26.10.2016 yildagi PF-4853-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yoʻnaltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni taʼminlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb atash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari (keyingi oʻrinda — erkin iqtisodiy zonalar) faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qoʻllab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalarda “yagona darcha” tamoyili asosida barcha turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga bosqichma-bosqich oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari koʻrsatish boʻyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga boʻlgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-sentabrdagi R-4351-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tahlil qilish va ishlab chiqish komissiyasining erkin iqtisodiy zonalar hududida amalda qoʻllanilayotgan soliq va bojxona rejimlarini birxillashtirish hamda ushbu zonalar ishtirokchilarining quyidagilardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer soligʻi, daromad soligʻi, yuridik shaxslar mulk soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalaridan;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni bojxona toʻlovlaridan ozod etish (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno);
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli Farmoniga asosan uchunchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 3-son, 40-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, mazkur bandda qayd etilgan bojxona imtiyozlari qoʻllangan holda olib kelingan uskunalar, xom ashyo, material va butlovchi buyumlar sotilgan yoki begʻaraz berilgan hollarda, ular olib kelingan paytdan boshlab uch yil davomida bojxona toʻlovlari qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq hajmda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, Farmonning 3-bandida koʻzda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 3 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 5 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 7 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 million va undan koʻp AQSH dollari hajmidagi investitsiyalar soʻnggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad soligʻi va yagona soliq toʻlovi stavkalari qoʻllangan holda — 10 yil muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalar faoliyati davomida eksportga yoʻnaltiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xom ashyo, material va butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi;
(5-bandnin ikkinchi xatboshisii Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 3-son, 40-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalar doirasida ishtirokchilar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijiy valyutada hisob-kitob qilish va toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlari — rezidentlari tomonidan yetkazib berilgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) uchun xorijiy valyutada toʻlash, shuningdek, eksport va import qilinadigan tovarlar uchun oʻzlariga qulay boʻlgan toʻlash hamda hisob-kitob qilish shart va shakllaridan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 3-son, 40-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxona va tashkilotlarga — erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari maqomini berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari boʻlgan xoʻjalik subyektlariga erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, moliyalashtirish manbalarini belgilash, mustahkam kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalarda loyihalarni amalga oshirishga masʼul vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalarining loyiha, tender hamda shartnoma hujjatlarini oʻz vaqtida tayyorlash va ularni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlarining erkin iqtisodiy zonalar faoliyati bilan bogʻliq masalalarga oid ishlarini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalarda obyektlar qurish va ularni oʻz vaqtida foydalanishga topshirishga doir tasdiqlangan investitsiya loyihalari hayotga tatbiq etilishini tizimli asosda nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalarda transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish dastur va loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalarning samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etish, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarini shakllantirish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar va davlat tasarrufida boʻlgan mulklarni investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan “nol” qiymatda sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalarning xizmatlar koʻrsatish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, ular foydalanayotgan va boshqaruvidagi yerlar, bino va inshootlarni ijaraga berishdan tushadigan tushumlar hisobidan shakllantiriladigan oʻz budjetlarini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu budjetlar doirasida erkin iqtisodiy zonalar infratuzilmasini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan Erkin iqtisodiy zonalar jamgʻarmalarini tashkil etish huquqlari berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari va uyushmalar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin iqtisodiy zonalar Maʼmuriy kengashi toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kengaytirish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini va ushbu zonalarni rivojlantirishning boshqa masalalariga taalluqli aniq tadbirlar koʻzda tutilgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiquvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 26-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4853-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 498-modda; 2017-y., 3-son, 40-modda; 23-son, 448-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5305/0592-son; 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 16.05.2019-y., 06/19/5719/3136-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)