Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar korxonalari va tarmoqlarining ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashning umumiy shart-sharoitlari va tartibi toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1993-yil 23-dekabrda Ashxabod shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar korxonalari va tarmoqlarining ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashning umumiy shart-sharoitlari va tartibi toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi v.b E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
1069-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 145-modda)