagi davlat boshqaruvi organlarining boshqa mansabdor shaxslariga korxonalarga ularning moliyaviy ahvoli va toʻlovga qodirligi yomonlashishiga olib keladigan, shu jumladan amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda mahsulot sotish (xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish) hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aylanma mablagʻlarini belgilangan tartibda tasdiqlanmagan qurilishlarning aniq roʻyxatlarida nazarda tutilmagan kapital qurilishga jalb etish toʻgʻrisida farmoyishlar berishi qatʼiy taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kommunal xizmatlar va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun amalda vujudga kelgan qarzlarni toʻlash maqsadida kam taʼminlangan oilalarga, yolgʻiz pensionerlarga, keksalar va nogironlarga I yarim yillik va umuman 1999-yil yakunlari boʻyicha “Indeksatsiya” maxsus schyotlaridagi mablagʻlardan qarz hajmi miqdorida muddatidan oldin foydalanish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda “Indeksatsiya” maxsus schyotlaridan mablagʻlarni muddatidan oldin koʻchirish hamda kommunal xizmatlar va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun qarzlarni naqd pulsiz hisob-kitoblar yoʻli bilan toʻlash tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlarining Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, boshqa vazirliklar va idoralar korxonalari va tashkilotlaridan olingan mahsulotlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kreditorlik qarzini bir hafta muddatda koʻrib chiqsin, mazkur qarzlarni toʻlashning aniq jadvalini ishlab chiqsin va uning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlari tomonidan belgilangan limitlar va xarajatlar normativlaridan ortiqcha mahsulot va xizmatlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarajatlar moddalari boʻyicha budjet ajratmalari limitlaridan oshirib yuborish hollari aniqlangan taqdirda rahbarlar va mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar solish tarzida iqtisodiy taʼsir koʻrsatish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin, bunday hollar maʼmuriy jazo qoʻllangandan keyin ham aniqlangan taqdirda materiallarni tergov organlariga bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni har chorakda oʻzaro solishtirib chiqishga majburdirlar. Qarzlarni oʻz vaqtida va toʻliq solishtirib chiqish yuzasidan shaxsan javobgarlik xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari zimmasiga yuklansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar olingandan soʻng 90 kun mobaynida yetkazib berilgan mahsulotning toʻliq qiymati xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan toʻlanmagan hollarda tartibni buzuvchi korxonalarga mahsulot yetkazib berish ilgari berilgan mahsulotning barcha qiymati olinishiga qadar toʻxtatib qoʻyiladi. Bunday korxonalarga keyinchalik mahsulot berish toʻlovning akkreditiv shakli vositasi bilan amalga oshiriladi. Tartibni buzuvchi korxonalarga paydo boʻlgan qarzni uzishgacha boʻlgan davrda tovar yetkazib berish toʻxtatilishi uchun masʼuliyat mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlarni undirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrmaganlik, shu jumladan iqtisodiy sudda daʼvo qoʻzgʻatmaganlik mahsulot yetkazib beruvchi korxonalarning rahbarlarini va mansabdor shaxslarini qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirliklar, idoralar, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar qishloq xoʻjaligiga mahsulot berishni (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishni) qishloq xoʻjaligi korxonalaridan faqat oldindan toʻlanadigan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan avans mablagʻlari turidagi haq olingandan soʻng amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 19-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
347-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son,39-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)